Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


 Svyortka va korrelyatsiya amallari


Download 450.29 Kb.
bet24/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

2.2. Svyortka va korrelyatsiya amallari 
Svyortka eng ko‘p ishlatiladigan amallardan biri bo‘lib, u ikkita signallar
ketma-ketligi asosida amalga oshiriladi: signallardan biri kirish signali, ikkinchisi
esa tegishli filtrning impulsli xususiyati [2, 9].
Ikki signallar ketma-ketligini svyortka amalini bajarishning algoritmik
jarayoni h(n) va x(n) qiymatlarning h(n) ga nisbatan x(n) ni ketma-ket siljish bilan
bosqichma-bosqich yo‘naltirilgan ko‘paytirishdan iborat. Bunday holda quyidagi
operatsiyalar amalga oshiriladi: bosqichma-bosqich siljitish, signalning juft
qiymatlarini va impulsli xususiyatlarini ko‘paytirish, juft ko‘paytirish natijalarini
to‘plashdan (ketma-ket yig‘ish) iborat. 2.1-rasmda ikki signallar ketma-ketligini
(X = (1, 2, 3) va Y = (1, 3, 5)) svyortka amalini bajarish natijasini hisoblash ketma-
ketligi keltirilgan. 2.2-rasmda esa raqamli signal ketma-ketliklari yordamida ikkita
raqamli signallarni svyortkalash tartibi keltirilgan.
Korrelyatsiya
. O‘zaro-korrelyatsiya funksiyasi (O‘KF) svyortkalash bazasi
asosida ikkita signallar: ma’lum (asosiy) va noma’lum (o‘lchangan) orqali
hisoblanadi.
Bu
ikkita
signalning
o‘xshashlik darajasini va umumiy
xususiyatlarining ko‘rsatkichidir. Avto-korrelyatsiya funksiyasi (AKF) signal va
uning siljigan nusxasi o‘rtasidagi o‘xshashlik darajasini ko‘rsatadi. Korrelyatsion
tahlil elektron qurilmalarda va signallarga raqamli ishlov berish tizimlarida
noma’lum kirish signallari yoki shovqinlarga ega bo‘lgan signallarni tahlil qilish va
taqqoslashda qo‘llaniladi [16].
Diskret AKF signallar uchun signalning juft qiymatlari hosilasining yig‘indisi
va uning siljigan nusxasi ishlatiladi. Yig‘indida kirish signalga nisbatan namunaning
qancha holatga siljiganligini ko‘rsatuvchi
n
butun son ishlatiladi (2.1):
V
s
(n) = S
i
* S
i - n
(2.1)


37
bu yerda S


i
– diskret kirish signalining namunaviy qiymati, S
i-n
– bu
n
holatga
kechiktirilgan signal nusxasining namunaviy qiymati.
2.1-rasm. Ikki signallar ketma-ketligini svyortkalash jarayoni


38
2.2-rasm. Raqamli signal ketma-ketlikni svyortkalash tartibi


Ikki diskret signalning o‘zaro-korrelyatsiya funksiyasi (O‘KF) tushunchasi
shunga o‘xshash tarzda kiritilgan (2.2):
V
uv(n)
= U
i
* V
i-n
(2.2)


39
Taqdim etilgan formulalar bo‘yicha hisob-kitoblarni ixtisoslashtirilgan


hisoblash moslamasi yoki raqamli signal protsessori (RSP) amalga oshirishi
mumkin.
Radio elektron qurilmalardagi diskret signalning o‘zaro bog‘liqlik
(korrelyatsiya) xususiyati haqidagi savol ko‘pincha signal uzatish liniyasi darajasida
paydo bo‘ladi. Odatda diskret signallarni uzatish ketma-ket uchlamchi kod bilan
amalga oshiriladi. Bunday holda, joriy vaqt pozitsiyalar deb nomlangan elementar
intervallarga bo‘linadi. Ushbu pozitsiyalar aloqa liniyasining uzatuvchi va qabul
qiluvchi tomonlarida sinxron ravishda o‘lchanadi. Sinxronlash vaqti-vaqti bilan
maxsus sinxronlash signallarini uzatish orqali amalga oshiriladi. Har bir pozitsiyada
signal uchta qiymatdan birini olishi mumkin: 0, +1 yoki –1. Nolinchi ma’lumot
yo‘qligini anglatadi, aks holda signal yo‘q, +1 - bu ayni paytda log 1
uzatilayotganligini anglatadi, –1 log 0 hozirda uzatilayotganligini anglatadi.
Odatda, liniya bo‘ylab xabarlarni uzatish quyidagicha ko‘rinadi: liniyada
xabarlar bo‘lmagan taqdirda, faqat nollar kuzatiladi, keyin M1 pozitsiyalarni
egallovchi birinchi signal paydo bo‘ladi va +1 va –1 kombinatsiyasini ifodalaydi,
keyin nollardan iborat pauza bo‘ladi, so‘ngra M2 pozitsiyalarini egallagan ikkinchi
signal paydo bo‘ladi va hokazo. Ko‘pincha M razryadli belgilangan signallar
uzatiladi. 2.3-rasmda uchta pozitsiyali signalning namunasi ko‘rsatilgan (1, –1, 1).
2.3-rasm. Uch pozitsiyali signalga misol

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling