Tog’ayli baliqlarning tashqi va ichki tuzilishi


Download 163.16 Kb.
bet8/9
Sana09.01.2022
Hajmi163.16 Kb.
#258805
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1,4

Bosh miya nervlari. Akulasimon baliqlar bosh miya bo’limlaridan bir-biriga simmetrik joylashgan o’n juft bosh miya nervlari chiqadi. Bosh miya nervlari odatda ikki nom-tartib raqamlari va o’z nomlari bilan belgilanadi.

Orqa miya nervlarining orqa va qorin butoqlari har ikki tomondan juft-juft bo’lib birlashib umumiy aralash nervni hosil qiladi. Har bir juft nerv o’ziga tegishli segmentlarni innervatsiyalaydi. Akulalarda juft suzgich qanotlar rivojlanganligi munosabati bilan yelka va bel-dumg’aza nerv chigali hosil bo’ladi. Bu nerv chigallari bir qancha nervlarning qo’shilishidan hosil bo’lgan va tegishli juft suzgich qanotlarga boradigan umumiy stvol (tana)dan iborat.

Umurtqali hayvonlarning ko’z soqqasini 6 ta muskul (1, 2, 3, 4, 5, 6) harakatlantiradi, ular bir uchi bilan ko’z kosasining devoriga, ikkinchi uchi bilan esa ko’z soqqasining ma’lum joyiga birikadi. Ularning to’rttasi (3, 4, 5, 6) yuqorigi, pastki, ichki va tashqi to’g’ri muskullar, 2 tasi esa (1, 2) yuqorigi va pastki qiya muskullar deb ataladi. Bu muskullarni III, IV va VI juft nervlar innervatsiyalaydi.

Ayirish organi. Barcha tuban umurtqalilarnikiga o’xshash akulalarda ham birlamchi buyrak – mezonefros bo’ladi. U ikkita uzunchoq tanacha shaklida bo’lib, umurtqa pog’onasining ikki yonida tana bo’shlig’ining deyarli ko’krak suzgichlari atrofidan to kloakasigacha cho’ziladi. Har buyrakdan bittadan ingichka siydik yo’li chiqadi. Siydik yo’llari urg’ochilarida siydik so’rg’ichining va erkaklarida siydik-jinsiy so’rg’ichining tepasidan o’tib kloakaga ochiladi (18-19-rasmlar).


Download 163.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling