Togʼ jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari
Download 0.68 Mb.
|
Tog jinslarining fizik-mexanik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Togʼ jinslarining granulometrik tarkibi va solishtirma yuzasi
Neft va gaz konlari
Yer bagʼrida joylashgan tarkibida neft, gaz yoki kondensat boʼlgan uyumlar toʼplami neftli, gazli, gazneftli, gazkondensatli yoki neftgazkondensatli konlarni hosil qiladi. Kon atamasi toʼliq maʼnoda aniq joyni anglatmaydi U neft yoki gaz paydo boʼlgan joy boʼlib, neft va gaz migratsiya jarayonida oʼzining yoʼlida oʼtkazmaydigan tutqichni uchratishidir. Shuning uchun neft koni degan atama qoʼllanilganda neftning toʼplami tushuniladi. Neft va gaz konlari bitta emas, balki bir nechta uyumlarga ega boʼlishi mumkin. Yer bagʼrida 2 ta geologik tuzilma mavjud boʼlganligi uchun unga mos ravishda neft va gaz konlari ikkita guruxga ajratiladi. Birinchi guruxdagi konlarga – geosklinal (gumbazli) soxada shakllangan konlar, ikkinchi guruxdagi konlarga esa, platformali soxalarda shakllangan konlar mansub. Birinchi guruxdagi konlarga Shimoliy Kavkazdagi va Kavkaz togʼlarining Janubiy Sharqiy qismi, Qrim konlari, Sharqiy Karpat, Turkmaniston, Oʼzbekiston, Tojikiston va Saxalin orollaridagi konlar kiradi. Ikkinchi guruxdagi konlarga Volga, Ural regioni hamda Gʼarbiy Sibirdagi konlar kiradi. Togʼ jinslarining granulometrik tarkibi va solishtirma yuzasi Togʼ jinslarini granulometrik tarkibi undagi har xil kattalikdagi donalarni oʼlchamlari boʼyicha tarkibiy miqdoriga qarab belgilanadi. Gʼovaklik, oʼtkazuvchanlik, solishtirma yuza va gʼovaklik muhitining kapillyar xossalari togʼ jinslarining granulometrik tarkibiga bogʼliq. Аgar togʼ jinslari donalarining oʼlchamlari boʼyicha yaxlit holda joylashmagan boʼlsa, ular kichik gʼovaklik va oʼtkazuvchanlik koeffitsientiga ega boʼladi. Shuning uchun granulometrik tarkib gʼovaklik muhitining neft bilan tutashuvi umumiy yuzasini belgilaydi. Uyumlardan neft olish tugagandan keyin qatlam gʼovakliklarida neftning yupqa parda koʼrinishida qolib ketishi miqdori togʼ jinslarining granulometrik tarkibiga bogʼliq. Togʼ jinslarini granulometrik tarkibi elash va sedimentatsiya tahlili usullarida aniqlanadi. Elash usulida teshiklari oʼlchamlari 0,053 mm dan 3,36 mm gacha boʼlgan simli yoki ipli toʼrlarning jamlamasidan foydalaniladi. Elaklar biridan ikkinchisiga joylashtirilib, yuqoriga teshigi katta boʼlgan elak oʼrnatiladi. Yuqoridagi elakka 50 gr sochiluvchan togʼ jinsi toʼqiladi va 15 daqiqa davomida elakdan oʼtkaziladi. Undan keyin har bir elakda qolgan qoldiq togʼ jinslari tortiladi va natijalar jadvalda yoziladi. Togʼ jinslarini zarrachalarining oʼlchami katta oraliq chegaralarda oʼzgaradi. Togʼ jinslari donalarining oʼlchamlari boʼyicha quyidagi mexanik fraktsiyalarga ajratiladi: - galьka (mayda tosh) va щebenь (chakki tosh ) – 1 sm dan katta; - graviy – 1sm dan 2 sm gacha; - dagʼal qumlar - 2-mm dan 1 mm gacha; - yirik qumlar - 1mm dan 0,5 mm gacha; - oʼrtacha qumlar - 0,5 mm dan 0,25 mm gacha; - mayda qumlar - 0,25 mm dan 0,1 mm gacha; - yirik asfalьt - 0,1 mm dan 0,05 mm gacha; - mayda asfalьt - 0,05 mm dan 0,01 mm gacha; - loysimon zarralar - 0,01 mm dan kichik. Аmaldagi tadqiqotlar maʼlumotlariga koʼra, neft tarkibli togʼ jinslarining granulometrik tarkib 1 mm dan 0,01 mm gacha oʼlchamdagi zarrachalardan tuzilgan. Togʼ jinslari mexanik tarkibi boʼyicha turli xilligi gʼovak muhitning har xillik koeffitsienti bilan tavsiflanadi. Gʼovak muhitning bir jinsli boʼlmagan koeffitsienti deganda zarrachalar fraktsiyasidagi diametri qumning ogʼirligi boʼyicha zarralar fraktsiyasining diametri 60 %ni tashkil etuvchilarining hamda qumlarda ogʼirligi boʼyicha juda mayda zarralar fraktsiyasining 10 % ini tashkil etuvchilarining nisbati tushuniladi. Togʼ jinsi qum fraktsiyasida har xil oʼlchamli donalar qancha koʼp boʼlsa, bir jinslimaslik koeffitsienti shuncha yuqori boʼladi. Neft va gaz konlari togʼ jinslarining yotkiziqlarida togʼ jinsi donasining bir jinslimaslik koeffitsienti 1,1-20,0 oraliq chegarada oʼzgaradi. Togʼ jinslarining solishtirma yuzasi – togʼ jinsini tashkil yutuvchi zarrachalarning umumiy yuzasi boʼlib, birlik hajmidagi namuna yuzasigaga toʼgʼri keladigan kattalikdir. Uncha katta boʼlmagan oʼlchamdagi togʼ jinslari zarrachalarining yuqori zichlikda joylashuvida gʼovak muhitning umumiy sirt yuzasi katta oʼlchamni tashkil etadi. Masalan, toʼgʼri sferik shakldagi oʼlchamlari 0,2 mm boʼlgan zarrachalar donalarining 1 m3 dagi bir xil jinsli tarkibi solishtirma yuzasi 20276 m2 ni tashkil etadi. Neft mavjud boʼlgan togʼ jinsining oʼtkazuvchanligi, qoldiq suvlarning tarkibi, adsorbtsiya qobiliyati va boshqalar solishtirma sirt kattaligiga bogʼliq. Аgar gʼovak muhit katta solishtirma sirtga ega boʼlsa, suyuqlik sirti molekulalari soni ortadi va hajmiy molekulalar soni bilan tenglashadi. Shuning uchun gʼovak muhit oʼtkazuvchan togʼ jinslariga nisbatan suyuqlik sizilishi jarayoniga amaliy jixatdan taʼsir qiladi. Neft tarkibli togʼ jinslarining sizilish sirti solishtirma maydoni quyidagi formula yordamida aniqlaniladi: (3.5) bu yerda: - togʼ jinsining solishtirma yuzasi, m2/m3 ; m- gʼovaklik, birlik sonda; K- oʼtkazuvchanlik, m2. Neft konlaridagi togʼ jinslarining solishtirma yuzasi katta oraliqlarda- 40000 – 230000 m2/m3 oʼzgaradi, sirt yuzasi bu qiymatlardan katta boʼlgan togʼ jinslari kam oʼtkazuvchanlik xususiyatiga ega. Kam oʼtkazuvchan togʼ jinslariga loylar, loyli qumtoshlar, loyli slantslar va shunga oʼxshash jinslar kiradi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling