Tog‘ jinslari massivining umumiy tabiiy va texnogen tuzilmaviy mexanik xususiyatlari Reja


Download 75.18 Kb.
bet5/13
Sana05.01.2022
Hajmi75.18 Kb.
#204101
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Tog‘ jinslari massivining umumiy tabiiy va texnogen tuzilmaviy m

CHo‘kindi tog‘ jinslarimagmatik tog‘ jinslari mahsulotlarining suv yoki havo ta’sirida (mexanik, kimyoviy yoki organik) parchalanib qatlamlanishi natijasida yuzaga keladi. Ularga ohaktosh, peschanik, trepel, tosh ko‘mir va cho‘kindi temir rudalari misol bo‘ladi.

Metamorfik tog‘ jinslari magmatik yoki cho‘kindi tog‘ jinslarining yuqori bosim, harorat va kimyoviy yeritmalar ta’siri ostida chuqur qayta shakllanishi natijasida yuzaga keladi. Ularning juda yorqin namoyondalariga kvarsit, slanets, gips, marmar va fillit misol bo‘ladi.

Geomexanikada echiladigan masalalar orasida tog‘ jinslarini bo‘laklari orasidagi bog‘liqlik xossalari bo‘yicha tasniflash eng maqbul deb qabul qilingan. Bu alomatlar bo‘yicha tog‘ jinslari quyidagi bir nechta sinflarga bo‘linadi:



  • qattiq , tog‘ jinslarini tashkil etuvchi qattiq minyeral bo‘laklari orasida o‘z shaklini saqlashni ta’minlovchi mustahkam aloqalar bilan bog‘langan. Ularga magmatik, sementlashgan cho‘kindi va metamorfik tog‘ jinslari mansub bo‘ladi. Bu sinfdagi tog‘ jinslari o‘zining mustahkamlik xossalaridan kelib chiqib qoyali va yarim qoyali guruhlarga bo‘linadi. Qoyali tog‘ jinslariga bir o‘q bo‘ylab siqilishga bo‘lgan mustahkamlik chegarasi 50 kg.kuch/sm2 dan katta mustahkam tog‘ jinslari kiradi. Suv bilan to‘yintirilganda bunday tog‘ jinslarining ilashish kuchlari yo‘qolmaydi. Qoyali tog‘ jinslariga granit, diabaz, bazalt, sienit, gneys, qattiq qumtosh va ohaktoshlarni misol qilib olish mumkin. YArim qoyali tog‘ jinslariga sementlashgan plastik bog‘langan va aniq qattiqlik tartibida namoyon bo‘ladigan tog‘ jinslari misol bo‘ladi. YUklamalar chegarasi birmuchncha ortganda bunday mustahkam bog‘lanishlar buziladi va maydalangan tog‘ jinslari qonuniyatlari asosida deformatsiya yuzaga keladi. Suv bilan to‘yintirilganda yarim qoyali tog‘ jinslarining ilashish kuchlari qoida bo‘yicha keskin kamayadi, ba’zida esa butunlay yo‘qoladi. Bunday tog‘ jinslariga zaif sementlashgan qumtosh, zaif ohaktosh, dolomit, myergel, qumli va loyli slanets, argillit va alevrolitlar misol bo‘ladi.


  • Download 75.18 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling