To'g'risidagi dastur doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar sanoatda tarkibiy tub o'zgartirishlar jarayonini chuqurlashtirish imkonini berdi


Download 0.79 Mb.
bet6/25
Sana28.10.2023
Hajmi0.79 Mb.
#1729099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
karbamid donadorlash Vaisova

«Stamikarbon» (Gollandiya) usuli shunga asoslanadiki, bunda retsir-kulyasiya qilinayotgan ugleammoniy tuzlari eritmasini xosil qilish birinchi bosqich distillyasiyada bosim ostida amalga oshiriladi. Bu esa reaktorga qaytarilayotgan aralashmada suv miqdorini kamaytirish imkonini beradi. Bu esa Miller texnologiyasiga nisbatan karbamidning solishtirma miqdorini ko‘paytirish imkonini beradi. «Stamikarbon» (Gollandiya) texnologiyasi bo‘yicha karbamid ishlab chiqarishning texnologik rejimi: bosim 19 ÷ 20 mPa, xarorat 180 ÷ 1900C, NH3 : CO2 : H2O mol nisbati 3,8 - 4,0 : 1 : 0,5 - 0,6.
Birinchi va ikkinchi distillyasiya uzellarida (12 ÷ 14 va 16 ÷ 19) bosimiga mos xolda 1,7 ÷ 1,8 va 0,2 - 0,3 mPa, xarorat 1600C va 1400C, ammiakni ulerod (IV) - oksididan yuvish va (ugleammoniy tuzlari eritmasi) hosil qilish yuvish kalonnasi va kondensatorda olib boriladi. Ammiak qurilmada kondensatlanadi vassiklga aralashtirgich orqali qaytariladi. Shu qurilmaga ugleammoniy va uglerod (IV) - oksidi xam beriladi. Karbamid eritmasi vakuum - bug‘latgichda 72 ÷ 74% gacha bug‘latilib, so‘ngra ikki bosqichli qoldiq bosimi 4 ÷ 5 kPa bo‘lgan bug‘latish sistemasida 99,7 ÷ 99,8% gacha bug‘latiladi.
Bug‘latilgan eritma nasos orqali donadorlash minorasiga beriladi. So‘ngra eritma akustik tebranma granulyator yordamida minora kesim yuzasi bo‘ylab sochib beriladi. Pastdan havo yuboriladi. Havo yordamida karbamid donador xolatiga o‘tadi. Xosil bo‘lgan donador karbamid sovitish uchun minoraning pastki qismida joylashgan mavxum qaynash qatlam qurilmasiga beriladi va 40 - 500C xaroratgacha sovitilgan donador karbamid omborga yuboriladi. Donadorlangan karbamid GOST 2081 - 75 talablariga to‘liq javob beradi. SHarbat kondensati ammiak va uglerod (IV) - oksididan absorbsiya – desorbsiya uzelida tozalanadi. Gaz faza (NH3, CO2, N2O) sistemaga kondensator orqali qaytariladi.

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling