Tog’ jinslarining parchalanishi va deformatsiyalanish mexanizmi haqida umumiy ma’lumot


Download 60.97 Kb.
bet2/3
Sana28.12.2022
Hajmi60.97 Kb.
#1011007
1   2   3
Bog'liq
2-maruza materiallari (3)

Lahim atrofidagi noelastik deformatsiyalanish chegaralar parametrlarini

tajribada aniqlash usullari.

Noelastik deformatsiyalanish chegarasining tajribada aniqlanadigan asosiy parametrlariga massivdagi lahim konturi atrofida tarqalgan chegara chuqurligi va uning ichidagi tog‘ jinslarining tavsifi hisoblanadi.


SHuning uchun massiv ichidagi noelastik deformatsiyalanish chegarasi rivojlanishi darajasi haqida mulohaza yuritganimizda skvajina yoki shpurlar

devorlarini tekshirish uchun RVP toifali maxsus optik asboblar yordamida o‘rganish usullaridan foydalanamiz.
RVP toifali asboblar yordamida shpur yuzasiga nisbatan joylashgan darzliklarni aniqlash va ularning ochilish darajasini o‘lchash yoki skvajina devorlaridagi ochiq darzliklarni tahliliy qayd etish mumkin. SHuningdek maxsus moslamalar yordamida darzliklarni rasmga olish mumkin. Optik asboblar yordamida skvajinalar yoki shpurlar devorini tekshirish va darzliklarni qayd etish ishlari 15÷20 m gacha bo‘lgan chuqurliklarda olib borilishi mumkin. Bu usul ko‘p mehnat talab etishi bilan ajralib turishini, bundan tashqari uning natijalari devorning g‘adir- budirlik darajasiga juda ham bog‘liq ekanligini e’tiborga olish zarur.
Juda katta chuqurliklarda kuzatish ishlari olib borish zarur bo‘lganda skvajinali televizion qurilmalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ulardan biri quyidagi rasmda tasvirlangan.
Qurilma diametri 100÷200 mm bo‘lgan har qanday chuqurlikdagi skvajinalarda kuzatish ishlarini olib borish imkonini beradi. Bunda chuqurlik faqatgina kabel uzunligi bilangina chegaralanadi. Zaruriy hollarda ekrandagi tasvirlar rasmga olinishi imkoniyatlari ham mavjud. Tasvirga olish kamerasining optik tizimi aylanishi mumkinligi sababli skvajina devorining butun aylana qismini tasvirga olish mumkin.
Lahim ichidan skvajina burg‘ulanganda kern chiqishi va uning maydalanganlik darajasi bo‘yicha ham noelastik deformatsiyalanish chegaralarining rivojlanishi haqida muhokama yuritish mumkin. Biroq bu erda noelastik deformatsiyalanish chegarasi uzunligini aniqlashda kamchiliklar bo‘lishi mumkin. SHuningdek tog‘ jinsi massivining kuchlanganlik holati va burg‘ilash jarayonida kern butunligiga dinamik yuklama ta’sir etadi.
Lahim atrofidagi turli kuchlanganlik holati chegaralarining sonli tavsiflanishi, ayniqsa ularning vaqt bo‘yicha rivojlanish dinamikasi instrumental usullar yordamida olinadi va o‘z navbatida geometrik va fizik usullarga bo‘linadi.
Geometrik usulga tog‘ jinslarining massiv ichida va lahim atrofida mutloq va nisbiy siljishi (deformatsiyasi) ni o‘lchash kiradi.
Massiv ichidagi deformatsiya va siljishlarni er soti reperlari (2.1- a, rasm) yordamida aniqlash mumkin. Ularning konstruksiyasi, o‘lchash uslubi etarlicha ishlab chiqilgan va har qanday kon-geologik sharoitlarda keng qo‘llaniladi.
Yer osti reperlari kon lahimlariga maxsus burg‘ilangan skvajinalarga o‘rnatiladi. Odatda har bir skvajinaga er yuzasi bilan bog‘liq ravishda bir nechta egiluvchan (simli) yoki juda qattiq (shtoklar) er osti reperlari o‘rnatilishi mumkin. Yer osti reperlari o‘zida konstruksiyasiga mos bo‘lgan hamda skvajinaga sementlash yoki qattiq pona qoqib mustahkamlanadigan metal patrubka yoki yog‘och silindrlarni mujassam etadi. Bo‘sh tog‘ jinslarida o‘zida tashqi qismi egiluvchan elementlar bilan ta’minlangan, tog‘ jinsiga sim yoki shtanganlar bilan tortib mahkamlangan metall silindrlarni namoyon etuvchi langar ko‘rinishidagi reperlar qo‘llaniladi.

d

2.1-rasm. Er yuzasidan qazib o‘tilgan skvajinaga o‘rnatilgan er osti reperi (a), er osti reperlarining turlari (b, v, g) va shtrek atrofida noelastik deformatsiyalanish chegarasining vaqt bo‘yicha rivojlanishi (d) ni er osti reperlari yordamida qayd etish: a qoyali tog‘ jinslari massividan o‘tilgan qiya skvajinaga er osti reperlarini sementlash orqali mahkamlash; b sementlash orqali mahkamlangan metal er osti reperlari; v – pona qoqish vositalari yordamida mahkamlash yog‘och er osti reperlari; g zaif tog‘ jinslariga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan metal er osti reperlari; 1 – skvajina; 2 – er osti reperlari; 3 – er osti reperlarini er yuzasi bilan bog‘laydigan ingichka sim yoki tros; 4 skvajina yo‘naltirgichi; 5 asosiy kronshteyn; 6 - bloklar; 7 - yordamchi kronshteyn; 8 – qarama-qarshi yuklar; 9 – turg‘un nivelir reykasi; 10 – er osti reperi tanasi; 11 - rezinali qistirmalar; 12 er osti reperidan trosni o‘tkazuvchi trubkalar.


Tog‘ jinslarining lahim konturiga nisbatan siljishini er va ustki qatlam yoki lahimning yon devorlari juft reperlar va maxsus o‘lchovchi ustunlar (masalan SUI- P) yordamida soddalashtirilgan yonma-yon o‘lchash (konvergensiya) usulida aniqlanishi mumkin (2.2-rasm).


Juft reperlarni tik yotgan va vertikal qatlamlarni yoki ma’dan tomirlarni qazib olish sharoitlarida yonma-yon bo‘lgan atrof tog‘ jinslarini o‘lchash uchun qo‘llash qulay. Bu erda juft reperlar ochuvchi bloklar devorlariga ya’ni ma’dan tanasining ust yoki ost tomonlariga mahkamlanadi.
Tog‘ jinslari darzliklar ko‘rinishida parchalanadi va keyinchalik ularning ochilishi mayachkalar deb nomlanish yordamida qayd etiladi. Belgilangan joydagi tog‘ jinslari oralig‘ida ko‘rinadigan darzliklarning ochilishi davriy o‘lchanib boriladi.
Massiv konturidagi tog‘ jinslarining turli kuchlanish holati chegarasini boshqalaridan ko‘ra to‘liq va hajmli tasvirini shakllantirishni kuzatishning fizikaviy usuli ta’minlaydi. Bular asosida lahim o‘tish natijasida tog‘ jinslari massivining u yoki bu fizikaviy xossalarining o‘zgarish qonuniyatlari yotadi. Ularning jumlasiga radiometrik, elektrik, seysmoakustik va reometrik usullar tegishli bo‘ladi.
a

Download 60.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling