Chaqiqtosh donalari shakli bo‘yicha uch guruhga bo‘linadi: kubsimon,
saralangan va oddiy. Tuxumsimon va sharsimon shakldagi chaqiqtoshlami
ishlatish maqsadga muvofiq. Ular tarkibida plastinasimon (cho‘zinchoq)
va ignasimon shakldagi donalar 15; 25 va 35 foiz (massa bo‘yicha)
mutanosiblikda bo‘lishi mumkin. Yirik to‘ldirgichning oraliq bo‘shlig‘i 45
foizdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Uning tarkibida yum shoq va yemirilgan donalar 10 foizdan ko‘p
bo‘lmasligi kerak; sovuqqa chidamliligi F 15, F 25. F 50, F 100, F 150,
F 200 va F 300. Suvning qisman toMdiruvchilar uchun sarf bo‘lishi beton
tayyorlash texnologiyasida hisobga olinishi shart.
6.3. Beton qorishmasining xossalari
Beton qorishm asining texnik xossalari.
Beton qorishmasining qulay
joylanuvchanligi (qoliplanuvchanligi) muhim ahamiyatga ega. Bunda beton
qorishmasi tanlangan
zichlashtirish usulida, yaxlitligini saqlagan holda,
qolipga yaxshi (to ‘liq) joylashishi nazarda
tutiladi va harakatchanligi,
bikrligi (J) va bog‘lanuvchanligi orqali izohlanadi. Beton qorishmasining
harakatchanligi qorishm aning
strukturaviy mustahkamligiga, bikrlik
qorishmaning dinamik oquvchanligiga va bog‘lanuvchanIik qorishmaning
suv ushlashlik xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: