Tm-yakuniy-Javoblar
- savolga - 16 - variant - 2 savolini javobi bilan bir xil
Download 361.83 Kb. Pdf ko'rish
|
TM-Yakuniy-Javoblar 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20 - variant - 1 - savolga
- 2 - savolga
2 - savolga - 16 - variant - 2 savolini javobi bilan bir xil.
3 - savolga - "Metod" va "metodologiya" tushunchalari. Metod (yunon. metods — usul) keng ma'noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli kabi ma'nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo‘llaniladigan ma'lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san'atda va h.k.); tizim haqidagi ta'limot yoki metod nazariyasi. Metodika – biror ishni maqsadga muvofiq o’tkazish metodlari, usullari, yo’llari majmuasi. U alohida metodikalardan tashkil topadi. Pedagogika fani sohasida ma’lum o’quv fanini o’qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar. Usul – biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish tartibi. Uslub – biror narsa, hodisa, jarayonni o’rganish yoki amalga oshirish uchun qo’llash lozim bo’lgan usullar majmuasi. Yo’l (ruscha – priyom) – biror maqsadni amalga oshirish uchun tanlangan harakat turi. 20 - variant - 1 - savolga - «Kumatoid», «Case studies», «abduksiya» tushunchalari an’anaviy metodologik tushunchalar ruhida tarbiyalangan odamga erish tuyulishi mumkin. Ammo, aynan ular metodologiyaning hozirgi rivojlanish bosqichi ning o‘ziga xos xususiyati ilmiy muomalaga mutlaqo yangi tushunchalarni kiritish bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Mazkur tushunchalarning aksariyati muayyan (xususiy) fanlar sohasi bilan bog‘liq. Bunday tushunchalar qatoriga hozirda ancha mashhur bo‘lgan bifurkatsiya, «fluktuatsiya», «dissipatsiya», «attraktor» tushunchalarini, shuningdek, «kumatoid» (yunoncha–to‘lqin) degan innovatsion tushunchani kiritish mumkin. Kumatoid – suzayotgan obyektni anglatadi va obyektlarning tizimli xususiyatini aks ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo‘lishi, shuningdek, yo‘qolishi, parchalanishi mumkin. «Case studies», ya’ni vaziyatli tadqiqotlar o‘tkazish hozirgi zamon metodologiyasidagi muhim yangilikdir. Mazkur tadqiqotlarni o‘tkazishda fanlararo tadqiqotlar o‘tkazish metodologiyasiga tayaniladi, ammo individual subyektlarni, mahalliy guruhiy dunyoqarashlar va vaziyatlarni o‘rganish nazarda tutiladi. «Abduksiya» fikr yuritish orqali empirik faktlardan ularni tushuntiruvchi gipotezaga yuksalishni nazarda tutadi. Bunday fikr yuritish turmushda va amaliyotda ko‘p uchraydi. Har bir inson tushuntirish yo‘llarini izlashda beixtiyor abduksiyaga murojaat etadi. 2 - savolga - Evristika (yun. peshtzko — izlayman, topaman) — 1) masala yechishning maxsus usullari (evristik usullar). Masalani aniq matematik modellarga tayanib va anʼanaviy usullardan foydalanib yechishning aksi. Evristik usullardan foydalanish masalani yechish vaqtini ancha qisqartiradi. Bunday usulda olingan yechim eng toʻgʻri yechim hisoblanmaydi, balki mumkin boʻlgan yechimlardan biri boʻladi. Koʻpincha, E. yordamida qoʻyilgan maqsadga erishib boʻlmaydi. Baʼzan psixologik va kibernetik adabiyotda evristik usullarga masalalar yechishning induktiv usullari sifatida tushuniladi; 3 - savol - Metodologik tamoyillar yangini bilishga aniq yo‘l ko‘rsatib bera olmaydi. Bu nuqtai nazardan ular ancha mavhumdir. Ammo, evristik ta’limotlardan farqli o‘laroq, metodologik tamoyillarni aniq, izchil shaklda ta’riflab berish mumkin. Download 361.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling