Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua
I buyrug‘ining tanlash jarayoni, (avvalgi) i-1
Download 450.29 Kb.
|
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus buyruqlarni qo‘llash
I
buyrug‘ining tanlash jarayoni, (avvalgi) i-1 buyrug‘ining koddan yechish jarayoni va undan avvalgiroq i-2 buyrug‘ining bajarilishi amalga oshiriladi. Keyingi siklda i+1 buyruq tanlanadi, i buyruq koddan yechiladi va i-1 buyruq bajariladi. Bunday arxitekturaning o‘tkazish qobiliyati konveyerdan vaqt birligida o‘tkazilgan buyruq soni bilan aniqlanadi. Nazariy nuqtai nazardan bitta buyruqning o‘rtacha bajarilish vaqti bitta buyruq bajarilishiga sarflangan vaqt konveyer bosqichlarining soniga bo‘lish amali yordamida hisoblanadi. Konveyer ravishda ishlov berish protsessorga uzluksiz buyruqlar oqimining uzatilishiga imkon beradi, alohida funksional bloklarning kutib qolish vaqti kamayadi, amallarning bajarilish tezligi oshadi. Amaliyotda konveyer bosqichlarining soni uchtadan ko‘proq bo‘ladi. Murakkab buyruqlarni soddaroq bo‘yruqlarga taqsimlangan holda konveyer bosqichlarining soni 5-10 gacha bo‘lishi mumkin. Bunday usul konveyyor ravishda ishlov berishning asosiy muammosini yechishga yordam beradi – ya’ni murakkablik darajasi har xil bo‘lgan buyruqlarning bajarilish vaqtidagi farqi. Maxsus buyruqlarni qo‘llash . RIB protsessorlarida signallarga ishlov berishni optimallash maqsadida maxsus buyruqlardan foydalaniladi. Bu buyruqlar ishlov berishning bazaviy amallarini ta’minlaydi [4, 6]: − yuqori chastotali signallarni raqamlashtirish va xotiraga yozish; − baravariga jamlagichli ko‘paytirish; − kechikishni amalga oshiruvchi qiymatlarni surish; − xotiradan tanlash jarayonining nusxasini olish. Aniq ilovalar uchun mo‘ljallangan buyruqlar ham mavjud, masalan blok bo‘ylab qo‘zg‘aluvchan vergulli rejimda ishlashni ta’minlash. Shuningdek sikllarni 149
takrorlanishini ta’minlaydigan buyruqlar ham mavjud (OIX-filtrlar yoki FTO‘). Masalan, TMS320S50 markali SP da MASD buyrug‘i bir takt davomida bir necha amallarni bajaradi: − ma’lumotlar xotirasidagi signal tanllovini koeffitsiyentga ko‘paytiradi. Bu koeffitsiyent dasturni saqlash uchun xotirada saqlanadi; − avvalgi xosil qilingan ko‘paytma natijasini yig‘ilib boruvchi jamlagichga qo‘shadi; − qiymatni keyingi navbatdagi manzilli yacheykaga surish yordamida uning vaqtincha kechikish jarayonini ta’minlaydi. − Bu kabi buyruqlar apparat vositalari yordamida maxsus ko‘paytirgich jamlagichlar yordamida samarali amalga oshiriladi (10.5-rasm). 10.5-rasm. SPning ko‘paytiruvchi-yig‘uvchi strukturasi Х ma’lumotlar Y ma’lumotlar Х registr Y registr Х Р registr 16 16 32 Yi’guvchi summator Chiqarish registri 150
amalga oshiriladigan buyruqlarni MAS-buyrug‘i bilan birgalikda bajarish uchun takrorlanish buyrug‘idan foydalanish mumkin. X va Y registrlarining qiymatlari ko‘paytiriladi, natija jamlagichga qo‘shiladi, baravariga signalning navbatdagi qiymati va unga mos koeffitsiyenti ularga tegishli registrlardan keyingi ko‘paytirish amalini bajarish uchun o‘qiladi. Download 450.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling