Ўтмишга назар


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana01.04.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1318501
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
3964-Текст статьи-7970-1-10-20220122

ЎТМИШГА НАЗАР |
 
ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ | LOOK TO THE PAST
№1 | 2022
41
 
 
Moskvada faoliyat yurituvchi «Vatan» mesxeti turklari xalqaro jamiyati prezidenti 
Suleymon Barbakadzening «Nezavisimaya gazetasi»ga aytishicha, bir kecha-kunduz davomida 
Gruziyaning 224 ta qishlog‘idan 92 mingdan ziyod kishini ko‘chirganlar [14]. Mesxeti turklarni 
deportatsiya qilish 1945 yil yanvar oyida yakunlandi [15]. Ko‘chirishning dastlabki oylardayoq yo‘l 
qiyinchiliklari oqibatida 15432 kishi halok bo‘ldi [16]. Ko‘p vaqt davomida mesxeti turk xalqining 
miqdori noaniqligicha qoldi, chunki ko‘pchilik mesxeti turk millatiga mansub kishilar davlat 
statistika hujjatlarida ozarbayjon va gruzin millatiga mansub deb rasmiylashtirilgan edi. 
1956 yilda turklarning O‘rta Osiyo va Qozog‘istonga majburiy ko‘chirilishi bekor qilinganligi 
ularga ma’lum qilindi. Biroq o‘sha vaqtda ularning tarixiy yashab turgan joyi chegara zona deb 
atalgan zonaga – SSSR chegarasi bo‘yidagi alohida territoriyaga kiritilgan edi. Bu joyga kelish va 
unda yashash qat’iy cheklab qo‘yilgan edi. Bu, aslida, turklarning o‘z yurtlariga qaytishi 
ta’qiqlanganligini bildirib [17], ularga nisbatan qilingan yana bir adolatsizlik edi.
Shunday qilib, 1944 yilda O‘rta Osiyoga deportasiya qilingan mesxeti turklarning eng ko‘p 
qismi O‘zbekistonda maskan topdi. Mesxeti turklarning katta guruhlaridan biri Farg‘ona viloyatiga 
joylashtirilgan. Ularning katta qismi viloyatning Quvasoy shahrida, shuningdek, Farg‘ona, 
Marg‘ilon, Qo‘qon shaharlarida, Toshloq, Komsomol shaharchasida, Qirguli, Oxunboboyev 
mavzeining bir qancha qishloqlarida (sobiq Marg‘ilon), Quva, Rishton, Farg‘ona rayonlarida yashar 
edilar. Bir qancha turk oilalari Qo‘qondan g‘arbda joylashgan Kirov rayonidagi Gorkiy shaharchasi 
aholisining orasida ham bo‘lgan[18].
Mesxeti turklar, asosan, viloyatning shaharga yaqin va rayon markazlariga joylashishdi [19]. 
O‘sha vaqtda uy-joy muammosi yuqori darajada bo‘lganligi uchun ularni aholi xonadonlariga 4-5 
xo‘jalik qilib, shuningdek, jamoat joylariga (choyxona, maktab, boqchalarga) joylashtirishdi. 
Mesxeti turklarning O‘zbekistonga, xususan, Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahriga 
ko‘chirib keltirilishini Quvasoy shahrida yashovchi Mirzajonov To‘raxo‘ja (2008 yilda Quvasoy 
shahar oqsoqollar kengashining raisi) shunday eslaydi: «Mesxeti turklar bizning shahrimizga 1945 
yilda kelgan edilar. Biz, shahar aholisi, o‘zimizning urush davridagi og‘ir sharoitimizga 
qaramasdan, bu qardosh xalqni samimiy kutib oldik. Shahrimizdagi xonadonlarga mesxeti turklarni 
4-5 oilagacha qilib joylashtirishdi. Bizning uyga ham mesxeti turklarning 3-4 xo‘jaligi 
joylashtirildi. Mening bilishimcha, Stalin mesxeti turklarni badarg‘a qilganda, o‘sha paytdagi 
O‘zbekiston rahbari bo‘lgan Usmon Yusupov bu xalq musulmon ekanligi uchun O‘zbekistonga 
jo‘natilishini so‘ragan ekan. O‘zlarining aytishicha, yo‘l azobida ularning ko‘pchiligi vafot 
etgan»[20].  
Respublikamizga joylashtirilganidan so‘ng Toshkent va Sirdaryo viloyatida yashovchi 
ko‘pchilik turklar, asosan, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida band bo‘lgan bo‘lsalar, Samarqand 
viloyati va Farg‘ona vodiysida yashovchi ushbu xalq vakillari sanoat va qurilish ishlarida faoliyat 
olib borganlar [21]. Mesxeti turk xalqi orasidan O‘zbekiston iqtisodiyoti va maorifi sohasiga katta 
hissa qo‘shgan Saodat Gulahmedova, Hamroli Hasanov kabi Mehnat Qahramonlari, respublikada 
xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi Xolis Ahmedov kabi fidoiy kishilar yetishib chiqdi [22]. 
Mesxeti turk xalqi O‘zbekistonda uzoq vaqt davomida tinch va osoyishta yashagan bo‘lsa-
da, bir avloddan keyingi avlodlarga o‘tib kelgan o‘z vataniga qaytish g‘oyasi so‘nmadi. Shu 
maqsadda ular sobiq sovet davrida bir necha marta s’yezdlar o‘tkazdilar. Jumladan, 1962 yildan 
1989 yilgacha ularning 10 ta s’yezdi bo‘lib o‘tdi [23]. Ushbu s’yezdlarda ularning asosiy maqsadi, 
ya’ni vatanlariga qaytish masalasi muhokama qilindi. Mesxeti turk xalqining vatanga qaytish 
faoliyati, ayniqsa, Farg‘ona viloyatida, xususan, ular ko‘p yashaydigan Quvasoy shahrida 
faollashdi. Ushbu xalq faollari Markaz (Moskva) oldiga o‘z milliy masalalarini hal qilib, vatanlari 
Gruziya SSRning janubiy hududlariga ko‘chirishni talab qilishdi. Shu maqsadda tashabbuskor 
guruh tuzib, Markazga bir necha marta o‘z vakillarini yuborishdi, aholi o‘rtasida yig‘ilishlar 
o‘tkazib, o‘z milliy masalalarini hal qilish yo‘llarini muhokama qilishdi. 
Joylarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatganki, deyarli hamma turklar o‘z vatanlariga 
qaytishni istashar edi. Bu muammoni hal etishni ular Mesxet-Javaxeti rayonlariga ko‘chib 
kelishdagi cheklashlarni olib tashlashda deb biladilar [24]. Shu maqsadda ular 45 yil davomida 
SSSR oliy organlariga Mesxetiyaga qaytarishni so‘rab, 154 marta murojaat qildilar [25]. Lekin 



Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling