Тmavzu: O’zbekiston respublikasi davlat shaklining o’ziga-xos xususiyatlari mundarija kirish


«Monarxiya» atamasi («monos» - bir, «arxe» - hokimiyat) yunoncha so‘z bo‘lib, «yakkahokimlik»


Download 109.59 Kb.
bet5/13
Sana22.06.2023
Hajmi109.59 Kb.
#1649321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
«Monarxiya» atamasi («monos» - bir, «arxe» - hokimiyat) yunoncha so‘z bo‘lib, «yakkahokimlik», «yagona hukmdor» ma’nolarini bildiradi. Monarxiya boshqaruv shakli sifatida o‘zining aniq yuridik belgilariga ega. Monarx davlatning jonli timsoli bo‘lib, tashqi va ichki siyosat bobida davlat boshligi sifatida, xalq vakili, millat «otasi» sifatida, fuqarolarni jipslashtiruvchi, ularni davlat tevaragiga birlashtiruvchi shaxs sifatida maydonga chiqadi. Monarxlar - masalan, Fransiya qirollaridan biri: «Davlat - mening o‘zimman», deb bejiz aytmagan. Biroq, bu aksariyat hollarda masalaning faqat Yuridik tomonini anglatar, amaldagi ahvolni ifodalay olmasdi.
Monarxiya tanxo hukmronlik qiladi. Albatta, bu davlatning barcha ishlarini uning bir o‘zi hal etarkan, degan ma’noni bildirmaydi. Turli davlat organlarida xizmat qiluvchi ko‘p sonli maslahatchilar, vazirlar, amaldorlar davlat ishlarini boshqarishardi. Ayni paytda, eng muhim, prinsipial davlat ishlari bo‘yicha monarxning o‘zi hukm chiqarishiga to‘g‘ri kelardi. U butun hokimiyatning to‘la sohibidir. Monarx hokimiyati oliy hokimiyat bo‘lib, mustaqildir. U - davlatdagi oliy hokimiyatdir. Odatda, uning hokimiyati muqaddas deb e’lon qilinar, din og‘ushiga o‘ralar edi. Albatta, shularning barchasiga qaramay, monarxning xalqaro, siyosiy va milliy kuchlar ta’sirini his etmasligi mumkin emas.
Lekin ba’zan monarx hukmi tasodifiy, sub’ektiv omillarga bog‘liq bo‘lib qoladigan hollar ham uchraydi (buni ham tushunsa bo‘ladi - axir monarx ham odam, insonlarga xos narsalarning hammasi unga ham begona emas).
Monarxiya hokimiyati vorislik asosida bir avloddan ikkinchi avlodga meros bo‘lib o‘tadi. Hokimiyatning bir shaxsdan ikkinchisiga o‘tishiga xalqning hech qanday aloqasi bo‘lmaydi. Monarx muddatsiz va umrbod hokimiyat egasidir. Lekin bundan monarxni faqat tabiiy o‘limgina hokimiyatidan ajratar ekanda, deb xulosa chiqarish xato bo‘lurdi. Monarxlar ag‘darib tashlangani, o‘ldirilgani, boshqa kishilar bilan almashtirilganiga tarixda misollar ko‘p.
Monarx mas’uliyatdan ozod kishi hisoblanadi, ya’ni u o‘z boshqaruvi natijalari uchun aniq yuridik va siyosiy javobgar hisoblanmaydi. Darvoqe, tarixda xalq monarxni javobgarlikka tortgan holatlar haqida ko‘pdan-ko‘p misollar mavjud (inqiloblarni eslaylik).
Monarxiyaning eng gullab-yashnagan davri yangi davr arafasiga to‘g‘ri kelib, bu vaqtda uning boshqaruvning respublika shaklidan farklari ko‘zga tashlana boshlagan, mutlaq (cheklanmagan) va cheklangan monarxiya ko‘rinishlari o‘rtasidagi farklar aniq bilinib qolayotgandi.
Mutlaq monarxiya shaklidagi boshqaruvning asosiy belgisi - monarxning to‘la hokimiyatini cheklaydigan biron-bir davlat organining yo‘qligidir- Monarxiyaning yuridik xususiyatlari to‘g‘risidagi S.A.Komarov nuqtai nazari biz uchun ham matlub bo‘lib, ular:

Download 109.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling