Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


Download 450.29 Kb.
bet63/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

Surish qurilmasi.
Ma’lumotlarni surish amalini bajaruvchi, shuningdek
surish natijasi saqlanadigan registr surish qurilmasi yoki “suruvchi” deyiladi.
Bajariladigan vazifasiga ko‘ra suruvchilarni quyidagilarga bo‘lish mumkin:


119


oldin suruvchilar bunda ma’lumotlarning surish amalini bajarishdan oldin
yoki bajarilayotgan vaqtda amalga oshiriladi;

keyin suruvchilar, bunda ma’lumotlarni surish amal bajarilgach amalga
oshiriladi.
Ikkala holatda ham amal natijasini saqlovchi suruvchi strukturasi
akkumulyator strukturasiga o‘xshaydi. Oldin suruvchilarning asosiy funksiyalari:

oldindan masshtablash, ya’ni qo‘shish va ayirish arifmetik amallarni
bajarishdan oldin ma’lumotlarni surish, shuningdek akkumulyatorga ma’lumotlarni
yuklashdan (masalan, ma’lumotlar xotirasi yacheykasi tarkibini akkumulyatorga
yuklash amalining bajarilishi dan) oldin surish;

AMQda mantiqiy amallarni bajarishdan (masalan, protsessorda mantiqiy
ko‘paytirish amalini bajarishdan) oldin ma’lumotlarni surish;

AMQda arifmetik surishlar amallarini bajarish vaqtida ma’lumotlarni
surish;

AMQda mantiqiy va siklik surishlarni bajarish vaqtida ma’lumotlarni
surish.
Keyin suruvchilarning asosiy vazifalari:

natijalarni ma’lumotlar xotirasida saqlashda masshtablash;

belgini kengaytirish bitlarini bartaraf etish;

natijalarni normallashtirish;

natijalarni blokda bir xil tartibni ajratishda masshtablash.
Masshtablash amal natijalarini ma’lumotlar xotirasida saqlashda amalga
oshiriladi. Akkumulyator tarkibini surish amali akkumulyator tarkibini nusxalovchi
suruvchida amalga oshiriladi, bunda akkumulyator tarkibi o‘zgarmaydi. Xotira
yacheykalarida suruvchining katta MSP yoki kichik LSP so‘zi formatlarining
o‘zgarishi qoidalariga amal qilgan holda saqlanadi. Keyin suruvchilar belgini
kengaytirish bitini bartaraf etish uchun qo‘llaniladi va u registrda avtomatik ravishda
generatsiyalanadi, registr ma’lumotlarni ko‘paytirish natijasini butun hisoblash


120
arifmetikasida saqlaydi. Keyin surish amalining bajarilishiga quyidagilar ko‘rsatma


bo‘la oladi:

holat registrida masshtablash bitlarining holati, bitlar kombinatsiyasi
surishning yo‘nalishi va kattaligini aniqlaydi. Quyidagi rejimlar o‘rnatilishi
mumkin: masshtablash ning yo‘qligi, pastga masshtablash (1 bit chapga surish),
yuqoriga masshtablash (1 bit o‘ngga surish).

maxsus buyruq;

akkumulyator tarkibini ma’lumotlar xotirasida saqlash buyrug‘ida surishga
bevosita ko‘rsatish.
Cheklovchilar.
Cheklovchilar akkumulyatorda to‘lib ketish bo‘lganda to‘lib
toshish arifmetikasini amalga oshiruvchi qurilmaning shartli nomi.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling