To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»


yonmaslik xususiyatidir. Bu jihatdan m ateriallar yonmaydigan, qiyin  yonadigan


Download 232.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/183
Sana31.01.2024
Hajmi232.63 Kb.
#1830696
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   183
Bog'liq
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev

yonmaslik xususiyatidir. Bu jihatdan m ateriallar yonmaydigan, qiyin 
yonadigan va yonadigan turlarga b o ‘linadi. Masalan, yonmaydigan
11
t


m ateriallarga beton, g ‘isht, p o ‘lat, granit va shu kabilar, qiyin 
yonadiganlariga asfalt-beton, fibrolit, ba’zi penoplastlar, shimdirilgan 
yog‘och va shu kabilar, yonadiganlariga yog‘och, gulqog‘oz, bitum, 
bo‘yoqlar va shu kabilar kiradi.
Materialni antipirenlar bilan shimdirib yoki qoplab yonish muddatini 
kechiktirish mumkin. K o ‘p yonmaydigan materiallar olov ta ’sirida 
yonmasa-da, kuchli deform atsiyalanadi (po‘lat), darz ketadi (tabiiy 
toshlar), sachrab sinadi (asbosement).
1.5. Qurilisb materiallarining mexanik xossalar 
1.5.1. 
Mustahkamlik
Materialga tashqi kuch ta’sir etganda, unda ichki kuchlanish (zo‘riqish) 
hosil bo‘ladi. Kuchlanish m a’lum qiymatga yetganda, material buziladi 
(sinadi, parchalanadi). M aterialning buzilishga qarshilik ko‘rsatish 
xususiyati 
mustahkamlik deyiladi. Materiallaming mustahkamligi, odatda, 
ulaming mustahkamlik chegarasi -
R orqali ifodalanadi. Mustahkamlik 
chegarasi deb, materialning eng katta kuch ta’sirida buzilgan vaqtida 
hosil bo‘lgan ichki kuchlanish a ga aytiladi. Bino va inshoot qismlarining 
mustahkamligini hisoblash davlat standartlari bo‘yicha ruxsat etilgan 
kuchlanish uning mustahkamlik chegarasi orqali ifodalanadi:
о =R/Z
rux
bunda: 
R - mustahkamlik chegarasi, MPa;
Z - mustahkamlikning ehtiyot (zaxira) koeffitsiyenti, kamida 2-3. 
Ehtiyot koeffitsiyentini aniqlashda quyidagilar hisobga olihadi:
a) tu zilish i bir jin s li b o ‘lm agan m ateriallar m ustahkam lik 
chegarasining yarmidayoq kuchsizlangan joyidan buzila boshlaydi; b) 
ko‘p materiallar kuch ta’sirida tez deformatsiyalanadi va mustahkamlik 
chegarasi ko‘rsatkichining 50-70 foizida darzlar hosil bo‘ladi; c) material­
ga qayta-qayta o ‘zgaruvchan dinamik kuch qo‘yilganda, u mustahkamlik 
chegarasiga yetmasdan buzilishi - «charchashi» tufayli buzilish deyiladi. 
Hozirgi vaqtda m ateriallam ing buzilish holatini hisoblashda ehtiyot 
koeffitsiyentlaridan foydalaniladi. Bunda ortiqcha yuk, materialning bir 
jinsliligi, inshootning ishlash sharoiti hisobga olinadi.

Download 232.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling