Тmavzu: O’zbekiston respublikasi davlat shaklining o’ziga-xos xususiyatlari mundarija kirish


Download 109.59 Kb.
bet3/13
Sana22.06.2023
Hajmi109.59 Kb.
#1649321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bular:
# boshqaruv shakli, ya’ni davlat hokimiyati va boshqaruvni tuzish va tashkil etishning muayyan tartibi;
# davlat tuzilishi shakli, ya’ni davlatning hududiy tuzilishi, markaziy, mintaqaviy va mahalliy hokimiyatlarning o‘zaro munosabatlari muayyan tartibi;
# siyosiy (davlat) idora usuli, ya’ni siyosiy (davlat) hokimiyatni amalga oshirish usul va uslublaridir.
Lekin shuni ta’kidlash joizki, bular hozircha davlat shaklini tushunishga umumiy yondashuv, eng ilk tanishuvdir. Uni batafsilroq tushunish uchun davlat shaklini tashkil etuvchi uchchala jihatni diqqat bilan o‘rganish, ularning o‘zaro bog‘liqligi, o‘zaro ta’sirini kuzatish hamda nazariy, siyosiy-huquqiy ta’fakkur yuz yilliklar davomida davlatni o‘rganar ekan, davlat shaklining aynan shunday mazmunini nega alohida ajratib ko‘rsatganligini tushunishga harakat qilish kerak.
Davlat shaklini bunday tushunish dabdurustdan tarkib topmaganligi va hozir ham unga qo‘shilmasliklarini qayd etib o‘tish joiz deb o‘ylaymiz. Uzoq vaqt davomida davlat shakli boshqaruv shakli va davlat tuzilishi shaklidan (biz keltirgan tarkibda dastlabki ikkitasidan) iborat deb hisoblab kelingandi.
Keyinchalik unga siyosiy idora usuli qo‘shildi. «Davlat shakli» va «siyosiy idora usuli» o‘rtasiga tenglik alomatini qo‘yuvchilar ham bo‘lgandi. Bunga asos ham bor edi. Biroq, buni keyinroq «siyosiy (davlat) idora usuli» tushunchasini batafsil ko‘rib chiqish vaqtida yaxshiroq tushunib olamiz. Shunga qaramay, hozirgi kunda davlat hokimiyati tashkiloti uch qism - boshqaruv, davlat (siyosiy) tuzilishi hamda davlat (siyosiy) idora usuli - birligidan tashkil topadi, degan konsepsiya keng tarqalgan.
Davlat shakllari tushunchasi. Bu boshqarish uchun davlat hokimiyatini tashkil etish, davlat tuzilish va siyosiy tartibni amalga oshirish usullaridir.
Davlat shakli birinchi navbatda davlat hokimiyatining  mahalliy va oliy hokimiyat organlarining tuzilishidir. Davlatning boshqaruv shakli bu davlat hokimiyatining tarmoqqa bo‘linishidir. 1) Qonun chiqaruvchi hokimiyat (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi). 2) Ijro etuvchi qokimiyat (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va Vazirlar Mahkamasi). 3) Sud hokimiyati (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi). Davlat shaklini ikkinchi tarkibiy qismi bu davlatning tuzilish shaklidir. Bu jamiyatning milliy, iqtisodiy va madaniy xususiyatlariga bog‘liqdir. Tuzilish shakli bo‘yicha davlatlar unitar, ya’ni oddiy davlat tuzilishiga, federativ murakkab davlat tuzilishiga va konfederativ davlat tuzilish shakliga bo‘linadi. Davlat tuzilish shakli har bir davlatning siyosiy va ma’muriy hududiy -tuzilishini birlashtiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining hududida yashovchi barcha xalqning tarixiy va milliy xususiyatlari hisobga olingan uning ma’muriy hududiy tuzilishi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar va Qoraqalpogiston Respublikasidan iborat.
Davlat shaklini uchinchi tarkibiy qism bu davlat hokimiyatining amalga oshirish usullaridir. Bu nuqtai nazardan jahondagi davlatlar ikki usulga demokratik siyosiy tartib va g‘ayridemokratik siyosiy tartibga bo‘linadi.Demak, ko‘ramizki, davlat shakllari uch qismdan davlatning boshqarish, davlat tuzilishi va davlat hokimiyatini amalga oshirish usullari siyosiy tartibdan iboratdir.

Download 109.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling