Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Qo‘zg‘almas va suruluvchi vergulli SPlarni taqqoslash


Download 450.29 Kb.
bet61/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Qo‘zg‘almas va suruluvchi vergulli SPlarni taqqoslash. 


Ma’lumotlarni SV
formatda taqdim etishning eng muhim afzalligi bu dasturchi ishining oddiy va
qulayligidir, chunki ma’lumotlarni masshtablashtirish, natijalarni olganda to‘lib
ketganlikni nazorat qilish zarurati yo‘q. Apparat realizatsiyasi nuqtai nazaridan SVli
SP arxitekturasi mantissa va tartib alohida ishlov berish sababli ancha murakkab.
SPning uyoki bu turini tanlashda yechiladigan ishlov berish masalalari sinfi,
kiruvchi signallarning dinamik diapazoni, ishlov berish aniqligiga e’tibor berish
kerak. Yechilayotgan masalalar va realizatsiya qilinayotgan algoritmlarni hisoblash
murakkabligi, yaxlitlash va protsessorning razryadli setkasining to‘lib ketish
ehtimoli xatolarini baholash uchun ko‘paytirish/bo‘lish amallarining hajmini
hisobga olish kerak.
Yechiladigan masalalarning kengroq doirasini qamrab olish va arxitekturada
qo‘llanishi uchun zamonaviy SPlarda, ham QVli, ham SVli rejimida ishlash
imkoniyatlari nazarda tutilgan. Ko‘rsatiladigan xizmatlar doirasini kengaytirish,
turli formatdagi (audio, video, grafika) kiruvchi o‘zgaruvchilar oqimining
kattalashuvi munosabati bilan SP arxitekturasi SV rejimiga o‘tish yo‘lidan ketmoqda
(maxsus qo‘llanishlar (masalan, harbiy) bundan mustasno).
8.4. Hisoblash yadrosida ma’lumotlar ustida amallar 
Signal protsessorning hisoblash yadrosi (hisoblash moduli) ma’lumotlarga
ishlov berish yakuniy natijalarini shakllantiruvchi asosiy qurilmalarga ega. Bunday
qurilmalar kategoriyasiga quyidagilar kiradi: ko‘paytirib-qo‘shuvchilar, arifmetik-
mantiqiy qurilmalar, akkumulyatorlar, surish registrlari, ko‘p funksional registrlar,
cheklovchilar. Ushbu qurilma larning ko‘pchiligi ularning parallel ishlashi nuqtai
nazaridan ko‘rib chiqilgan edi. Bu yerda ularning hisoblash amallari ishlov
berilayotgan ma’lumotlarning formati hisobga olinib ko‘rib chiqiladi [22].

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling