To`G`ri chiziq tenglamalari
Download 56.98 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-§. To`g`ri chiziqning umumiy tenglamasi.
- 2-§.To`g`ri chiziqning burchak koeffitsiyentli va boshlang`ich ordinatali tenglamasi.
To`g`ri chiziq tenglamalari Reja: 1. To`g`ri chiziqning umumiy tenglamasi. 2. To`g`ri chiziqning burchak koeffitsiyentli va boshlang`ich ordinatali tenglamasi. 3. To`g`ri chiziqning kesmalar bo`yicha tenglamasi. 4. Berilgan nuqtadan berilgan yo`nalish bo`yicha o`tadigan to`gri chiziq tenglamasi. 5. Ikki nuqtadan o`tuvchi to`g`ri chiziq tenglamasi. 6. Ikkita to`g`ri chiziqning perpendikulyarlik sharti. 7. Ikkita to`g`ri chiziq orasidagi burchak . 8. Berilgan nuqtadan berilgan to`g`ri chiziqqacha bo`lgan masofa. 1-§. To`g`ri chiziqning umumiy tenglamasi. Agar tekislikda ixtiyoriy dekart koordinatalar sistemasi olingan bo`lsa, u holda X va Y o`zgaruvchi koordinatalarga nisbatan birinchi darajali har qanday Ax+By+C=0 (1) tenglama koordinatalar sistemasida to`g`ri chiziqni aniqlaydi, bu yerda A va B lar bir vaqtda nolga teng emas. Teskari tasdiq ham o`rinli: dekart koordinata sistemasida har qanday to`g`ri chiziq (1) ko`rinishida birinchi darajali tenglama orqali tasvirlanishi mumkin. (1) tenglama to`g`ri chiziqning umumiy tenglamasi deyiladi. (1) tenglamaning xususiy hollarini quyidagi jadvalda keltiramiz.
2-§.To`g`ri chiziqning burchak koeffitsiyentli va boshlang`ich ordinatali tenglamasi. To`g`ri chiziqning Ox o`qqa og`ish burchagi deb, absissalar o`qini berilgan to`g`ri chiziq bilan ustma –ust tushishi uchun musbat yo`nalishda burish kerak bo`lgan eng kichik burchakka aytiladi. Istalgan to`g`ri chiziqning yo`nalishi uning burchak koeffitsenti k bilan xarakterlanadi, u to`g`ri chiziqning Ox o`qqa og`ish burchagi y ning tangensi kabi aniqlanadi, ya`ni k=tgy Ox o`qqa perpendikulyar bo`lgan to`gri chiziq bundan istisno, chunki uning burchak koeffitsenti yo`q. Burchak koeffitsenti k bo`lgan va Oy o`qni ordinatasi (boshlang`ich ordinata) k ga teng bo`lgan nuqtada kesib o`tadigan to`g`ri chiziqning tenglamasi ushbu ko`rinishda bo`ladi (5-chizma): y=kx+b. Umumiy tenglamasi Ax+By+C=0 bilan berilgan to`g`ri chiziqning burchak koeffitsenti y ning x orqali ifodasida x oldidagi koeffitsent kabi topiladi: . Ikkita nuqtasi A(xA;yA) va B(xB;yB) bilan berilgan to`g`ri chiziqning burchak koeffitsenti k ushbu formula bo`yicha hisoblanadi: (2) Download 56.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling