Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Kiritish/chiqarish vazifalarini boshqarish


Download 450.29 Kb.
bet70/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Kiritish/chiqarish vazifalarini boshqarish.
Real vaqtdagi har bir amaliy
dastur muayyan turdagi tashqi qurilma bilan bog‘liq. Yadro amaliy dasturlarga
ushbu qurilmalardan o‘qish va ularga yozish imkonini beruvchi kiritish/chiqarish
xizmatlarini ta’minlashi kerak. Real vaqt ilovalari uchun ushbu ilova uchun spetsifik
bo‘lgan tashqi qurilmaning borligi odatiy hol. Yadro qurilmalar drayveri bilan
ishlashni yengillashtiruvchi servisni taqdim etishi kerak.
Taymerlar xizmati so‘rovlarni ishlashning barcha jarayonlarini va vazifalar
o‘rtasida ma’lumotlarni uzatishni vaqt bo‘yicha sinxronlashtirishni ta’minlaydi.
Ishlab chiqish muhiti. 
Real vaqtning istalgan tizimi loyihasining bahosi
dasturiy ta’minot narxi bilan belgilanadi. Shuning uchun dasturiy ishlab chiqish
muhitiga tobora ko‘p e’tibor qaratilmoqda. Bu ayniqsa ishlash jarayonida xatolarni
bartaraf qilish qiyin, ayrim paytlar esa buning iloji yo‘q bo‘lgan SRIB tizimlari
uchun juda dolzarb. Amaliy dasturlarni ishlab chiqish, sozlash va qo‘llab-
quvvatlashning mukammal usul va vositalari uni ishlab chiquvchilarga sifatliroq
dasturiy mahsulot yaratish imkonini beradi [21, 22].
Real vaqtning amaliy vazifalari ushbu o‘quv qo‘llanmalarining birinchi
qismida ko‘rib chiqilgan usul va modellar asosida tuziladi. Amaliy dasturlarni ishlab


131
chiqish uchun muayyan vositalar: redaktorlar, kompilyatorlar, komponovkachilar va


sozlagichlar kerak. Simvolli sozlagichlar ishlab chiquvchiga ko‘pincha uzoqdagi
terminaldan ijro etilayotgan tizimni yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Simvolli
sozlagichdan foydalanib ishlab chiquvchi o‘zgaruvchilar nomi va belgilarga
murojaat qilish, so‘nggi kod to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi mumkin. Xotira
kartasini yuritish va tahlil qilinayotgan o‘zgaruvchilarning joylashgan o‘rnini
topishiga ehtiyoj qolmaydi. Sozlagichga xos xususiyatlar o‘zgaruvchilarni tadqiq
etish, ularning qiymatini tekshirish, dasturni satrma-satr o‘tish, to‘xtash nuqtalarini
qo‘yib chiqish imkonini beradi. Sozlagichlar xatolarga katta barqarorlik bilan tizim
holatini ko‘rsatadi, ya’ni dasturlarning qaysi biri ishga tushdi, ular hozir qaysi
holatda (bajarish, kutish), muayyan dastur haqida axborot beradilar va joriy bajarish
tizimiga kiritilgan dasturning yangi versiyasini dinamik tarzda yaratadilar. Nafaqat
yuqorida aytib o‘tilgan umumiy vositalar, balki tizimni tahlil qilish vositalari,
talablarni va trassirovka vositalarini tahlil qilish, shuningdek modellashtirish
vositalari kabi mukammal vositalar zarur bo‘ladi. Ishlab chiquvchilarga ishlab
chiqishning
butun
sikli
(tahlil,
loyihalashtirish,
kodlashtirish,
testlash,
hujjatlashtirish va vazifani qo‘llab-quvvatlash)ni qamrab oluvchi integrallashtirilgan
dasturiy vositalarga ega bo‘lish foydali.
Amaliy dasturlarni ishlab chiquvchi uchun o‘zi ishlayotgan tizim va o‘zi
foydalanayotgan standartlarning ochiqligi o‘ta muhim. Ochiq tizim ishlab
chiquvchining erkinligini anglatadi.
Standartlar amaliy dasturlarni o‘tkazishni va boshqa tizimlar bilan
moslashishni osonlashtiradi. Bu borada operatsion tizimlarda POSIX mashhur
standarti mavjud. U turli platformalar o‘rtasida ilovalarning o‘tkazilishini
ta’minlaydi. Ushbu standartning muhim qismlaridan biri real vaqt ilovalari
mobilligini ta’minlashga bag‘ishlangan. Buning uchun zarur dasturiy interfeyslar
(jarayonlarni dispetcherlash va sinxronlashtirish, kiritish/chiqarishni ta’minlash) va
jarayonlarni
qo‘llab-quvvatlash,
taymautlar,
uzilishlarni
boshqarish
standartlashtiriladi. Bu standart tobora keng tarqalmoqda va operatsion tizim
yashovchanligi kafolatini oshirmoqda.


132


Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling