ЎТМИШГА НАЗАР |
ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ | LOOK TO THE PAST
№1 | 2022
38
Otabek Bozorov,
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori,
Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika instituti
bazarovotabek150@gmail.com
SOVET DAVLATINING DEPORTASIYA SIYOSATI VA UNING OQIBATLARI
(MESXYETI TURK XALQI MISOLIDA)
For citation: Otabek Bozorov, THE DEPORTATION POLICY OF THE SOVIYET STATE AND
ITS CONSEQUYENCYES (ON THE EXAMPLE OF THE MESKHETIAN TURKS). Look to the
past. 2022, vol. 5, issue 1, pp.38-45
http://dx.doi.org/10.5281/zenodo.5874566
ANNOTASIYA
Maqolada XX asrning ikkinchi yarmida Sovet davlati olib borgan qatog‘onchichilik siyosati,
xususan mesxeti turklarga nisbatan olib borgan deportasiya
siyosatining mazmuni, ko‘chirilish
jarayoni, mesxeti turklarning Vatanlariga qaytish harakatlarini turli aspektlarda tahlil etishga
harakat qilingan.
Xalqlarni deportasiya qilish siyosati 1930-1950 yillardagi sobiq
Sovet ittifoqi siyosatining
tarkibiy qismiga aylangan edi. Ayniqsa ikkinchi jaxon urushi davrida Sovet davlati o‘z tarkibidagi
xalqlarga nisbatan qatog‘onchilik siyosatini yanada kuchaytirdi. Chegara rayonlarda yashovchi
xalqlar – finlar,
polyaklar, kurdlar, keyinchalik
mesxeti turklar, xamshallar
siyosiy manfaatlarni
ko‘zlab, ya’ni «chegara xavfsizligini» ta’minlash maqsadida mamlakatning boshqa hududlariga
zo‘rlik bilan deportasiya qilindi.
Kalit so‘zlar: qatog‘onchilik, deportasiya, mesxeti turklar, milliy manfaat,
tarixiy adolat,
Vatanga qaytish harakati, ijtimoiy-siyosiy inqiroz, milliy uyg‘onish jarayonlari.
Do'stlaringiz bilan baham: