To’g’ri tirnoqli birikmalar


-rasm. Tirnoq andazalari va ko’p chizg’ichli xatkash


Download 284.5 Kb.
bet2/3
Sana04.04.2023
Hajmi284.5 Kb.
#1326194
1   2   3
Bog'liq
To‘g‘ri tirnoqli birikma hosil qilishni o‘rganish.

45-rasm. Tirnoq andazalari va ko’p chizg’ichli xatkash:
a-dastabet andazasi; b-to’g’ri tirnoq andazasi; v-qaldirg’och quyruq andazasi; g- ko’p chizg’ichli xatkash.



46-rasm. Bir tirnoqli va ko’p tirnoqli maxfiy va yarim maxfiy birikmalar:
a,g — maxfiy, b, v — yarim maxfiy.

Buning uchun birikmaning chokiga ham «bet» dan, ham orqadan arra qo’yiladi (arralanadi).


Birikma hosil qilishni bir necha bor mashq qilinadi.
Ikki tirnoqli birikmalarda har bir tirnoqning qalinligi brusok qalinligining ( ) qismiga teng qilib chiqariladi, quloqlar unga moslab ochiladi.
Ikki tirnoqli birikmalar hosil qilishda birinchi navbatda tirnoqlar chiqariladi. So’ng tirnoqlarga moslab quloq o’rinlari rejalanadi.
Ko’p tirnoqli birikmalarda ham oldin tirnoqlar chiqarilib, so’ngra ular asosida kuloq o’rinlari rejalanadi.Ikki tirnoqli va ko’p tirnoqli birikmalarda ikki cho’pli xatkashlar yordamida rejalash mumkin emas. Ular uchun maxsus ko’p chizg’ichli xatkashlar tayyorlanadi yoki andazalardan foydalaniladi.
Bir tirnoqli maxfiy yoki yarim maxfiy birikmalarda quloq o’rnida uya yoki teshik ochiladi. Buning natijasida tirnoq butunlay ko’rinmaydi yoki tirnoqning uch qismigina ko’rinadi. Shunga ko’ra maxfiy tirnoqli birikmalarda uya (brusokning eniga qarab) brusok enining ( ) yoki ( ) qismigacha o’yilib, tirnoqning uzunligi unga moslab chiqariladi.
Tirnoqli birikmalar hamma vaqt elimlab biriktiriladi. Ayrim hollarda birikmaning puxtaligini oshirish uchun unga yog’och mix qoqiladi yoki uning sifatiga qarab ichki yoki tashqi tomonidan po’lat burchaklik yoki fanerdan tayyorlangan uchburchaklik mixlanadi.
Porsi usulida bog’lash
Duradgorlik buyumlarining sifatini oshirish maqsadida, ko’pincha, detallarning «bet» qismlari yoki birikma ustidan mixlanadigan (qoplanadigan) chaspaklarning tirnoq va quloqlari porsi usulida (45° burchak ostida) biriktiriladi. Bunday detallarning «bet» qismlariga chorafzal randalar yordamida har xil gullar chiqarilgan yoki faska olingan bo’ladi. Ular to’g’ri burchak hosil qilib biriktirilsa, gullar yoki faskalar bir-biriga mos kelmay birikmaning sifati buziladi. Porsi usulida bog’lashda qismlar bir-biriga tirnoqsiz yoki tirnoqli qilib biriktirilishi mumkin.


Download 284.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling