Tmj guruh talabasi Rustamov Bobirjonning Metralogiya, standartlashtirish va o’zaro almashuvchanlik fanidan tayyorlagan referati Mavzu: O’zaro almashinish tushunchasi
Download 29.53 Kb.
|
JBPMaccUEwIvfkLHmSGhMOFHoJizIe3e
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki detalning birikish xarakteri
O’tqazmalar va ularni hisoblash
Har qanday mashina, uzellar va detallardan yig'iladi. Bir detal ikkinchi detalga biriksa, biriktiruvchisi qamrovchi, birikuvchisi qamraluvchi sirtlar bo'ladi. Masalan, vint gaykaga o'rnatilsa gayka qamrovchi, vint qamraluvchi sirt bo'lib hisoblanadi. Shakllaridan qat'iy nazar qamrovchi sirtlarni umumiy nomi teshik, qamraluvchilari esa val (o’q) deb atalishi qabul qilingan. Ya'ni O'z DST 2.214 standarti bo'yicha cheklanmalar tanlashda qamrovchi sirtlar uchun teshiklarning chetga chiqishlari bo'yicha, qamraluvchi sirtlar uchun vallarning chetga chiqishlari bo'yicha tanlashlar qabul qilingan. Ishlash sharoitiga ko'ra, loyihaviy hisob bo'yicha belgilangan o'lcham nominal (o’rtacha) deyiladi. Bu o'lcham teshik va val uchun bir xil bo'ladi. Ikki detalning birikish xarakteri, bo’shliqli (zazor) yoki taranglik bilan biriktirish o’tkazish deyiladi. O'tkazishlar uch xilga bo'linadi; birikmada doimo bo'shliqni ta'minlovchi qo'zg’aluvchan o'tqazish, birikmada doimo taranglikni ta'minlovchi qo'zg’almas (presslab, zarblab) o'tqazish va birikmalarda bo'shliq yoki taranglik hosil qiluvchi oraliq o'tkazish. O'tkazishlarni amaliyotda qo'llash qulay bo'lishi uchun teshik tizimi va val tizimiga bo'lingan. Teshik tizimida teshikni pastki chetga chiqishi har doim «nol» bo'lib, eng kichik o'lchami o'rtacha o'lchamga terig bo'ladi va bir xil o'rtacha o'lcham va kvalitetda o'lchamlari doimiy bo'lib, har xil o'tkazishlar hosil qilish uchun vallarni chetlanishlari o'zgartiriladi. Val tizimida valni yuqoriga chetga chiqishi har doim «nol» bo'lib, eng katta o'lchami o'rtacha o'lchamga terig bo'ladi va bir xil o'rtacha o'lcham va kvalitetda o'lchamlari doimiy bo'lib, har xil o'tqazishlar hosil qilish uchun teshiklarni chetlanishlari o'zgartiriladi. Teshik tizimida teshikning chetlanishi «H» val tizimida val chetlanishi «h» bilan tanlanadi. O'tqazishlarni hisoblashni misollar yechish bilan tushintiramiz. Yig'uv chizmasida c675H7/f9 belgi o'lcham yozilgan bo'lsin, bunda 075 o'rtacha o'lcham, H7 teshikni H chetlaiiishli, 7 — kvalitetli cheklamasi va f9 valni f chetlanishli, 9 -kvalitetli cheklamasidir. Teshikning eng katta (maksimal) o'lchami D max=Dnom + ES=5+0.03=75.03 mm teshikning eng kichik (minimal) o'lchami. Download 29.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling