To sh k ent te m ir y o ‘l m u h a n d is L a r iin s t it u t I 4 A. E. O d IL x o ‘jayev qurilish materiallari 5340200 «Bino va inshootlar qurilishi»
hosil boMadi. 2.5. Tabiiy tosh materiallari va buyumlarining turlari
Download 232.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Qurilish materiallari A.Odilхo\'jayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chaqiqtosh.
- Devor toshlari va plitalari.
hosil boMadi.
2.5. Tabiiy tosh materiallari va buyumlarining turlari Xarsangtosh. Massasi 20—40 kg. uzun tomoni 50 sm. bo ‘Igan noto ‘g - ri shakldagi tog' jinslari xarsangtosh deyiladi. Xarsangtosh portlatish usulida, plitasimon xarsanglar esa ponalar va urib harakatga keltiriladigan mexanizmlaryordamida hosil qilinadi. Xarsangtosh magmatik va cho‘kindi tog* jinslariga ishlov berib olinadi. Cho‘kindi jinslar tarkibida giltuproq va pirit qo'shilmalari bo‘lmasligi kerak. Xarsangtoshning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 10 MPa dan suvda yumshash koeffitsiyenti 0,8 dan kam bo‘lmasligi kerak. Xarsangtosh isitilmaydigan bino va inshootlar qurilishida, chiqindilari esa maydalanib boton uchun to‘ldirgich sifatida ishlatiladi. 27 f Shag‘al. Shag‘al cho‘kindi tog‘ jinslami elab fraksiyalarga ajratib, gil va changdan tozalash uchun yuvib olinadi. Chaqiqtosh. Xarsangtoshlami 5-70 mm. (150 mm. gacha) fraksiyada maydalab, chaqiqtosh olinadi. Mayda fraksiyadagi chaqiqtoshlami olish uchun xarsangtosh bir necha marta maydalanadi. Qum . Qum 0,15-5 mm. fraksiyadagi barcha tabiiy tosh materiallari ning qismidir. Qum tarkibida gil va chang miqdori me’yorlangan bo‘lib, m e’yor-dan o rtig‘i beton va qorishmalar xossalarini yomonlashtiradi. Shag‘al, chaqiqtosh va qum beton uchun to‘ldiruvchilar sifatida ishlatiladi. Bu materiallar tarkibida tabiiy radionuklidlar borligi haqida sertifikat bo‘lishi shart. Devor toshlari va plitalari. Devor toshlari va bloklari, asosan, tuf hamda g ‘ovak ohaktoshlardan mexanizmlar vositasida arralab layyorlanadi. Devor toshlari 390* 190* 188; 490x240* 188; 390x 190x288 mm. o ‘lcham- larda ishlab chiqariladi. Devorbop bloklar tuf, ohaktosh, dolomit, qumtosh, andezit kabi toshlardan hajmi 0,1 m3 kam bo‘lmagan holda tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir. Devor toshlari tashqi devor uchun o‘rtacha zichligi 2300 kg/m3 kam bo‘lgan tog‘ jinslaridan tayyorlanadi. Toshlaming suv shimuvchanligi 30 foizgacha, sovuqqa chidainliligi F 15. Plitalar qurilishda keng miqyosda ishlatiladi. Yuqori mustahkamlik, qattiqlik va sovuqqa chidam lilikka ega b o ‘lgan granitsim onlar va boshqa magmatik tog‘ jinslari monumental bino poydevorlarida, daryo qirg‘oqlarini mustahkamlashda, ko‘prik qoplamlarida ishlatiladi. Marmar, chig‘anoqli ohaktosh, gips, angidrit kabi toshlar asosidagi plitalar m a’muriy bino va inshootlaming ichki bezagi uchun ishlatiladi. Bino va inshootlaming tashqi bezagi uchun atmosfera muhitiga chidamli ohaktosh, dolomit, qumtosh, vulqon tuflari, marmar kabi tosh plitalar ishlatiladi. Tashqi bezak plitalari qalinligi 4-8 sm. ichki bezak plitalari qalinligi esa 1,2-4 sm. boiadi. Olmos arralar yordamida kesilgan 5-10 mm. qalinlikdagi tejamli tosh plitalar binolaming ichki bezagi uchun ishlatiladi. Granit, andezit, diabaz, kvarsit kabi kislotaga chidamli toshlar asosida gi plitalar kimyo sanoatida, mineral o‘g ‘itlarni saqlaydigan binolami va shu kabilar korroziyadan muhofaza etishda ishlatiladi. Bino va inshootlar pollari va zinapoyalarida ishlatiladigan toshlar bezak sifatidan tashqari, yedirilishga chidamli va sirpanmaslik talablariga 28 javob berishi kerak. Trotuar plitalari zich, sovuqqa chidamli qumtosh, gneys, ohaktosh Jcabi toshlardan tayyorlanadi. Ular tomonlari 20-80 sm., qalinligi 4-15 sm. bo‘lgan kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘ladi. Bruschatka va bqrt toshlari, asosan, zich, sovuqqa chidamli magmatik to g‘ jinslaridan m e)(anizatsiyalashgan usulda tayyorlanadi va y o ‘l qurilishida qoplama m a terial sifatida ishlatiladi. Bort toshlari balandligi 30-40 sm. eni va uzunligi turlicha bo‘lishi mumkin. Tabiiy toshlarni tashish hamda saqlashda ularni mexanik, ob-havo ta’sirlaridan asrash zarur. Ayniqsa, jilolangan plitalar tashilayotganda, tushirilayotganda ehtiyot choralari yuqori bo‘lishi kerak. Download 232.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling