Ўтмишга назар
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
3964-Текст статьи-7970-1-10-20220122
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Metodlar va o‘rganilganlik darajasi
1.Dolzarbligi: Sovet davlatining deportasiya siyosati va ushbu siyosatning millatlararo munosabatlarga ta’siri borasidagi mavzularda dunyoning bir qator oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlarida izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, tushuncha va terminlarni tahlil qilish orqali sovet davlati milliy siyosati o‘rganilishining nazariy-metodologik asoslarini tizimlashtirish, millatlararo munosabatlarning ijtimoiy-falsafiy jihatlari, sovet davlati milliy siyosatining mohiyati, sovet davlatining xalqlar va millatlarga nisbatan qo‘llagan deportasiyaning sabablari, fojiali oqibatlari, etnik mojaro va to‘qnashuvlarni shakllantiruvchi omillar, mesxeti turklarining xalq sifatida shakllanishiga, milliy o‘zligini anglashiga ta’sir etgan omillar ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab O‘zbekistonda millatlararo munosabatlarni takomillashtirish, bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, barcha fuqarolarning, millati va dinidan qat’iy nazar, teng huquqlilik imkoniyatlarini yaratish, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlarini yanada yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekistonda yashab kelayotgan barcha millat va etnik diasporalarning tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, milliy an’analari va urf-odatlarini saqlash hamda rivojlantirish, ularga hurmat bilan qarash, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish kabi vazifalarning dolzarbligini oshirdi. Shunday masalalarga XX asrning 30-50 yillarida Sovet hukumatining olib borgan deportasiya siyosati va uning oqibatlarini tahlil etish masalasi ham aloqador. Bu davr tarixining ayrim masalalarini ochib berish bugungi kunda ham dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. 2. Metodlar va o‘rganilganlik darajasi: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling