Tizimli dasturiy ta’minot


Dasturdagi eng muhim operatsiyalardan biri bu o’zgaruvchi e’lon qilishdir.O’zgaruvchilar turli dasturlash tillarida turli xil ko’rinishda e’lon qilinadi


Download 251.71 Kb.
bet2/5
Sana06.11.2021
Hajmi251.71 Kb.
#171054
1   2   3   4   5
Bog'liq
kurs ishi

Dasturdagi eng muhim operatsiyalardan biri bu o’zgaruvchi e’lon qilishdir.O’zgaruvchilar turli dasturlash tillarida turli xil ko’rinishda e’lon qilinadi.

1.1.Formal tillar va grammatikalar.

Formal tillar nazariyasida simvol tushunchasi boshlag‘ich tushuncha bo‘lib hisoblanadi va unga ta’rif berilmaydi. Simvol sifatida axborotni uzatishda ishlatiladigan ixtiyoriy belgilarni tushunish mumkin. Masalan, lotin alifbosidagi xarflar, morze kodlari, arab raqamlari, tovush va xakazo.


Alfavit deb simvollarning ixtiyoriy sanoqli to‘plamini tushunamiz. Lekin biz o‘rganadigan aksariyat hollar uchun alfavit chekli to‘plamdan iborat bo‘ladi. V-biror alfavit bo‘lsin. V alfavitdagi simvollar zanjiri (yoki qisqacha zanjir yoki satr) deb uning simvollaridan tuzilgan ixtiyoriy tartiblangan chekli ketma-ketligini tushunamiz. Masalan, siz o‘qiyotgan ushbu satrlar simvollar zanjiridir, zanjir alfaviti esa (kirill imlosiga asoslangan) o‘zbek harflaridan iborat. Boshqa misol: V={0,1} bo‘lsin, u holda 0, 1, 00, 0000, 11111, 1110010101001001010 zanjirlardir. Biz zanjirlarni kichik grek harflari α, β, γ va hakozo bilan (zarur hollarda indekslar va shtrixni ishlatgan holda) belgilashga kelishib olamiz.

Kompilyator – tizimli qayta ishlovchi dastur bo’lib, yo’qori daraja dasturlash tilida yozilgan dasturni mashina ko’rinishiga o’giradi (obyekt dasturga).

Obyekt dasturi mashina kodlarining ketma-keligidan iboratdir.

Kompilyatorning ishi alfavitni, leksikani, sintaksisni semantikani (mazmunni) saqlagan holda o’zgartirishdir.

Leksika – tilning alohida ma’noli birliklari tuplamidir (leksemalar).

Leksema – tilning ma’noga ega bo’lgan minimal konstruksiyasidir.

Leksemalarga o’zgaruvchilar ismlari, xizmatchi so’zlar, konstantalar, amal belgilari, ajratkichlar va x.k.

Sintaksis – tilning tugri ifodalash imkonini beradigan qoidalar tizimidir.

Semantika – sintaksis jihatidan to’g’ri konstruksiyalarning ma’noviy bo’lagini ifodalaydi.

Alfavit, leksika, sintaksis formal ko’rinishda berilishi mumkin.

Semantika esa ko’pincha formallashgan emas, semantika qoidalarining

tekshirish algoritmlari ko’rinishida beriladi. Kompilyator ishining umumiy chizmasi ikki fazadan tashkil topadi:

1.taxlil fazasi 2. sintez fazasi

Chekli avtomat faqat bir marta ya’ni leksemmalar jadvalini hosil qilishda ishlatiladi.




Download 251.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling