Tohir malik shaytanat qissa
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 1- kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- XII b o b 1
www.ziyouz.com kutubxonasi 110 hech kim Jalol Komilovni eslolmaydi. Komilovni hatto brigada boshlig‘i ham tanimadi. Bu Zohid uchun ajablanarli hol emas edi. Chayqovchi yoki imorat ustalari mana shunday bir yerga ilinib olishadi. Birov surishtirsa — ishlaydi, «jamiyatning faol a’zosi». Shunday qilinmasa, «tekinxo‘r» degan tavqi la’natga qolishadi. Zohidga bir narsa qorong‘i— kim bu, Komilov, chayqovchimi, imorat ustasimi... Yo boshqa bir firibgarmi? 3 Zohid Jalolshilimshiqning uyini qiynalmay topdi. Xalqda «dvoryanlar uyasi» deb nom olgan, ikki qavatli g‘ishtin uylardan biri Komilovlarga tegishli edi. Otasi olti yil muqaddam bu dunyo tashvishlaridan qutulib ketgan ekan. Onasi — ellik yoshlarga borgan, faqat bu dunyo bilan emas, balki go‘zalligi bilan ham xayrlashishga shoshilmayotgan ko‘hlikkina ayol edi. Dahlizda kiyim ilgich yonida ikkita pastak kursining biriga Zohid o‘tirdi. Ikkinchisini mezbon egallab, «eshitaman», deganday qoshlarini chimirdi. — Jalol Komilov sizning o‘g‘lingizmi? — deb so‘radi Zohid. — Ha... shunaqa desa ham bo‘ladi, — dedi ayol, chimirilgan holda. — Tushunmadim, — dedi Zohid, — o‘gaymi yo boqib olganmisiz? — O‘zimniki... o‘zim tuqqanman. Lekin meni tashlab ketgan. Tirikmi yo o‘likmi, bilmayman, — ayol afsuslanganday xo‘rsindi. — Ochig‘i, qamoqdadir deb yuruvdim. Surishtirib yurganingizga qaraganda endi qamalsa kerak? U... qaysi statya bilan ayblanayapti? Zohid uning savoliga javob bermadi. Ayolning gaplaridan g‘ashi kelganini yashirmay, savolga tutdi: — Uni oxirgi marta qachon ko‘rgansiz? — Esimda yo‘q. Harholda o‘n yildan oshdi. O‘zi unga nima bo‘ldi, aytsangiz-chi? — O‘n yil davomida «o‘g‘lim qaerda ekan», deb qidirib ko‘rmadingizmi? — Qaerdan qidiraman? Ayol: «O‘g‘lim sha’nimga dog‘ tushirdi, katta mansablarni egallab o‘tirgan odamning bolasi o‘g‘ri, sayoq bo‘lishi mumkinmi? U emas, men undan tonganman. Yo‘qolib ketganidan hatto mamnun edim», desa haqiqatni aytgan bo‘lardi. Jalolshilimshiq qamalganida ayolning ko‘ziga dunyo qorong‘i ko‘rinib ketdi. O‘sha damlarda el og‘asi Ayolning husnini e’tibordan chetda qoldirmay, «feodalizm sarqitlariga ayovsiz kurash ochib, ayollarni rahbar vazifalarga dadil ko‘tarish» masalasini hal qilayotgan edi. Bu masalaning yechimi ijobiy hal bo‘ldi, o‘g‘li ham qamoqdan qaytarildi, ammo to‘g‘ri yo‘lga qaytmadi. Qaytishi mumkin emas ham edi. Harom ishlar bandalardan pinhon tutilishi mumkin, ammo shayton yetaklab borayotgan bandaning har bir odimi o‘lchog‘li, har bir nojo‘ya qadami uchun jabr tortishi aniq. Ikkinchi bolasini oldirib tashlagan, qornini mahkam bog‘lab yurib qad-qomatini saqlab qolgan Ayol onalik baxtini asrab qololmadi. O‘g‘li ketar mahalida «Men sizlardan nafratlanaman, sizlar nopok odamsizlar!» demadi. Jalolshilimshiq bunday yuksak tuyg‘ulardan yiroq edi. «Men qanday xohlasam, shunday yashayman, ishingiz bo‘lmasin», dediyu g‘oyib bo‘ldi. Er-xotin orasida mashmasha qo‘zg‘olganida Ayol eriga shunday derdi. Buni qo‘shni xonada yolg‘iz o‘tirgan Jalol eshitardi. Uydan chiqib ketayotganida Jalol buni piching tarzida aytmadi. Ayol «o‘zimning gapim bilan o‘zimga tarsaki urdi», deb ham qayg‘urmadi. «Mayli, o‘zicha bir yashab ko‘rsin. Burnini tortib, chorig‘ini sudrab qaytib keladi», deb ishondi. Kutgani bo‘lmadi. «Davlat ahamiyatiga molik ishlar»ga sho‘ng‘ib ketib, o‘g‘lini ko‘pam eslamadi. Hatto uyini o‘g‘ri urib ketganidan keyin ham yodga olmadi. O‘g‘riboshi o‘g‘li ekani ham xayoliga kelmadi. Milisa Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 111 chaqirtirmadi, iskovich it uyini hidlamadi. U «shuncha boylikni qaerdan to‘plagan edingiz» degan savoldan cho‘chidi. Yillarning beshafqat panjalari sochlarini oqqa bo‘yab, ko‘zlari atrofiga ajin torta boshladi. «Feodalizm sarqitlariga qarshi kurashayotgan» el og‘asi «yangi rahbar kadrlar» bilan band edi. Ayol erini dafn etgach, yolg‘izlik degan dardning nima ekanini totib ko‘rdi. Kechalari qo‘rqadigan bo‘ldi. Bu azoblardan qochish uchun xizmat safariga ko‘p chiqa boshladi. Bu harakat «ishga sidqidildan berilish», deb baholandi. Zohidning omadi bor ekan. Ayol safardan qaytganida uni uchratdi. Zohid bu voqealardan bexabar, ammo onalik tuyg‘usidan mahrum ayollar u uchun yangilik emasdi. Jinoyat qidiruv bo‘limida xizmat qilib yurganida aksar o‘g‘ri bolalarning onalari shunday edi. Biroq, ro‘parada qoshlarini chimirib o‘tirgan chiroyli ayol ulardan farq qiladi. O‘g‘ri bolalarning onalari arog‘ini ham yashirmay ichardi, fahsh ishlarini ham ochiqchasiga qilardi. «Uyat emasmi?» deyilguday bo‘lsa, «Badan meniki, istagan odamga, istagan pulga sotaman, nima ishing bor!» deb dangalini aytib qo‘ya qolishardi. Jalolshilimshiqning onasi esa o‘zini farishtaday pokiza qilib ko‘rsatadi. «Pokizalik, odamiylikning yuksak normalari» haqida ma’ruzalar qiladi. Odamlar ma’ruzalarini eshitib, qarsaklar chaladilar... — Qaerdan qidirishingizni bilmasmidingiz? — Menga qarang, uka, bunaqa ilmoqli savollarni boshqa odamlarga tashlang. Sizga ruxsat, — ayol shunday deb o‘rnidan turdi. — O‘g‘lingiz... Jalol Komilov ikki kun avval o‘ldirilgan... vahshiylarcha o‘ldirilgan, — dedi Zohid, keyingi gapiga ataylab urg‘u berib. Bu gap ayolning onalik tuyg‘usini qitiqlab uyg‘otdi. Biroq kul ostidagi cho‘g‘ alanga olmadi. Chunki ayol yuksak madaniyat sohibasi edi. Bu gapdan dahshatga tushmadi, uvvos tortib yig‘lab yubormadi. Indamay burildi-da, katta xona tomon yurdi. Qiya ochilib qolgan eshikdan cho‘g‘dek qizil gilamning, oltin rangli mato qoplangan divanning bir cheti ko‘rindi. Ichkarida gugurt chaqildi — Ayol sigaret tutatdi. Yuksak madaniyatli ayol Zohidda nafrat uyg‘otdi. U chiqib ketaversa ham bo‘lardi, ammo ko‘ngilga bir shumlik oralab, ayolning chiqishini kutdi. Ayol hayallamadi, qo‘lida tutayotgan sigareti bilan chiqdi: — Kim o‘ldiribdi, ushladinglarmi? — dedi titroq ovozda. U dardga berilgan holda ham hokimalik minorasidan pastga tushmagan edi. Zohid savolga javob bermay, cho‘ntagidan surat chiqarib Ayolga berdi. Ayol daraxtga osib qo‘yilgan yalang‘och murdani tanidi. Shu nafasda yuksak madaniyat chekindi, hokimalik minorasidan tushib, oddiy ayolga aylandi — ko‘z oldi qorong‘ilashdi. Zohid behush ayolni ko‘tarib, hashamatli xonaga kirdi. Uni divanga yotqizib, oshxonadan suv olib chiqib yuziga sepdi. Ayol seskanib, ko‘zini ochdi. Zohidga uzoq tikildi-da: — Berahm ekansan, — dedi pichirlab. Keyin buyurdi. — 33-19-23 ga telefon qil, tez yordam yetib kelsin. Zohid «bu madaniyat sohibasi yana o‘lib qolmasin», deb aytganini bajo qildi. «Tez yordam» Zohidni hayratga solib, tezlik bilan yetib keldi. Oq xalatli to‘rt ayol birdaniga kirib kelib, gap-so‘zsiz tez ishga kirishib ketishdi. Zohid ularning harakatlarini kuzatib, bu uyga tez-tez kelib turishlarini angladi. Birpasning o‘zida yurak urishi tasmaga tushirildi. Emlandi... «Shunaqa imtiyozlar borligi uchun ham odamlar mansab talashishadi-da», deb o‘yladi Zohid. — Bir oz charchabsiz, o‘tib ketadi, — dedi do‘xtir xotin. — O‘tib ketishi qiyin. Bu safar yomon keldi. Hushimdan ketib qoldim. Statsionarga yotmasam bo‘lmaydi. Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 112 Do‘xtir mansabdorlarning shifoxonasiga telefon qilib bo‘sh joy borligini bilgach, «o‘zingiz yura olasizmi?» deb so‘radi. Ayolning «oyoqlaridan jon chiqib ketganini» eshitib, uzun zambilni keltirtirdi. Zambilning bir uchidan Zohid ko‘tardi. «Og‘ir kasal» eshiklarni qulflatishni unutmadi. Zohid «tez yordam» mashinasi ortidan qarab qolaverdi: «Tug‘moq boru ko‘mmoq yo‘q ekan-da...» XII b o b 1 — Yanglishmayapsanmi? — Yo‘q, rost, adasi... Manzuraning gapi Asadbek yuragiga xanjar bo‘lib sanchildi. Qizi ham unga botinib qarolmayotgan edi. U yerdan ko‘zini uzmay siniq ovozda salom berganida Asadbek dodlab yuboray derdi. Bu mo‘’minlik o‘rniga qizi sochlarini yulib, «Dod, musulmonlar, men otam tufayli sharmanda bo‘ldim!» deb faryod urganida Asadbek bunchalar ezilmasdi. Piyola sinsa chegalab ishlatish mumkin, ammo siniqning izi yo‘qolmaydi. Bu piyolada izzatli mehmonga choy uzatilmaydi. Nomus ham shunday. Inson yashayveradi, biroq, sharmandalik izi bir umrga saqlanib qoladi. Bu yorug‘ olamda rizqi uzilgunga qadar nomussizlikning og‘ir yukini ortmoqlab yuraveradi. Asadbek buni bilgani uchun ham to‘lg‘oq azoblarini boshidan kechirardi. Odamlar «faqatgina o‘limning chorasi yo‘q» deyishardi. O‘ylab qarasa, nomusga tushgan darzni ketkazishning ham iloji yo‘q ekan. Hayot... nomus... o‘lim... Nomus bilan yashamoq yoki nomussizlik botqog‘ini kechib o‘tib o‘lim jariga qulamoq... Qizlar o‘zlarini yoqishadi, osishadi... Shu fikr Asadbekning xayolini yoritib o‘tishi bilan yuragi xapriqib, nafasi bo‘g‘ziga qadalib qolganday tuyulaveradi. Xotini gapiga amal qilib uch marta «astag‘firulloh» deb qo‘yadi. Shunday paytda Xudo borligi esiga tushib, Yaratgandan madad so‘raydi. «Umr bo‘yi azob chekkanim yetmasmidi» deydi. «Odam bo‘lib nima ro‘shnolik ko‘rdim», deydi. «Nimaiki azobing bo‘lsa, barchasini totib ko‘rdim-ku, endi tinchligimni ber, agar bergan boyliklaring evaziga tinchligimni olgan bo‘lsang, boyliklaringni qaytarib ol, meni gado qil, ammo bolalarimning baxtini ber, men ham odam bo‘lib bir rohat ko‘ray, bir kecha tinchgina uxlay, bir kun bir piyolagina choyni bolalarim davrasida tinchgina ichay...» deydi. Asadbek ko‘nglidan nolalar uchaveradi. U bilmaydiki Xudo nolayu fig‘onlarga qarab emas, bandasining yurgan yo‘liga qarab ajr beradi. Hozir Manzuradan qizining yukli ekanini bilib, boshini qaysi devorga urishini bilmay qoldi. U kechagina yaxshi yo‘l topganday edi. Qadimda urushqoq podsholar yarashishni niyat qilishsa, quda tutinisharkan. G‘imirlab qolgan Hosilboyvachchani qantarishning bir yo‘li — o‘g‘lini kuyov qilish. «Ikki yoshning baxti uchun» Asadbek hokimlikdan voz kechadi. Qilich Sulaymonov aytganicha bo‘la qolsin. Shaharga hokimlik qilish Hosilboyvachchaga yarashsa yarasha qolsin. Asadbekka vinzavod ham bo‘laveradi. Bugun hokimlikka da’vogarlar ko‘p. Vaqti kelsa ularning hammasi xazonday titilib ketadi. Bahorning shamoli ularni uchirib qaysi bir ovloqlarga tiqib kelarkin. Hokimlik — puldorning qo‘lida bo‘ladi. Vinzavod — ochil dasturxon. Yeganing bilan tugamaydi. O‘z umrini, obro‘sini sotib ichuvchi galvarslar bor ekan, Asadbekning hamyoni bo‘shamaydi... ...Shunday reja tuzgan edi. Bugun-erta Hosilboyvachcha bilan suhbatlashmoqchi edi. Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 113 Qizining boshi qorong‘i... Vaqti kelib haromi bola tug‘adi. Asadbek haromi nabiralik bo‘ladi... Xo‘sh, endi nima qilish kerak? Bu savolga kim javob beradi. Manzurami? Uning ko‘zlariga muhrlangan, mung bilan yo‘g‘rilgan savolga-chi? Unga kim javob topadi? Agar Manzura qizini erka-tantiq qilib tarbiya etganida, qizi suyuqoyoq chiqib, bu tavqi la’natni o‘zi orttirganida Asadbek bularni nima qilishni o‘zi yaxshi bilar edi. Bu savolga javob topishda qiynalmas edi. Afsus, eng katta aybdor — uning o‘zi. Asadbek buni bilgani uchun ham eziladi. Boshqalarning taqdirini hal etishda ko‘p ham ikkilanmaydigan odam qizini sharmandalik botqog‘idan tortib olishda ojiz ekanini sezdi. Endi uning uchun ikki yo‘l qolgan — biri bolani oldirib tashlash. Bunday qilinsa, qizi umr bo‘yi farzand dog‘ida kuyib, kul bo‘lishi mumkin. Qolaversa, bu gap oshkor etilmaydi, deb kim kafolat beradi? Ikkinchi yo‘l — qizini Elchinga berish. Asadbek garchi dalili bo‘lmasa-da, bu Elchinning ishi, deb ishonardi. Ayniqsa, Shilimshiq o‘ldirilgach, bu taxmin haqiqatga aylanganday bo‘ldi. Asadbek Elchinning qo‘lidan shunday vahshiylik kelar, deb kutmagan edi. Yigitlari ba’zan uning ruxsati bilan, ba’zan ruxsatisiz, vaziyat taqozosiga ko‘ra odam o‘ldirardilar. Ammo biron marta bunday vahshiylik sodir bo‘lmagan edi. «Demak, diydasi qattiq ekan, demak, alami zo‘r ekan,— deb o‘yladi Asadbek.— Xo‘sh, shu bilan hovuri pasaydimi, qasos o‘ti so‘ndimi?» O‘shanda Shilimshiqni surgun qilmay, Elchinni sud qo‘liga topshirib qo‘ya qolganida bu tashvishlar yo‘q edi. Nima bo‘ldi o‘shanda? Adolat qilmoqchi bo‘ldimi? Yo Elchinning mardligidan iyib ketdimi? Uning «Men o‘zim o‘ldirdim!» deb qat’iy turib olishiga avval ajablangan edi. Keyin birdan «bu bolaning jonini saqlab qolish kerak», degan fikr miyasiga qattiq o‘rnashib qoldi. Bu fikr oqibati mana endi ko‘rinib turibdi. Shilimshiq o‘zboshimchaligi uchun jazoga loyiq edi. Noila voqeasidan oldin ham bir-ikki shunday qiliq qilgan, tanobi tortilmasa, arqonni uzishi mumkin edi. U o‘zi ekkan daraxtning mevasini o‘zi yedi — unga achinmasa ham bo‘ladi. Manzura erining xayolga botganini ko‘rib, indamay turaverdi. Nihoyat, Asadbek nigohini bir nuqtadan uzib, xotiniga qaradi: — Uzatvoramizmi? — Kimga? — dedi Manzura. — Bilmayman... Chindan ham aniq bilmaydi... — Qizingiz... bir gap aytdi. — Nima deydi? — O‘sha odamning panjalari sal qiyshiqroq ekanmi... Bu gapni eshitib Asadbekning ko‘zlari chaqnab ketdi. — O‘ng panjasimi? — Ha, shunaqa dedi... — He, onalaringni...— Asadbek so‘kib yuborganini o‘zi ham bilmay qoldi. — Endi aytadimi shu gapni?! Demak, Elchin! Boshqa dalil-isbotning keragi yo‘q. Asadbek — yaralangan yo‘lbars holidagi odam — kim o‘q uzganini endi aniq bildi. Endi u mal’unni bir hamla bilan yo‘q qilib tashlashi mumkin. Shilimshiq tortgan azoblarni Elchinning o‘zi ham tortib ko‘rishi hech gap emas. Buni hoziroq bir necha daqiqadan so‘ng amalga oshirsa ham bo‘ladi. U hovliga chiqdi. Orqasidan ergashgan xotiniga e’tibor bermay darvoza tomon yurdi. Odatdagidek ro‘parasida Jamshid paydo bo‘ldi. — Otarchini topib kel. Yerning tagidan bo‘lsa ham top, — dedi-da, ko‘chaga chiqib mashinaga o‘tirdi. Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 114 2 O‘tirsa ham, tursa ham Elchinning ko‘z oldiga o‘ljasi kelaverib, uyqusi qochdi. Ko‘zlari kirtayib, og‘ir xastalikka uchragan odam kepatasiga tushdi. Qasos yuragiga lazzat emas, azob berajagini u o‘ylab ham ko‘rmagan edi. Baxtiga Zelixon bor ekan, yolg‘izlatmadi. Yo‘qsa, jinni bo‘lib qolishi hech gapmas. Ikki marta Anvar keldi. Tog‘asining chordog‘idan nimanidir topganini aytdi. Elchin bu gaplarni eshitadigan ahvolda emas edi — parvo qilmadi. O‘zi Anvarni bir yo‘qlab bormadi. Zelixon tongda bir yumush bilan chiqib ketayotganida Elchin deraza yonida xayolga cho‘mib turgan edi. Ikki soatdan keyin qaytib kelib qarasa, yana shu ahvolda turibdi. — E, oshna, juda oshirvording, — dedi u, Elchinning yelkasiga yengil musht tushirib. — Ko‘zingni och, erkak! Tvarlarga o‘xshab qolma. Elchin xazin jilmayib, sherigiga qaradi. — Bu dunyoda hamma tvar, — dedi. — Menga qara, senga faylasuflik hecham yarashmaydi. Sen buyuk odamsan, lekin faylasuf emassan, — Zelixon shunday dedi-da, uning belidan quchib, mahkam siqdi. — Sen mishiqi bolasan. Bilib qo‘y, men mishiqilarni yomon ko‘raman. Erkakmisan, chotingda bezing bormi, erkakka o‘xshab yur. — Zeli og‘a, siz meni tushuna olmaysiz, — dedi Elchin, uning quchog‘idan bo‘shagach. — Men unga ezilayotganim yo‘q. Boshqa gap bor. — Qanaqa gap? — Sizga aytolmayman. — Akangdan ham sir yashirasanmi? — Zeli og‘a, bu o‘zim bilan yerga kiradigan sir, xafa bo‘lmang. — Anavi tvar bir nima degan bo‘lsa, sen ishongandirsan. Bunday qilma. O‘lim oldidan odam har nima deb valdirayveradi. Zelixon senga do‘st emas, dushman, desa ham ishonarmiding? — Bu gapni chaynamaylik. — O‘zing bilasan. Lekin sen ko‘zingni och. Biz Asadbek tashlagan qarmoqqa ilindik. O‘sha tvarni aynan sen o‘ldirishingni istagan edi. Istagi amalga oshdi. Xo‘sh, endi nima qiladi? Sen nima qilasan? Tinchiysanmi? — Go‘rda tinchiyman men. — Buni Asadbek biladimi? Biladi. U o‘qilon. O‘yin endi boshlanadi. Sen piyodalarni sursang, u farzinni ishga soladi. Ikki biqinida fil, ikki yonida to‘ra. Sen-chi? Sen faqat asp yurish qilishing kerak. Har bir otning sakkizta yo‘li bo‘ladi. Buni o‘ylayapsanmi? Asadbekning ishi pishiq, vaqtdan yutadi. Senga tseytnot xavf solib turibdi. — Qo‘rqmayman, menda ham farzin bor, buni hisobdan chiqarmang. Zelixon Elchinning maqsadini fahmlab, miyig‘ida kulib qo‘ydi. — Usta o‘yinchi boshidayoq farzinlarini qurbon berib, almashtirib tashlaydi. — Men almashtirmayman. Mot bo‘lsam ham farzinni qurbonlikka tashlamayman. — Qara, birov kelyapti. Hovlida Jamshid ko‘rindi, u begonasiramay, atrofga alanglamay xuddi o‘z hovlisiga kirib kelganday to‘g‘ri uy tomon yurdi. — Asadbekning ishonchli odami. Meni bog‘lab ketgan shu edi. — O‘zingni bos, sir boy berma. — Zelixon shunday deb tezgina divanga borib o‘tirdi-da, cho‘ntagidan qarta chiqarib, stol ustiga yoydi. Jamshid kirib salom bergach, Zelixonga xavotir ko‘zi bilan qarab qo‘ydi. — O, bratan, salom, — dedi Zelixon o‘rnidan turib. U bir tutam qartani chap qo‘lida yelpig‘ich qilib ushlaganicha Jamshidga yaqinlashib, o‘ng qo‘lini uzatdi. — Qani, ostonada Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 115 turmang, kirovring. Elchin uning salomiga alik ham olmadi. Qo‘l ham uzatmadi. U yolg‘iz bo‘lganida Jamshid: «Yuring, Bek akam yo‘qlayaptilar», deb boshlab ketaverardi. Begona odamning o‘tirishi, Elchinning sovuq qarashi uni bir oz sergaklantirdi. — Qani, kirsangiz-chi? — dedi Zelixon. — Uy egasi taklif qilmasalar... — E, uy egasini qo‘yavering. Bugun chap yoni bilan turgan. Yutqizib qo‘yib, alam qilyapti. Qani, bir qo‘l tashlaymizmi? — Mayli, — Jamshid Elchinga qarab olib, ichkari kirdi. — Yigirma birmi yo fantomasmi? — deb so‘radi Zelixon. — Menga baribir, — dedi Jamshid. — Demak, ustasiga farqi yo‘q ekan, — Zelixon shunday deb cho‘ntagidan taxi buzilmagan qarta olib Jamshidga uzatdi. — Buzib, chiylang. Jamshid qartani chaqqonlik bilan aralashtirdi. Uning qo‘li ishda bo‘lsa ham, xayoli Elchinda, undan ko‘z qirini uzmas edi. — Ko‘n ellikdan, — dedi Jamshid, o‘rtaga ellik so‘mlik tashlab. — Yaxshi, — dedi Zelixon qo‘llarini bir-biriga ishqab, so‘ng cho‘ntagidan to‘rtta yigirma beshtalik chiqarib, elliktalikning ustiga qo‘ydi, — Elligi qorong‘usi. Yurish yuzdan bo‘ldi. Jamshid yana ikkita elliktalikni tashladi. — O‘zingizga qaytdi, yurish ikki yuzdan. — O‘, bu erkakning o‘yini bo‘ldi. Shu paytgacha qaerda edingiz, erkak?! Jamshid uchtadan qarta uzatdi. Zelixon qartalarga bir qarab olib o‘rtaga uchta yuztalik qo‘ydi. Jamshid javob qaytardi. Yurish ming so‘mga yetganida Jamshid qartasini tashladi. — Yutdingiz, akaxon. Endi menga ruxsat. Siz bilan rosa chaqchaqlashadigan xonasi ekan-u, ammo vaqt ziqroq. Akaxonimda ish bor edi. Bir joyga o‘tib kelishimiz kerak. — Hozirmi? Ie, bu yog‘i necha puldan tushdi? Bir nozik odamni kutib turuvdigu? Juda zarur bo‘lsa... Elchin, bratan, men shu yerda kutib turayinmi? — Shunaqa qiling, ukaxonning sazasi o‘lmasin. Jamshid, xuddi yangi yil kechasidagi kabi, indamay ketdi. Elchin ham uni gapga tutmadi. Mashinaning orqa o‘rindig‘ida o‘tirgan Elchin jingalaksoch bu yigitdan ko‘z uzmasdi. Jamshid orqa tomonidagi o‘tkir nigoh ta’qibini sezib, dam-badam ko‘zgu orqali unga qarab olardi. «Urib, bog‘lab ketganimning alami bor», deb o‘ylardi u. Jamshid Shilimshiqning gaplarini qaydan bilsin. Hozir nigohini qadab o‘tirgan odamning qahrli hukm chiqarayotgani ham unga ma’lum emas. Zelixon «o‘lim oldida valdirayveradi», degani bilan, Shilimshiqning gaplari Elchinga haqiqatday tuyulaveradi. «Bu yigit ham xotinim bilan bo‘lgan», deb ishonish, Noilaning xotirasiga balchiq chaplash bilan teng. Ayni paytda, o‘zining gunohini ham bir karra oshiradi. Elchin har qancha gunoh yukini ko‘tarishga rozi. Suygan yorining xotirasini bulg‘anishini istamaydi. Lekin u bechora nima qilsin? Haqmi yo nohaqmi — gap aytildi. Birov orqali emas, o‘z qulog‘i bilan eshitdi. «O‘lim oldidan valdirayveradi, emish... Balki so‘nggi nafasida Xudo insof berib rost so‘zlab ketar?.. Uyimga kelganini bu hayvonning o‘zi ham aytdi-ku? Eng muhimi — kelgan! Ichkariga kirganmi, kirmaganmi — bu bilan ishim yo‘q!» Hukm qat’iy edi. Endi ijro etishgina qoldi. 3 Shahar markazidagi uch qavatli binoning saroymonand yerto‘lasidagi videobarda deputat Orzubek xo‘jayinning kelishini kutib o‘tirardi. Bo‘tqa unga alohida ehtirom ko‘rsatdi — Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik www.ziyouz.com kutubxonasi 116 Chuvrindining ko‘rsatmasiga xilof ish tutmadi. Peshtaxta ortidagi do‘ndiqcha unga qahva keltirib, shiringina jilmaydi. «Maishatni o‘rniga qo‘yishadi, bu suvaraklar», deb o‘yladi deputat, noz bilan yurib kelayotgan qizning yarim ochiq sonlariga suq bilan tikilib. Qahvasini ichib ulgurmay a’yonlar kelishdi. Kesakpolvon deputatning salomiga alik olib, o‘tib ketaverdi. Chuvrindi esa kelib, u bilan so‘rashdi. Deputatning savol nazariga javoban «hozir keladilar», deb ichkariga kirib ketdi. Dam o‘tmay Asadbek ko‘rindi. Deputatni ko‘rsa ham ko‘rmaganday, salomini eshitsa ham eshitmaganday o‘tdi. «Shefning kayfiyati chatoq, akaxonning mazasi qochar ekan-da», deb o‘yladi Bo‘tqa. Asadbek birinchi marta o‘zi belgilagan qoidani buzdi: oila siri xususida so‘z ochdi. — Qizimni otarchi... olib ketgan ekan. Bu — aniq! — Aniq bo‘lsa, o‘zim gaplashaman, — dedi Kesakpolvon. — Gaplashmaysan. Uning bitta tuki ham to‘kilmasligi kerak. Men.. uni kuyov qilmoqchiman. — Bek aka, hazillashmayapsizmi? — dedi Chuvrindi ajablanib. Asadbek indamadi. U maqsadini aytgan, endi a’yonlarining fikrini bilmoq istagida sukut saqlayotgan edi. — Bek, esing joyidami? — dedi Kesakpolvon. — Ha, joyida! — dedi Asadbek, jahl bilan. — Nima, kuyovlikka arzimaydimi? Ko‘rmi, sholmi yo qiyshiqmi?! Shu gapdan so‘ng uchovlari ham jim qolishdi. Ularning holiga chetdan qaragan kishi bu motamsaro odamlar birovning ruhini eslab, ezilib o‘tiribdi, deyishi mumkin edi. A’yonlar xo‘jayinlarining fe’lini yaxshi bilishadi. Hozir Asadbekning jahli chiqib, aqli ketgan payt — unga gap aytib ma’qul qilish qiyin. Asadbek esa baqirishga baqirib qo‘yib endi afsuslanadi. Chunki maqsadini aytgani hamono a’yonlarining ajablanishlarini oldindan bilgan edi. Og‘ir-bosiq o‘tirib maslahatlashaman, deb niyat qilgandi, niyatini o‘zi buzdi. — Haydar, boshqa iloj yo‘q, — dedi Asadbek, endi hazin ovozda. Kesakpolvon o‘ttiz yillik qadrdoniga achinib ketdi. Ular faqat rohat jomini sipqormay, alam-tashvishlar zahrini ham tatib ko‘rganlar, noumidlik ko‘chalarida sanqigan davrlari ham bo‘lgan, ammo u Asadbekni sira bu ezgin holda ko‘rmagan. — Shu qarorga kelgan bo‘lsang, o‘ylab ko‘rgandirsan. Biz nima derdik. Bizga qizing baxtli bo‘lsa, o‘zing tinch bo‘lsang bas. Ammo aytib qo‘yay, agar... — Agar-pagari yo‘q. — To‘xta, gapimni kesma. Agar u otarchi qizingning baxtini qora qilsa, menga indamaysan, yo‘limni to‘smaysan, gapingga kirmasam, xafa bo‘lmaysan. — Haydar akam to‘g‘ri gapni aytyaptilar, — dedi Chuvrindi. — Meni odamlarning fikri qiziqtiryapti. Mahmud, odamlar nima deydi? — Odamlarmi? — Chuvrindi hozir shuni o‘ylab o‘tirgan edi, shu sababli javobni kechiktirmadi. — Ming og‘izdan ming bir gap chiqadi. Shu paytgacha nima gaplar chiqmadi, bilasiz-ku? — Shu paytgacha chiqqan gaplar faqat mening o‘zimga tegishli edi. — Endi chiqadigan gaplarni himmatingizga burib yuboramiz. Azob chekib kelgan san’atchiga himmat ko‘rsatib, kuyovlik sarposini yopdi, deymiz. Odamlarni shu fikrga ko‘ndirish qiyin ish emas. Mahmud — Chuvrindining bosiq holda ishonch bilan gapirishi Asadbekka dalda bo‘ldi. Asadbek bu ayo’nga ishonadi. U shunday dedimi, bas, demak, shunday bo‘ladi! — Deputating mulla mingan eshakday bo‘lib o‘tiribdi. Gaplashasanmi? — dedi Kesakpolvon, asosiy masala hal etilgach. — Ko‘zimga ko‘rinmasin, kim chaqirdi uni, senmi, Mahmud? — O‘zi kelibdi, zarur ishi bormish. Gapini eshitib ko‘ring. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling