Tog‘ jinslarining asosiy xossalari
Download 33.14 Kb.
|
Tog‘ jinslarining asosiy xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tog‘ jinslari xossalarining tasniflanishi .
Aim.uz Tog‘ jinslarining asosiy xossalari Tog‘ jinslarining zichlik, mexanik va kon-texnologik xossalarini o‘rganish. Tog‘ jinslari xossalarining tasniflanishi. Reja: Tog‘ jinslari xossalarining tasniflanishi. Tog‘ jinslarining mustahkamlik xossalari. Tog‘ jinslarining mexanik xossalari. Tog‘ jinslarining kon-texnologik xossalari. Tog‘ jinslari xossalarining tasniflanishi. Tog‘ jinslarining fizikaviy xossalari miqdori, ularning er yuzi materiallarining shu qadar keng vujudga kelishi va boshqa ob’ektlar bilan ta’sirlashishidan hosil bo‘ladi. Biroq kon ishlar amaliyotining diqqat e’tibori, bu xossalardan tashqari zamonaviy konchilik texnologiyasi jarayonlari bilan bevosita bog‘langan. Geomexanikada birinchi navbatda, tog‘ jinslarining mexanik va mustahkamlik xossalari, shuning bilan birgalikda tog‘ jinslari massivida kuchlanishlarni aniq taqqoslash mumkin bo‘lgan kuchlanganlik holatlarini baholash yoki ularning ko‘rinish holati etarli darajada bo‘lishi aniqlash bilimlari talab etiladi. Bundan tashqari, tog‘ jinslarining ba’zi bir fizik xossalari mexanik va mustahkamlik xossalari ko‘rsatkichlari bilan etarli darajada chambarchas bog‘langan bo‘lishi mumkin. Faqat bunda ular namunalarda yoki massivda juda oddiy ravishda aniqlanadi. Tog‘ jinslarining fizik xossalarini tasniflashning asosiy omili sifatida, ayniqsa ularning xossalariga ta’sir etadigan tashqi maydon yoki ta’sirlashishlarni qabul qilish maqsadga muvofiq. Bu alomatlar asosida tog‘ jinslari fizik xossalarining quyidagi sinflari ajratiladi: mustahkamlik, mexanik, kon-texnologik, issiqlik, elektromagnit va radiatsion xossalar. 3.1-jadvalda tog‘ jinslari fizikaviy xossalarining tasniflanishi keltirilgan. 3.1-jadval Tog‘ jinslari fizikaviy xossalarining tasniflanishi
Download 33.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling