Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua


 Operatsion tizimni tanlash


Download 450.29 Kb.
bet76/103
Sana25.10.2023
Hajmi450.29 Kb.
#1721435
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103
Bog'liq
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org

9.6. Operatsion tizimni tanlash 
O‘rnatilgan tizimlar uchun dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda operatsion
tizimni tanlash asosiy rol o‘ynaydi. Tizimning yanada rivojlanishi va umuman
loyihaning qiymati unga bog‘liqdir. Tajribali o‘rnatilgan tizimlar ishlab
chiqaruvchilari faqat operatsion tizimning narxiga e’tibor bermaydilar; loyihaning
qiymati, shuningdek, ishlab chiqish vositalarining narxini, rivojlanish uchun
sarflangan vaqtni va tizimni qo‘llab-quvvatlash xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Barcha
holatlar uchun mukammal yechim yo‘q hisoblanadi. Har bir operatsion tizim o‘ziga


142
xos tarzda yaxshidir. Albatta OTni tanlashda barcha afzalliklari va kamchiliklarini


aniqlashtirib, aniq bir vaziyat asosida amalga oshirilishi kerak [22].
9.1-jadvalda eng ko‘p ishlatiladigan operatsion tizimlarning parametrlarini
taqqoslash keltirilgan.
9.1-jadval
Operatsion tizim 
Vaqt ish 
tartibi 
Ochiqlik 
darajasi 
Quvvatlanadigan 
arxitektura 
VxWorks
qattiq
ochiq
Power, ARM, Mips
Linux
yumshoq
ochiq
Alpha, ARM, Mips
Windows CE 6.0
yumshoq
yadro kodi ega
bo‘lishli
ARM, Mips, x86
QNX
qattiq
yadro kodi ega
bo‘lishli
Intel x86
LunxOS
qattiq
ochiq
x86, PowerPC, ARM
VxWorks
.
Tizim
ishlab
chiquvchilar
ishonchliligi
va
xatolarga
bardoshliligiga asosiy e’tiborni qaratdilar, shuning uchun ushbu operatsion tizim
Amerika Qo‘shma Shtatlarda kosmik elektronika standartiga aylandi. Wind River -
ning VxWorks -lari, shuningdek, Yevropa kosmik stansiyalari sun’iy yo‘ldoshlarida
va Xalqaro kosmik stansiyalarida ishlatiladi.
Tizimning kamchiliklari sifatida uning sekin modernizatsiyasini keltirish
mumkin. Asosiy e’tibor eski dasturlar va drayverlarga qaratilgan. Yangi apparatni
qo‘llab-quvvatlashda muammolarga duch kelinmoqda.
Bu juda qimmat operatsion tizim hisoblaniladi. Uning tanlovi katta hajmdagi
mahsulotlar uchun yoki juda yuqori ishonchliligini talab qiladigan tizimlarda o‘zini
oqlay oladi.
Linux
. Ushbu tizimning asosiy ajralib turadigan xususiyati - bu tizimning
yadrosi va ko‘pgina amaliy dasturlarning ochiq kodli ekanligidalir. Ushbu
operatsion tizim mutlaqo bepul. Rivojlanish ham individual ishlab chiquvchilar
tomonidan, ham manfaatdor firmalar tomonidan amalga oshiriladi.


143
Tizimning afzalliklariga yana ko‘plab kutubxonalar va ochiq kodli dasturlar


mavjudli hisoblanadi. Tayyor modullardan foydalanish dasturiy ta’minotni ishlab
chiqarishni sezilarli darajada soddalashtirish va tezlashtirishga imkonini beradi.
Tizimning yana bir afzalligi - bu ishlab chiquvchilarning rivojlangan jamoasi.
Bunda standart yadro konfiguratsiyasida real vaqt tizimi ta’minlanmagan.
Tizim faqat foydalanuvchi dasturlarini to‘xtatishi mumkin. Biroq, yadroni sozlashda
tizim funksiyalarining bajarilishini to‘xtatishga imkon beradigan parametrni yoqish
mumkin. Shuning asosida "yumshoq real vaqt" tizimlari shakllangan. Tez javob
berish vaqtini talab qiladigan tizimlar uchun ushbu operatsion tizim mos kelmaydi.
Tizimning kamchiliklariga qo‘llab-quvvatlash xizmatining yetishmasligi
kiradi. Barcha paydo bo‘lgan muammolar va savollar o‘z-o‘zidan hal qilinishi kerak.

Download 450.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling