O’rta miya ko’ruv bo’laklari deb ataladigan bir juft bo’rtma bilan qoplangan. O’rta miya yaxshi rivojlangan, lekin oldingi miya yarim sharlariga nisbatan ancha kichik.
Bosh miyaning to’rtinchi bo’limi-miyacha juda yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, oldingi tomondan o’rta miya, keyingi qismi bilan uzunchoq miyaning ustiga joylashgan bo’ladi.
Uzunchoq miya bosh miyaning oxirgi bo’limidir. Bosh miyaning bo’limi ustki tomonidagi rombsimon chuqurcha deb ataluvchi to’rtinchi miya qorinchasi aniq ko’rinib turadi. Bu chuqurcha odatda qon tomiriga boy parda bilan qoplangan. Uzunchoq miya to’g’ridan-to’g’ri orqa miya bilan qo’shilib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |