Tog usuli. Guidebook. Kirish
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
TOG o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xorijiy so’zlarni yodlash taktikasi.
- 1 - qadam. Chalg’ituvchi omillardan xalos bo’lish.
Yapon tili so’zlari № Yaponcha Talaffuz O‘zbekcha 1 Hachimitsu hachimitsu Asal 2 Konchu ko’nchu Hasharot 3 Asa asa Tong 4 Itsu Itsu Qachon 5 Otearai o’tearay Xojatxona 6 Gatsu gatsu Oy 7 Minna minna Hamma 8 Kutsu kutsu Tufli 9 Ao ao Ko’k 10 Te te Qo’l 11 Hito hito Odam 12 Nemasu Nemas Uxlamoq 13 Megane megane Ko’zoynak 14 Kusa kusa O’t 15 Kinou kinou Kecha 16 Kazoku kazoku Oila 16 Sakana sakana Baliq 17 Hatarakimasu hatarakimas Ishlamoq 18 Basu bas Avtobus 20 Nihon nihon Yaponiya 21 Kyou kyou Bugun 22 Okuni o’kuni Vatan 23 Nichiyoubi nichiyoubi Yakshanba 24 Kani kani Qisqichbaqa 25 Shokudai sho’kuday Oshxona 26 Ishya ishya Shifokor 27 Nekutai nekutay Bo’yinbog’ 28 Tamago tamago Tuxum 29 Arigatou arigato Rahmat 30 Hachi hachi Sakkiz 31 Hai hay Ha 32 Tanjyoubi tanjyo’ubi Tug’ilgan kun 33 Heya heya Xona 34 Ushi ushi Sigir 35 Neko neko’ Mushuk 36 Densha densha Poyezd 37 Ninjin ninjin Sabzi 38 Katatsumuri katatsumuri Shilliqurt 39 Ikimasu ikimas Bormoq 40 Tokidoki to’kido’ki Onda-sonda Yuqoridagi 40 ta so’zni TOG usuli orqali bog’lab, yodlab ko’rdingiz degan umiddaman. Agar so’zlarni yodlamagan bo’lsangiz, to’xtang va ortga qaytib yodlang! Yodlab bo’ldingizmi? U holda o’qishda davom etishingiz mumkin. Xorijiy so’zlarni yodlash taktikasi. Ko’pchilik xorijiy so’zlarni yodlashga o’tiradi va 5 daqiqa shug’ullanganidan so’ng, chalg’ib so’z yodlagisi kelmay qoladi. Shu narsani oldini olish maqsadida biz hozir sizga dangasalikni yengish uchun sifatli qurol, “Pomidor” usulini berib o’tamiz. Hozir metod haqida batafsil ma’lumot berib o’tamiz. Ushbu metodni istalgan ishni bajarish uchun ishlatish mumkin, jumladan xorijiy so’zlarni yodlashga ham. Pomidor metodi 1980-yillarda Franchesko Chirillo ismli talaba tomonidan o’ylab topilgan bo’lib, dangasalikni yengishdagi eng samarali va mashhur usullardan biri hisoblanadi. Pomidor usulini ishlatish algoritimi quyidagicha: 1-qadam. Chalg’ituvchi omillardan xalos bo’lish. Bu bosqichda barcha chalg’ituvchi omillar bartaraf qilinishi lozim. Chalg’ituvchi omillarga oila a’zolari, telefon, shovqin va shu kabi ish jarayonida sizni chalg’ishga sabab bo’luvchi narsalar kiradi. Bu bosqichda uydagilar ogohlantiriladi, telefonlar o’chiriladi yoki avtopilot rejimiga qo’yiladi. Chunki bu usulning asosi konsentratsiyani bir joyga jamlab ishlash hisoblanadi. Ushbu bosqich o’ta muhim. Hayotning shunday bir achchiq haqiqati bor: bo’sh vaqtingizda, sizni hech kimga keragingiz yo’q, ammo endi nimadir qilaman deganingizda hammaga kerak bo’lib qolasiz. Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling