To’g’ri/Noto’g’ri


Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning


Download 31.9 Kb.
bet3/4
Sana05.11.2023
Hajmi31.9 Kb.
#1749447
1   2   3   4
Bog'liq
Imtixon3 (1)

6. Iqtisodiy tizimning qaysi nusxasi (modeli)da xususiy mulkning
ustunligi va boshqarishning bozor mexanizmi ta’-minlanadi?
a) buyruqli iqtisodiyotda;
b) sof kapitalizmda;
c) aralash iqtisodiyotda;
d) an’anaviy iqtisodiyotda;
e) yuqoridagilarning barchasida.

7. Iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari,
xo‘jalik yuritish mexanizmlari va iqtisodiy muassasalarning o‘zaro
uzviy bog‘liqlikda tarkib topgan yaxlit tuzilmasi qanday nomlanadi?
a) iqtisodiyot;
b) iqtisodiy tizim;
c) iqtisodiy tizim modeli;
d) jamiyat;
e) xo‘jalik.
8. Iqtisodiy tizimning quyidagi tarkibiy qismlaridan qaysi biri
uni davlat tomonidan tartibga solish zarurligini anglatadi?
a) iqtisodiy munosabatlar;
b) texnologiya;
c) ishlab chiqarishning tabiiy va iqtisodiy shart-sharoitlari;
d) xo‘jalik yuritish mexanizmi;
e) iqtisodiy siyosat.
9. Ishlab chiqarish vositalari va ularni harakatga keltiruvchi
ishchi kuchi birgalikda nimani tashkil qiladi?
a) iqtisodiy munosabatlarni;
b) ishlab chiqarish texnologiyasini;
c) ishlab chiqaruvchi kuchlarni;
d) xo‘jalik yuritish mexanizmini;
e) iqtisodiy tizimni.
10.Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ishlab chiqaruvchi kuchlar va iqtisodiy munosabatlar mavjudligi turining birligi
nimani tashkil qiladi?
a) ishlab chiqarish vositalarini;
b) ishlab chiqarish usulini;
c) jamiyat ustqurmasini;
d) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani;
e) iqtisodiy tizimni.
11. Ishlab chiqarish usuli va jamiyatdagi mavjud ustqurma
birgalikda nima deb ataladi?
a) iqtisodiy tizim;
b) xo‘jalik yuritish shakli;
c) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya;
d) milliy xo‘jalik;
e) iqtisodiyot.
12. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, bu ...
a) davlat mulkini fuqarolarga sotish;
b) davlat mulkini imtiyozli bo‘lib berish;
c) davlat mulkini nodavlat mulk va boshqa xo‘jalik yuritish
shakllariga aylantirish;
d) davlat mulkini xususiy mulkka aylantirish;
e) davlat mulkini yuridik shaxslarga sotish.

Download 31.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling