Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua
Download 450.29 Kb.
|
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.2. Qo‘shimcha arifmetik qurilmalar
Akkumlyator.
Akkumlyator – AMQ (Arifmetik-mantiqiy qurilmalar) da bajariluvchi amallarning oraliq natijalarini vaqtincha saqlash uchun mo‘ljallangan registr. Universal mikroprotsessorlar tuzilmasida akkumlyator AMQ tarkibiga kiradi va ko‘pincha alohida ko‘rsatilmaydi (7.3-rasm). 7.3-rasm. Universal mikroprotsessorlarda akkumulyatorning funksiyasi Bunda uning vazifasi oraliq natijalarni nafaqat vaqtincha saqlash, balki inversiya, siljitishning eng oddiy amallarini bajarish hamdir. Akkumlyator nafaqat AMQ, balki ma’lumotlar shinasi (MSH) bilan ham bog‘liq. Ishlashning oraliq natijasi AMQ ga BR2 bufer registrlaridan biri orqali siklning navbatdagi bosqichlari uchun uzatiladi, SHD ga ishlov berishning so‘nggi natijalari xotiraga yozish uchun uzatiladi. MlSH BR1 BR2 AMQ Akkumuliyator 94
oraliq natijalarni saqlashni talab qiluvchi amallarning bajarilish tezligini oshirish imkonini beradi. Texnik jihatdan akkumlyator bir necha registrlardan (kengaytirish registri, katta va kichik so‘z registri) tuzilishi mumkin. Ularning asosiy vazifasi – oraliq natijalarni hisoblash aniqligini oshirishdir. 7.2. Qo‘shimcha arifmetik qurilmalar Turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaruvchi asosiy AMQ ga qo‘shimcha ravishda SRIB protsessorlarda yordamchi arifmetik qurilmalar qo‘llaniladi. Ular turli matematik amallarni asosiy AMQ bilan bir vaqtda amalga oshirish, bu bilan tizimning unumdorligini oshirish imkonini beradi. Masalan, TMS320 protsessorlarda yordamchi registrlarning arifmetik qurilmasi (YRAQ) yordamchi registrlar bilan ishlash uchun qo‘llaniladi (7.4-rasm). 7.4-rasm. Yordamchi registrlarning arifmetik qurilmasi. Yordamchi registrlar, asosan, ma’lumotlarning egri manzilatsiyasi uchun qo‘llaniladi, shuningdek umumiy vazifalarni bajaruvchi registrlar sifatida xizmat qilishi mumkin. Registr va operandlarning ma’lumotlar xotirasidan ma’lumotlar shinasi bo‘yicha uzatiladigan miqdori YRAQ uchun kiruvchi axborot bo‘lishi mumkin. YRAQ registr miqdorini o‘zgartirish va ma’lumotlar xotirasi (MSh) MSH МХ МSH МХ Yordamchi registr blogi YRAQ 95
saqlash uchun qo‘llaniladi. 7.5-rasmda Analog Devices firmasining AMQ protsessorlari va ko‘rsatkichlarining funksional sxemasi keltirilgan. Ushbu protsessorlarda ko‘paytirish natijalarini to‘plash uchun (ya’ni MAC – amallarni bajarish uchun) ko‘paytirib-qo‘shuvchi qurilmasi tarkibiga kiruvchi to‘plagich – alohida summator qo‘llaniladi. MR registrdan R maxsus shina (natija shinasi) bo‘yicha to‘planish natijasi asosiy AMQ ga kelgusida ishlov berish uchun uzatiladi. Ayrim paytda SP ga investitsiyaning faqat mantiqiy amallarini, modul bo‘yicha qo‘shishlarni bajarish uchun qo‘shimcha qurilma qo‘shiladi. 7.5-rasm. TMS protsessorlaridagi qo‘shimcha ko‘paytirib-qo‘shuvchi. So‘nggi modellarning ko‘pchilik protsessorlari AMQda hisoblashlarning bir necha natijalarini saqlash imkonini beruvchi minimum ikkita akkumlyatorga ega. Download 450.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling