Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


 Ijro va ishlab chiqish muhiti


Download 450.29 Kb.
bet69/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

9.3. Ijro va ishlab chiqish muhiti 
Ijro muhiti. 
Ijro muhiti xususiyatlaridan tashqari real vaqt OT yadrosi
tomondan taqdim etilayotgan servisni ham ko‘rib chiqish kerak. Istalgan muhitning
real vaqtda ijro etilish asosi - bu yadro yoki dispecher [20, 22].
Yadro SPning apparat vositalari: markaziy protsessor, kiritish/chiqarish
xotirasi va qurilmalarini boshqaradi; amaliy xarakterga ega barcha tizimlar va
dasturiy vositalarni nazorat qiladi. Real vaqt tizimida dispetcher SPning apparat
vositalari va amaliy dasturiy ta’minot orasidagi joyni egallaydi. U real vaqt ilovalari


129
ishi uchun zarur bo‘lgan maxsus servisni ta’minlaydi. Yadro taqdim etadigan servis


amaliy dasturlarga tizimning xotirasi yoki kiritish/chiqarish qurilmalari kabi
resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Real vaqt operatsion tizimi yadrosi
(RTOS-Real Time Operating System) besh turdagi servisni ta’minlashi mumkin
(9.1-rasm).
9.1-rasm. Real vaqt operatsion tizimlari yadrosidagi asosiy xizmatlar
Yadro xizmatlarining eng umumiy bo‘lgan kategoriyasi – bu vazifalarni
boshqarish kategoriyasidir. Ushbu guruh amaliy dasturiy ta’minot (DT) ishlab
chiqaruvchilariga dasturiy mahsulotlarni har bir qismi alohida mavzu, alohida
maqsad, real bajarilishi vaqtida o‘z shaxsiy cheklanmalariga ega mustaqil qismlar
sifatida loyihalashtirish imkonini beradi. DTning bunday alohida qismi vazifa deb
ataladi. Ushbu kategoriya xizmatlari vazifalarni yo‘lga qo‘yish va ularga bajarilish
prioritetini berish imkonini beradi. Ushbu kategoriyada RTOSning asosiy xizmati -
bu tizimning ishlash vaqtida vazifa larni rejalashtirish xizmatidir. Ushbu xizmat
vazifalarni yo‘lga qo‘yish va amaliy dasturiy ta’minot vazifalarining bajarilishini
nazorat qiladi.
Xizmatlarning ikkinchi kategoriyasi – bu vazifalar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik
va sinxronizatsiya kategoriyasidir. Ushbu xizmat axborotni vazifalar o‘rtasida uning
burilish xavfini bartaraf qilib uzatishni tashkil etadi. Ular shuningdek, vazifalarni
o‘zaro samaraliroq hamkorligi uchun koordinatsiyalash imkonini beradi. Bu
Masalalarni
boshqarish
Masalalar o’rtasida
sinxronizasiyalash
Taymer xizmati
Xotirani dinamik
taqsimlash
Kiritish/chiqarish
masalalarni boshqarish


130
xizmatlar yordamisiz RVOT vazifalar buzilgan axborotni uzatishlari yoki bir-


birlarining ishiga xalaqit berishlari mumkin. SRIB ko‘p tizimlarga vaqt bo‘yicha
yuqori talablarni qo‘yganligi sababli ko‘pchilik RVOT yadrolari taym-aut, vazifalar
bajarilishining tutilishi kabi ayrim asosiy taymer xizmatlarini qo‘llash imkonini
beradi.
RV OT yadrolarining ko‘pchiligi (hammasi emas) xotirani dinamik
taqsimlash xizmatlari bilan ishlaydi. Ushbu xizmat kategoriyasi OXQ xotirasi
blokidan amaliy DTda vaqtincha qo‘llash uchun “foydalanib turish” imkonini
beradi. Ko‘pincha xotiraning ushbu bloklari vazifadan vazifaga o‘tadi, shuning
yordamida ular orasida katta hajmli ma’lumotlar uzatiladi. Ko‘pchilik tizimlarda
xotiraning umumiy bo‘limlariga kirish ko‘zda tutilgan.
Xotira hajmi bo‘yicha kuchli chegaralangan muhit uchun mo‘ljallangan ayrim
juda kichik RTOS-yadrolarda xotirani dinamik taqsimlash xizmati yo‘q.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling