Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Download 450.29 Kb.
bet18/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Haqiqiy signallar
turli xil chastota, amplituda va dastlabki fazalar bilan
ko‘plab sinusoidlarning kombinatsiyasini tashkil qiladi, ya’ni ular ko‘p chastotali
komponentlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, gitara tovushi – bu uning barcha
torlarining tovushlaridan va ularning yig‘indisidan iboratdir. Agar signal turli
amplitudali ko‘p chastotali komponentalarni o‘z ichiga oladigan bo‘lsa, chastota
sohasining grafik ko‘rinishi tahlil qilish uchun juda qulay hisoblanadi. 1.3-rasmda
turli chastota va amplitudali (f
1
va f
2
) ikkita signal ko‘rsatilgan, shuningdek natijaviy
umumiy signal ko‘rinishi keltirilgan. Signalning amplituda-chastota tarkibi aynan
shu ikki komponentani o‘z ichiga oladi. Bundan chastotali hamda amplitudali
ifodalanish farqini ko‘rishimiz mumkin [11].
Palasa kengligi
– bu signallarning foydali qismlarining eng yuqori va eng
past chastotalari orasidagi farqni ifodalovchi xususiyat bo‘lib, bu murakkab
signalning ekstremal chastotalari orasidagi masofa hisoblanadi. Palasa kengligi
signalda mavjud chastotalar qiymati haqida ma’lumot bermaydi, balki faqat ma’lum
bir signalning chastota diapazoni chegaralari haqida ma’lumot beradi [12].
chastota
Amplituda
t
1
f
1
f
1
chastota
Amplituda
t
2
f
2
f
2


25
1.3-rasm. Haqiqiy signallar spektrlar



Spektr
– bu murakkab signallarning chastotali tarkibini ko‘rsatadi.
Signallarning chastotali tarkibini bilish va tahlil qilish signalni baholash, zaruriy
chastota komponentlarini aniqlash va keraksiz komponentlarni kuchsizlantirish
imkonini beradi. Spektr – signalning amplituda-chastotali tarkibi bo‘lib, amplituda-
chastotali xususiyati (AChX) yordamida ifodalanadi [8, 9].

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling