Tog‘ jinslari massivining umumiy tabiiy va texnogen tuzilmaviy mexanik xususiyatlari Reja


Download 75.18 Kb.
bet7/13
Sana05.01.2022
Hajmi75.18 Kb.
#204101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Tog‘ jinslari massivining umumiy tabiiy va texnogen tuzilmaviy m

Tog‘ jinslarining petrografik xususiyatlari.

Tog‘ jinslarining xossalari ularning tarkibi va tuzulishiga bog‘liq. Tog‘ jinslari miryerallardan tashkil topadi. Bizga tabiatdagi 3000 ga yaqin miyerallar ma’lum. Biroq tog‘ jinslari tarkibidagi faqatgina 20 dan ortiq bo‘lgan tog‘ jinsi hosil qiluvchi minyeral deb ataluvchi va yer qobig‘ida ko‘proq tarqalgan minyerallargina muhim ahamiyatga ega.

Minyerallar odatda kimyoviy guruhlari bo‘yicha quyidagi tartibda ajratiladi:


  1. Sof tug‘ma elementlar (oltin Au, kumush Ag, mishyak As, oltingugurt S, surma Sb, olmos C va boshqalar)

  2. Sulfidlar (xalkozin Cu2S, sfalyerit ZnS, kinovar HgS, pirit FeS2 va boshqalar)

  3. Oksidlar (kuprit Cu2O, korund Al2O3, gematit Fe2O3, kvars SiO2 va boshqalar)

  4. Silikatlar (olivin (Mg,Fe)2[SiO4]; talk Mg3(OH)2Si4O10; muskovit KAl2(OH,F)2[AlSi3O10]; biotit K(Fe,Mg)3(OH,F)2[AlSi3O10]; syerpentin Mg6(OH)8[Si4O10]; kaolinit Al4(OH)8[Si4O10]; kaliyli dala shpati K[AlSi3O8] va boshqalar).

  5. Kislota tuzlari – sulfatlar (angidrit CaSO4; barit BaSO4), volframatlar (sheelit CaWO4), karbonatlar (kalsit CaCO3).

  6. Galoid birikmalar (flyuorit CaF2; galit NaCl; silvin KCl).

Minyeralogik tarkibi bo‘yicha tog‘ jinslari bir minyeralli va ko‘p minyeralli turlarga bo‘linadi. Bir minyeralli tog‘ jinslariga qumtosh, ohaktosh, marmar, gips va boshqalar misol bo‘ladi. Ko‘pchilik tog‘ jinslari ikkinchi turga mansub bo‘ladi.

Jins hosil qiluvchi minyerallarni ularning mexanik xususiyatlariga tegishli bo‘lgan, shuningdek turli ta’sir doirasi bo‘yicha bir nechta asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin:

a) kvarsli minyerallar - kvars, kremen, xalsedon va boshqalar;

b) silikatli minyerallar – dala shpati, amfibol, piroksen, slyuda va boshqalar;

v) karbonatli va loyli suv shimuvchi minyerallar - kalsit, dolomit, kaolinit va boshqalar;

g) engil yeriydigan minyerallar - gips, galit, silvin va boshqalar.

Kvarsli tog‘ jinslari (toshli qumtoshlar, kvarsitlar) eng katta mustahkamlik va egiluvchanlikka ega. Silikatli tog‘ jinslari yuqori mustahkamlikga ega. Biroq slyudali minyerallar tarkibi ortishi bilan mustahkamlik ko‘rsatkichi kamayadi. Tog‘ jinsida loyli va engil yeruvchan minyerallarning mavjudligi uning mustahkamligi va elastikligini keskin kamaytiradi.

Tog‘ jinslarining tuzulishiga uning o‘lchamlari, shakli, tarkibidagi minyeral zarralarning birikib o‘sishi va o‘zaro joylashish qobiliyati kiradi. Tog‘ jinslari tuzulishining asosiy omillaridan biri uning struturasi va teksturasidir.



Struktura deb minyeral agregatlarning tuzulishi, jumladan tog‘ jinslarining kristallashish darajasi (tog‘ jinsining kristall yoki amorf tuzulishi), o‘lchamlari, minyeral zarralarning shakli va ular orasidagi bog‘liqlik xossalari tushuniladi (2.1-jadval).

Tog‘ jinslarining strukturasi

2.1-jadval



Download 75.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling