Tjabt larining texnik vositalari


– rasm. Markazlashtirilgan dispetcherlik punktining strukturaviy


Download 44.49 Kb.
bet2/2
Sana11.05.2023
Hajmi44.49 Kb.
#1455050
1   2

1 – rasm. Markazlashtirilgan dispetcherlik punktining strukturaviy


sxemasi:
DA – dispetcherlik aloqasi, SN – signalizatsiya nazorati, ATA – distantsion boshqaruv; TB telemexanik boshqaruv, TO‘ – telemexanik o‘lchov, TS
telemexanik signalizatsiya.

Bugungi kunda boshqarish texnikalari va texnologiyalarini tez suratlar bilan rivojlanib borayotganligi sababli Markazlashtirilgan nazorat tizimlari (MNT) o‘rniga Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqaruv tizimlari (TJABT) qo‘llanilib kelinmoqda.


2.Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari


Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqaruv tizimlari (TJABT) majmuasiga xo‘jalik-iqtisodiy ma’lumotlarni yig‘ish, ularni qayta ishlash va



uzatish uchun mo‘ljallangan axborot-hisoblash qurilmalari hamda hisoblash markazlari tizimiga ega bo‘lgan aloqa liniyalari kiradi.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari (TJABT) markazlashtirilgan nazorat tizimlariga (MNT) nisbatan anchagina ko‘proq funktsiyalarga ega, jumladan:

  • oraliq va yakuniy texnologik va iqtisodiy ko‘rsatgichlarni hisob-kitob qiladi va ularni ro‘yxatga oladi;

  • texnologik rejimlarning optimal ko‘rsatgichlarini aniqlaydi va optimal rejim hosil qilishni ta’minlaydigan boshqarish signallarini hosil qiladi va jarayonga topshiriqlar beradi;

  • texnologik jarayonlarda ro‘y beradigan o‘zgarishlarni to‘g‘rilaydi.

Yuqorida qayd etilgan boshqarish funktsiyalarini bajarish faqatgina elektron hisoblash mashinalari (kompyuterli boshqaruv) orqali amalga oshirilishi va va ular to‘rt xil rejimda ishlashi mumkin:

      1. Ma’luotlarni to‘plash va ularni qayta ishlash.

      2. Operator maslahatchisi.

      3. Supervayzerli boshqarish.

      4. Aloqasiz boshqarish rejimlari.

Ma’lumki, elektr energiyasi shunday noyob va uni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berish murakkab jarayon hisoblanadi. Shu bilan birga elektr energiyasiga bo‘lgan talab yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Bulardan tashqari elektr energiyasini ma’lum omborxonalarda saqlab bo‘lmaydi va ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini faqatgina ishlatish kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining energetika tizimi qo‘shni davlatlar energetika tizimi bilan uzviy bog‘langanligi sababli ichki energetika tizimlari va ularning sub’ektlarini nazorat qilish qabul qilingan “Xalqaro me’yorlar va qoidalar”ga javob berishi shart. Shu sababli bugungi kunning asosiy vazifalaridan biri energonazoratni avtomatlashtirish hajmlari va elektr energiyasini tijoratli (kommercheskiy) nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarining (ETNQAT)
texnik va iqtisodiy samaradorligini tahlil qilish masalalarini ko‘rib chiqishdan iboratdir.
Elektr energiyasini tijoratli (kommercheskiy) nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini (ETNQAT) qo‘llanilishi quyidagi iqtisodiy afzalliklardan iborat:

  • differentsiyalashgan vaqt ta’rifi bo‘yicha hisob-kitobga o‘tish;

  • elektr energiyasini ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetkazib berishdagi nobalanslarni hisoblash;

  • elektr energiyasini yo‘qolishlari va o‘g‘rilanishlarini o‘z vaqtida aniqlash;

  • energonazorat tizimida ishlayotgan xodimlarning javobgarlik darajasini oshishi va ortiqcha xodimlar sonini qisqarishi.

Bugungi va ertangi kunning yanada dolzarb vazifalaridan biri bu energetika tizimlarida “Elektr energiyasini tijoratli (kommercheskiy) nazorat qilishning avtomatlashtirilgan ma’lumot-o‘lchov tizimlarini (ETNQAMO‘T) qo‘llashdir.
Ushbu tizimni ishonchli ishlashi uchun quyidagi elementlar va texnik vositalar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak:

  • o‘lchov transformatorlari;

  • interfeys raqamli ko‘p funktsiyali mikroprotsessorli elektron schetchiklar;

  • zamonaviy sanoat kontrollerlari bazasidagi ma’lumotlarni to‘plash va uzatish qurilmalari;

  • o‘lchov-hisoblash majmualari (ma’lumotlarni to‘plash markazi);

  • aniq vaqt signalini qabul qilish va sinxronlash qurilmasi;

  • avtomatlashtirilgan ish joylari;

  • zamonaviy komyuterlar va maxsus dasturlar va boshqalar.

Download 44.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling