Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua
Aralash (gibrid) arxitektura
Download 450.29 Kb.
|
Tizim va signallarni qayta ishlash O’quv uslubiy majmua-hozir.org
Aralash (gibrid) arxitektura.
Haqiqiy operatsion tizimlarda bir vaqtning o‘zida bir nechta modellardan foydalaniladi. Masalan, Windows NT tuzilmasi (9.6- rasm), ham qatlamli, ham mijoz-server modeli elementlariga ega. Windows NTning yadro rejimidagi qismi NT (NT executive) ijrochi deb nomlanadi. 9.6-rasm. Aralash (gibrid) arxitektura operatsion tizimining tuzilishi U virtual xotirani boshqarish, obyektlarni (resurslarni) boshqarish, kiritish/chiqarish va fayl tizimlarini (tarmoq drayverlarini ham o‘z ichiga olgan holda), ruxsatsiz kirishdan himoya qilish tizimining jarayonlari va fragmentlari bilan o‘zaro aloqalarni amalga oshiradigan tarkibiy qismlar to‘plamini o‘z ichiga oladi. Ushbu komponentlar bir-biri bilan qatlam sifatida emas, balki asosan modul sifatida ta’sir o‘tkazadilar. Har bir komponent boshqalarni aniq belgilangan ichki protseduralar to‘plami orqali chaqiradi. Yadro Qurilmalar Bajaruvchi tizim Mijoz win32 Mijoz OS/2 Mijoz POSIX Win32 tizimosti OS/2 tizimosti POSIX tizimosti Foydalanuvchi ish tartibi Yadro ish tartibi 141
va ijro etuvchi tizimning eng past darajadagi qismlarida: NT yadrosi (NT kernel) va apparatning a qatlami (hardware abstraction layer, HAL) qo‘llaniladi. NT tizimi ijrochilari barcha boshqa tarkibiy qismlari bu ikkilasining ustgi qatlamida joylashadi. NT yadrosi mikroyadro mijoz-server operatsion tizimlarida uchraydigan operatsion tizimning past darajadagi funksiyalarini bajaradi - masalan, oqimlarni rejalashtirish, uzilishlar va istisnolardan foydalanish, shuningdek ko‘p protsessorli sinxronlash. Shuningdek, u yuqori darajadagi konstruksiyalarni amalga oshirish uchun ijro tizimining qolgan qismlari tomonidan qo‘llaniladigan protseduralar va asosiy obyektlar to‘plamini taqdim etadi. Yadro ostida dinamik bog‘lanish kutubxonasi (dynamic-link library, DLL) joylashgan. HAL - bu yadroni va NT ijro etish tizimining boshqa qismlarini platformaga xos bo‘lgan apparatdan ajratib turadigan kod qatlami. HAL to‘g‘ridan-to‘g‘ri apparat bilan ishlaydi [22, 30]. Gibrid yadroli OT arxitekturasi monolit va mikroyadro arxitekturasining xususiyatlarini birlashtiradi. Bu ba’zi bir o‘zgartirilgan mikroyadro shaklidagi oraliq yechim bo‘lib, bu ishni tezlashtirish uchun yadro sohasida OT modullarini ishga tushirishga imkon beradi. Bunday gibrid yadroga ega operatsion tizimlar monolit yadro kodini iloji boricha yaxshi sozlangan holda, mikroyadro arxitekturasining ravshan afzalliklaridan foydalanish urinishlaridan kelib chiqqan. Download 450.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling