To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»
Download 232.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- A .E. O D IL X O ‘JAYEV QURILISH MATERIALLARI
- 0 ‘ ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
- M a ’sul muharrir: texnikafanlari doktori, professor Odilxo‘jayev A.E. Taqrizchilar
А.Е. ODILXO'JAYEV |11П11ЦЯ«Я|| TO SH K ENT TE M IR Y O ‘L M U H A N D IS L A R IIN S T IT U T I * 4 A .E. O D IL X O ‘JAYEV QURILISH MATERIALLARI 5340200 - «Bino va inshootlar qurilishi» (tem iryo ‘liar), 5340200 - Bino va inshootlar qurilishi (tem iryo 7 binolari), 5340400 - «Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji ftem iryo 7 transportida suv ta ’minoti va kanalizatsiya tizimlari).» 5340600 - «Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (tem iryo ‘liar).» t a ’lim y o ‘nalishlari uchun о ‘quv qo ‘llanma 0 ‘ ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA 0 ‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI « 0 ‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi» nashriyot-matbaa birlashmasi Toshkent - 2020 UO‘K: 691(075.8) КВК: 38.3уа73 А31 Adilxodjayev, A.I. Qurilish material lari [Matn]: o‘quv qo‘Ilanma/A.I. Adilxodjayev. -Toshkent: « 0 ‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi» nashriyot-matbaa birlashmasi, 2020. - 256 b. UO‘K: 691(075.8) KBK: 38.3ya73 M a ’sul muharrir: texnikafanlari doktori, professor Odilxo‘jayev A.E. Taqrizchilar: Maxamataliyev I.M. — «Bino va sanoat inshootlari qurilishi» kafedrasi professori, t.f.d. ToshTYMI. Narov R.A. - «Qurilish jarayonlari va texnologiyasi» kafedrasi professori, t.f.n. TAQI. Mazkur o‘quv qo‘llanmada ilg‘or xorijiy adabiyotlardan foydalanilgan holda bino va inshootlar qurilishida keng qo‘llaniladigan qurilish materiallari - mineral va polimer bog‘lovchilar, ular asosida tayyorlanadigan betonlar, qorishmalar, kompozitsion materiallar hamda tabiiy tosh materiallari, yog‘ochlar, metall buyumlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, binolar qurilishida muhim ahamiyat kasb etuvchi energiya samarali issiqlik izolyatsiyalovchi materiallar haqida tahliliy raa’ lumotlar yoritilgan. Ushbu o‘quv qo'llanma qurilish sohasidagi barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan ushbu soha muhandis-texnik xodimlari ham foydalanishlari mumkin. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qurilish sohasi ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun o‘quv qoMlanma sifatida tavsiya etilgan. О ‘quv qo ‘llanma О ‘zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus ta 'lim va- zirligining 2020-yil 30-iyundagi 359-sonli buyrug 'iga asosan nashr etishga rux- sat berilgan. ISBN 978-9943-6713-3-1 © « 0 ‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi» nashriyot matbaa birlashmasi, 2020. KIRISH » 0 ‘zbekiston Resnublikasida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning qabul qilinishi ta’lim tftimini qayta isloh etishni taqozo etadi. Shuningdek, Respublikamiz qurilish kompleksiga yuqori malakali yosh kadrlarni yetkazib berish bugungi kunning dolzarb masalasidir. Ma’lumki, qurilish industriyasini rivojlantirish, ya’ni yangi qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalami ishlab chiqarish bilan qurilish tizimini tubdan o‘zgartirish mumkin. «Qurilish materiallari» kursi quruvchi-muhandislami tayyorlash o‘quv rejasida arxitektura, qurilish konstruksiyalari, metall konstruksiyalari, qurilish jarayonlari texnologiyasi, bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi, qurilishni tashkil etish va qurilish iqtisodiyoti fanlari uchun bazaviy hisoblanadi. Matn qurilish sohasidagi ilmiy-texnik progresning asosiy yo‘nalishlari- ni hisobga olgan holda bayon qilingan. Atrof-muhitni muhofazalash, yoqilg‘i-energetik resurslami tejash va ikkilamchi mahsulotlami qo‘llash kabi qo‘yilgan vazifalarga mos ravishda sanoat chiqindilarining qo‘llanili- shi, shuningdek, qurilish materiallrini ishlab chiqarishda moddiy va mehnat resurslarini tejash, yoqilg‘i va energiya xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar keng yoritilgan. 0 ‘quv qo‘llanma, bo‘lajak mutaxassis an’anaviy va yangi qurilish materiallarini juda keng nomenklaturasining qo ‘llanilish sohasidagi murakkab vazifalarni mustaqil yechishi uchun uslubiy jihatdan qulay tuzilgan. Shuning uchun undagi materiallaming yoritilishi, material ichki tuzilishining va uni xossalarining umumiy bog‘liqligi bayon qilingan. Qurilish materiallarining sifati doim uning tuzilmasi bilan aniqlanadi. Shuning uchun, m aterialni oldindan berilgan xossalari bilan olish uchun, uning oldindan berilgan texnik xarakteristikasiga javob beruvchi tuzilmasini yaratish lozim. Bunday uslubiy asosda turli xil noorganik va organik qurilish materiallarini o‘rganish birlashtirilgan. Qurilish materialshunosligi o ‘ziga xos tarixga ega. Eng qadimgi va juda keng tarqalgan giltuproq asosidagi qurilish materiallari insoniyat tarixining ilk davridayoq ishlatilgan. Giltuproqdan pishirilgan g‘isht ishlab chiqarish tarixi 5 - 6 ming yilga teng. В ino va inshootlarni tabiiy tosh materiallaridan qurish antik dunyo tarixi bilan bogiangan. Misr piramidalari, Buyuk Xitoy devori, Rim Kolizeyi bunga yaqqol misol bo‘ladi. Tabiiy toshlarni maydalab, pishirib ohak, ganch, gips va sh.k. mineral bog‘lovchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bir necha ming yil avval yaratilgan. Shahrisabz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi tarixiy shaharlarimiz qurilishiga nazar tashlasak, shoh saroylari, madrasava masjidlar, qal’a devorlari, suv inshootlari tabiiy toshlardan, pishiq g ‘ishtdan bo‘lgan qorishmalar asosida terilib, barpo etilganini ko‘ramiz. Qadimdan qurilishda yog‘och materiallar sifatida eman, qarag‘ay, pixta, qayin, dub, buk, yasen, Markaziy Osiyoda esa terak, qayrag‘och, archa, yong‘oq, tut va tol kabilar ishlatilgan. Qurilish materiallari tarixida portlandsement va u asosida betonlar alohida o‘rin tutadi. Mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslar asosida ekologik toza qurilish materiallari ishlab chiqarish qurilish industriyasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Qurilish materialshunosligining dolzarb masalalariga yuqori sifatli, tannarxi arzon, mustahkam, umrboqiy, mahalliy xomashyo zaminida ishlab chiqarilgan ekologik buyumlar, qismlar, konstruksiyalarni tayyorlash va ishlatish sohalarini belgilash kiradi. 0 ‘zbekistonda ishlab chiqarilgan energiyaning 50 foizi yoki yiliga 17 million tonna neft ekvivalenti aynan binolaming energiya iste’moliga to‘g‘ri keladi. Shunga mutanosib ravishda pamik gazlarining 40 foizi binolarga xos jarayonlardir. Bu soha 0 ‘zR «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi, BMT ning rivojlantirish Dasturi va Global ekologik fond bilan hamkorlikda binolar energiya samaradorligi muammolari sohasida ustuvor dasturlami bajarmoqda. Ushbu muammoning asosiy yechimi issiqlik izolyatsiyasi materiallarini takomillashtirish, issiqlik-fizik xossalarini keskin yaxshilash, yangi turlarini ishlab chiqarishdir. Qurilish materiallari ishlab chiqishda kam energiya sarflash ham energiyani tejashning asosiy omili hisoblanadi. Global muammoning yechimida bo‘lajak arxitektor va quruvchilaming talabalik davridan e ’tiboran energiya samarador loyihalar yaratishga yo‘naltirish yaxshi natijalar beradi. Qurilish materiallari va buyumlariga qo‘yiladigan talablar davlat standartlarida (Dst), texnik shartlarda (Tsh), va boshqa me’yoriy hujjatlarda qayd etilgan. Standartlarda qurilish materiali haqidagi asosiy ma’lumotlar keltiriladi. Qurilish m e’yor va qoidalari (QMQ) quruvchilar uchun rasmiy hujjat hisoblanadi, unda unda asosiy qurilish materiallarining turlari va o ‘lchamlari, sifatiga qo ‘yiladigan talablar, qurilayotgan bino yoki inshootdan foydalanish sharoitlariga qarab materiallar tanlash va ishlatish bo‘yicha ko‘satmalar beriladi. 4 Download 232.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling