3 - savolga -
Plagiat, izohli lug‘atlarda qayd etilishicha, lotincha (plagio) so‘z bo‘lib,
«o‘g‘irlayman» degan ma’noni bildiradi. Bu biror badiiy, ilmiy asar yoki
kashfiyot muallifi huquqlarini buzib, u yaratgan narsa, g‘oyalarni noqonuniy
ravishda boshqalar tomonidan o‘zlashtirilishi — «o‘ziniki» qilib olinishi.
Ba’zilar buni taqlid deb, o‘zlarini oqlamoqchi bo‘ladilar.To‘g‘ri, taqlid —
ko‘chirmachilik emas, o‘rganish, izlanishning bir bosqichi. Ammo san’at
olamida, xususan, badiiy adabiyotda bir umr salaflari va zamondoshlariga
taqlid yo‘lida ijod qilganlar plagiatordan uncha uzoq ketolmaydi. Nari borsa,
ustozi asarlarining nusxasini yaratadi, xolos. Plagiat zamirida nima bor?
Azaldan o‘zi loyiq bo‘lmagan “obro‘”ga erishish uchun yoki mashhurlik
kasaliga (maniya velichiya) yo‘liqqanlar ko‘chirmachilik qiladi. Gohida esa
ilojsizlikdan bunga qo‘l uriladi. Birinchi holat haqida ko‘p aytilgan. Plagiat,
qaerda uchramasin — ilm dami, badiiyatdami, ta’lim tizimidami — yuqumli
kasallikdek kishilarga ziyonyetkazadi.
10 - variant
1 - savolga - 8 - variant - 3 - savolni javobi.
2 - savolga - 8 - variant - 2 - savolni javobi.
3 - savolga -
Shiddat bilan yangilanayotgan zamonda ixtirolar, ilmiy tadqiqotlar,
innovatsion g'oyalar, texnik ishlanmalar va ularni tijoratlashtirish o'ta muhim
sanaladi. Aynan ularning ko'lami va sifati raqobatbardosh, daromadi yuqori
mahsulotlar yaratishga xizmat qiladi. O'z navbatida, xalqaro ilmiy
loyihalarda ishtirok etish mamlakat ilmiy salohiyati darajasini belgilaydi.
Ilmiy ishlanma va texnologik yangiliklar jamiyat hayotining barcha
jabhalarini bog'lovchi mexanizmga aylanayotgan hozirgi davrda mazkur
sohalarda
hamkorlikni
kengaytirmay
turib,
jahon
bozorlarida
raqobatbardoshlikka erishib bo'lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: