Tog‘ jinslari massivining umumiy tabiiy va texnogen tuzilmaviy mexanik xususiyatlari Reja


Download 75.18 Kb.
bet4/13
Sana05.01.2022
Hajmi75.18 Kb.
#204101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tog‘ jinslari massivining umumiy tabiiy va texnogen tuzilmaviy m

Litosfyera tarkibi, tog‘ jinslarining umumiy tasniflanishi.

Umumiy holatda tog‘ jinslari o‘zini qattiq, suyuq va gazsimon fazalarni qamrab oluvchi ko‘p tarkibli turli jinslar tizimi bilan ifodalaydi. Suyuq va gazsimon fazalarning mavjudligi tog‘ jinslarida g‘ovakliklarni yuzaga keltiradi.

Geologik jarayonlarga bog‘liq ravishda tog‘ jinslarining bunday shakllanishi natijasida ular quyidagi uchta genetik guruhlarga ajratiladi: magmatik(otilib chiqqan), cho‘kindi va metamorfik.

Vulqon otilishi jarayonidayer yuzasiga otilib chiqqan (effuziv magmatik tog‘ jinslar) yoki yer qobig‘ida yerigan magmaning tarqalib kristallashishi va qotishi (intruziv magmatik tog‘ jinsi) natijasida shakllangan tog‘ jinslari magmatik tog‘ jinslari deyiladi. Bu tog‘ jinslari birlamchi hisoblanib, vujudga kelish vaqtida muhim o‘zgarishlarga bardosh byera olmaydi. Ularga granit, sienit, dunit, gabbro, bazalt, diorit va boshqalar kiradi.

Qumtuproq tarkibiga ko‘ra magmatik tog‘ jinslari o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

Nordon -  65% SiO2 - granit, liparit, kvarsli porfir.

O‘rtacha - 65-52% SiO2 - diorit, andezit, sienit, traxit.

Asosiy - 52-40% SiO2 - gabbro, diabaz, bazalt.

O‘ta asosiy - 40% SiO2 - pyeridotit, piroksenit, dunit.


Download 75.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling