To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»
Download 232.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.3. Tabiiy tosh materiallari va buyumlari ishlab chiqarish 2.3.1. Qurilishda ishlatiladigan tog‘ jinslari Magmatik tog‘ jinslar.
2.2.3. Metamorfik tog‘ jinslar
Metamorfik jinslar tog1 jinslarini yeming chuqur qatlamlarida yuqori bosim va harorat ostida o ‘zgarishidan hosil bo‘lgan. Metamorfik jinslar strukturasi-teksturasi hosil b o iish id a bosimning yo‘nalishi katta rol o ‘ynaydi. Metamorfizm jarayoniga tog‘ jinslari tarkibidagi suv va karbon kislotalari katta ta’sir ko‘rsatadi. Metamorfik jinslarni hosil qiluvchi minerallarga magmatik jinslarda uchraydigan dala shpatlari, kvars, sluda, rogovaya obmanka, cho‘kindi jinslarga xos b o‘lgan kalsit, dolomit minerallari, maxsus metamorfik jinslar kiradi. 2.3. Tabiiy tosh materiallari va buyumlari ishlab chiqarish 2.3.1. Qurilishda ishlatiladigan tog‘ jinslari Magmatik tog‘ jinslar. Tog‘ jinslarining chuqurlikda hosil boMishi, ulaming zich, mustahkam, chiroyli teksturali bo‘lishini ta’minlaydi. Granit - kvars (25-30 foiz), dala shpati (ortoklaz, 35—40 foiz) va sludadan (5-10 foiz) iborat. U och kulrang, kulrang, pushti, qoramtir- qizil, sariq ranglarda tjp’iadi. Granitning siqilishdagi mustahkamligi - 120-250 MPa. U mo‘rt material bo‘lgani uchun uni zarbiy ta’sirlardan saqlash kerak. Granitning g ‘ovakligi 1,5 foiz atrofida, suv shimuvchanligi juda kichik (0,5 foiz hajm bo‘yicha). Granit oq, sariq, kulrang. pushti, qizil rangli bolib, teksturasi juda chiroyli bo‘ladi. Uning mustahkamligi, sovuqqa chidamliligi va yedirilishdagi qarshiligi yuqori bo‘lgani uchun bino sokollarida, fontan va qirg‘oq qoplamlarida, kislotaga chidamlilik talab etilgan joyda hamda yuqori mustahkamlikdagi beton tayyorlashda yirik to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Siyenit kaliyli (50-70 foiz) va natriyli (10-30 foiz) dala shpatlari, rangli minerallardan (10-20 foiz) tashkil topgan. Siyenit tarkibida kvars 22 (10-15 foiz) bo‘lsa, siyenit kvarsli siyenit deb yuritiladi. Siyenit pushti, kulrang, ko‘kimtir ranglarda bo‘ladi. Diorit dala shpati (45-50 foiz), kvars (20-25 foiz), rangli minerallardan iborat. Rangli minerallardan soxta muguz (роговая обманка) ko‘proq bo‘ladi. Diorit mustahkam (150-300 MPa), sovuqqa chidamli, zarb va yedirilishga qarshitigi yuqori jinsdir. Shu sababli koshinlashda, y o ‘l qoplamalarida va h ayki^roshlikda ishlatiladi. Gabbro dala shpati (plagioklaz), kulrang va qoramtir (avgit, olivin) mi nerallardan iborat. Gabbro zichligi 2,9-3,0 g/sm3, siqilishdagi mustahkam ligi 200-300 MPa. Gabbro jilolanganda juda chiroyli ko‘ringani uchun u koshinlashda ishlatiladi. Labrodorit- asosan dala shpati va labrodor mineralidan iborat bo‘lib, gabbroning bir turi hisoblanadi. U ko‘k, yashil, sariq va boshqa ranglarda bo‘ladi va jilolanganda toblanadi. Labrodorit koshinlashda, haykaltarosh- likda ishlatiladi. Porfirlar - mayda kristalli strukturada nisbatan yirikroq kristallar mavjudligi bilan xarakterlidir. Ular kvarsli va kvarssiz (dala shpati) xillari mavjud. Kvarsli porfirlar mineral tarkibga ko‘ra granitga yaqin bo‘lgani uchun uning xossalari granitnikiga o ‘xshaydi. Kvarssiz porfirlar tarkibi jihatidan siyenitga o‘xshaydi, ammo xossalari siyenitning xossalari kabi bo‘lmaydi. Porfirlar qizil, qo‘ng‘ir, kulrangida toblanadi, zichligi 2,4-2,5 g/sm3, siqilishdagi mustahkamligi 120-180 MPa. Ular bezak plitalari, yo‘l bordyurlarni tayyorlashda ishlatiladi. Andezit — plagioklaz, rogovaya obmanka, piroksenlar va biotitdan iborat, dioritning o‘xshashidir. Odatda, kulrang, sarg‘ish kulrang boMadi. Uning zichligi 2,7—3,1 g/sm3, siqilishdagi mustahkamligi 140-250 MPa. Andezit kislotaga chidamli plitalar, dispers to‘ldiruvchi- lar olishda ishlatiladi. Bazalt - zich, gohida porfirsimon strukturaga ega bo‘lib, gabbroning o ‘xshashidir. Uning zichligi 2,7-3,3 g/sm3 siqilishdagi mustahkamligi 110-500 MPa. Bazalt xarsangtosh, maydalangan holatda beton uchun to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Bazaltni yuqori haroratda eritib, juda nozik tolalar va ulardan issiqlik izolyatsiyalovchi matolar olish mumkin. Diabaz - gabbroning o‘xshashi bo‘lib, mayda kristall strukturalidir. Tarkibi plagioklaz va rangli (qora) minerallardan iborat. Diabaz mustahkam (300-400 MPa), zich material. 23 Pemza - g‘ovak vulkanik shisha, oq yoki kulrang bo‘ladi. G‘ovakligi 60 foiz, zichligi 2-2,5 g/sm3, o ‘rtacha zichligi 0 ,3 - 0,9 g/sm3 siqilishdagi mustahkamligi 2-4 MPa. Pemzadan issiqlik izolyatsiyalovchi, yengil betonlar uchun to‘ldiruvchi, sement va ohak ishlab chiqarishda gidravlik qo‘shimchalar olish mumkin. Vulqon tufi - vulqon kuli, pemza va boshqa jinslaming sementlashishi va zichlashishidan hosil boigan. Tuflar pushti, to‘q sariq, qizil, jigarrang bo‘ladi. Yetarli g‘ovakligi, mustahkamligi va chidamliligi ulardan issiqlik izolyatsiyasi materiallari olishga imkon beradi. Download 232.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling