Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Download 450.29 Kb.
bet26/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

2.3. Z-o‘zgartirish 
Diskret signallarning matematik tavsifida, ayniqsa telekommunikatsiya va
ma’lumotlarni uzatish tizimlarida Z-o‘zgartirish keng qo‘llaniladi. Signallarning
bunday tasvirlanishi hisob-kitoblarni soddalashtirishga va signallarni va ularning
fragmentlarini qo‘shish masalalarida oddiyroq matematik amallarni bajarishga, ikki
signalning uzun svyortkalash jarayonini nisbatan sodda ko‘paytirish orqali
kamaytirishga imkon beradi. Raqamli filtrlashda ushbu o‘zgartirish cheksiz impulsli
xususiyatli filtrlarda qiymatlar ketma-ketligini aks ettirishni soddalashtiradi [7, 8, 9].
Z-o‘zgartirishning asosiy xususiyatlarini va ikkita diskret signal
svyortkalashni amalga oshirishga misol ko‘rib chiqamiz.
{𝑥_𝑘 } = (𝑥_0, 𝑥_1, 𝑥_2 … )
– bu diskret signal qiymatlari


42
Signalning Z-o‘zgartirishi summa asosida aniqlanadi:


(2.3)
Z-o‘zgartirishnig asosiy xususiyatlari:
1.
Z
-1
belgisi bir pozitsiyali kechikish operatori.
2.
Ikkita diskret signal yig‘indisi ularning Z-o‘zgarishlari yig‘indisiga mos
keladi.
3.
Bu signalarning Z-timsollari ikki signalning svyortkasiga mos keladi.
Misol
:
𝑋(𝑧) = 1 + 2/𝑍 + 3/𝑍^2
,
𝑌(𝑧) = 5 + 3/𝑍 + 1/𝑍^2
. Bu ikki
raqamli signalning svyortkalash natijasini toping.
Vazifa bu ikkita signalning svyortkalash natijasini topishdir. Yechim: asosiy
xususiyatlarning 3-bandiga muvofiq:
𝐹(𝑧) = 𝑋(𝑧) ∗ 𝑌(𝑧) = (1 + 2/𝑍 + 3/𝑍^2 ) ∗ (5 + 3/𝑍 + 1/𝑍^2 )
= 5 + 3/𝑍 + 1/𝑍^2 + 10/𝑍 + 6/𝑍^2 + 2/𝑍^3 + 15/𝑍^2
+ 9/𝑍^3 + 3/𝑍^4
= 5 + 13/𝑍 + 22/𝑍^2 + 11/𝑍^3 + 3/𝑍^4
Ko‘rib turganingizdek, svyortkalash natijasi 2.1-rasmda ilgari keltirilgan
misol bilan bir xil.
Nazorat uchun savollar 
1. Vaqt sohasida qo‘llaniladigan signallarga raqamli ishlov berish operatsiyalarni
bayon qiling.
2.
Signallarning lokal xususiyatlariga nimalar kiradi?
3. Signallarning integral xususiyatlariga nimalar kiradi?
4. Signallarning dinamik muvozanat nuqtalari nima?
5. Signallarni qayta ishlashda svyortka amali qanday bajariladi?
6. Signallarni qayta ishlashda korrelyatsiya amali qanday bajariladi?
7. Signallarni qayta ishlashda Z-o‘zgartirish qanday amalga oshiriladi?


43


Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling