Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua
Superskalyar ishlov berish
Download 450.29 Kb.
|
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org
Superskalyar ishlov berish
– bu ham bir takt davomida baravariga bir vaqt birligida ishlov beriladigan buyruqlar sonini oshirish texnologiyasidir. Superskalyar protsessorlari baravariga bir nechta beyruqlarga parallel ravishda ishlov berish uchun mo‘ljallangan bir nechta operatsion bloklardan iborat. Superskalyar ishlov berish – bu SIMD va VLIW texnologiyalarining birlashtirish jarayonidir. 10.8- rasmda TS201S markali (TigerSHARC modeli) supeskalyar SP ishlov berish bog‘lamalari sxemasining tuzilishi va ma’lumotlar uzatish kanallari ko‘rsatilgan. Ma’lumotlar uzatish 128rli uchta takti, ikkita bir biriga bog‘lanmagan operatsion bloklar (AMQ, ko‘paytirgich, surish sxemasi), 32rli manzillashtirilgan ma’lumotlarni uzatishga mo‘ljallangan uchta kanal (sxemada ko‘rsatilmagan). SP 8,16 va 32 bit formalarida ishlaydi [19]. 10.8-rasm. TS-201S protsessorida superskalyar arxitektura va ma’lumotlar oqimi Ichki xotira М0 8 Мб Ichki xotira М1 8 Мб Ichki xotira М2 8 Мб МlSh М0 (128р) МlSh М1 (128р) МlSh М2 (128р) 128r 128r Ko’paytiruvchi АМQ surish sxemasi "А" Registrlar "В" Registrlar Ko’paytiruvchi АМQ surish sxemasi 128r 128r Buyruqlarni strukturalash va uzatish nх32 nх32 Ma’lu- motlar 154
birlariga bog‘liq bo‘lmagan holda operatsion bloklarga uzatiladi. Operatsion bloklar SIMD arxitekturasi bo‘yicha tuzilgan (bitta buyruqlar oqimi – ko‘plik ma’lumotlar oqimi). Operatsion bloklardan har biri o‘ziga tegishli «A» va «B» registrlar bloklari bilan ishlaydi. Buyruqlar bir birlariga bog‘lanmagan ravishda bir vaqtni o‘zida ikkala bloklarga xamda har bitta blokga alohida uzatilishi mumkin. Registrlar bloklari uchta ma’lumotlarni uzatish taktlari bilan shunday bog‘langanki, ular bir vaqt birligida baravariga protsessor ishlashining bir takti davomida xotiradan ikkita sonni xotiradan o‘qishi va xotiraga bitta natijani yozishi mumkin. Bu SRIB bazaviy amallariga xos – ikkita kiruvchi qiymat va bitta chiquvchi qiymat. Protsessor bir takt davomida sakkiztagacha qo‘shish/ayirish amallarini va sakkizta ko‘paytirish/yig‘ish amallarini 16 bitli kiruvchi ma’lumotlar bilan bajarishi mumkin (yoki ikkita 32 bitli kiruvchi ma’lumolar bilan ko‘paytirish/yig‘ish amallari). Turli xil ma’lumotlarga ishlov berish va katta buyruqli so‘zlarni operatsion bloklarga mo‘ljallangan alohida buyruqlarga taqsimlash yoki bo‘lish jarayonlari protsessorga buyruqlar darajasida parallel ravishda ishlov berish imkoniyatini yaratadi. Protsessorning bu kabi imkoniyatlaridan samarali foydalanish kompilyator buyruqlarini dastur bajarilishidan oldin rejalashtirish va boshqarish mexanizmlariga bog‘liq. Yuqorida ko‘rib chiqilgan signal protsessorlarining arxitekturaviy xususiyatlari, shuningdek konveyer va superskalyar ishlov berish nafaqat apparaturadagi signallarga va tasvirlarga raqamli ishlov berishda, balki protsessorlarning boshqa turdagi arxitekturalarida ham, ayniqsa Pentium, Power PC protsessorlarida xam keng qo‘llaniladi. Download 450.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling