Тоҳир Маликов
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligi: baholash, ko‘rsatkichlari, oshirish yo‘llari
Qopla- nish muddati ko’rsat- kichi 242 Iqtisodiyotning har bir tarmog’ida ana shunday omillar to‘plami mavjud. Joriy va istiqboldagi tahlil ishlab chiqarishni yangilash innovatsion loyihalarini amalga oshirishning boshqa yo‘na-lishlari va parametr- lariga nisbatan o‘tkazilishi mumkin. Bunda asosiy e’tibor yuqori rentabellik va kuchsiz prognozlash xos bo‘lgan quyidagi omillarga, ya’ni risklar, valyuta kurslari, kreditlar bo‘yicha suzuvchan stavka, tayyor mahsulot va xomashyoning bahosi kabilarga qaratiladi. Bu omillarning har biri uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan tebra- nishlarning intervali aniqlanadi va asosiy parametrlarning o‘z- garishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlari baholanadi. Undan so‘ng investitsion loyihaning barcha risklarini hisobga olgan holda uning yetarli darajada foydaliligi saqlanib qolgandagi kritik parametrlarning yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaralariga baho beriladi. Ishlab chiqarishni yangilash dasturlari va innovatsion loyiha- larning investitsion samaradorligi kapital qo‘yilmalar to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytda mavjud bo‘lmagan omillarga ham bog‘liq. 243 8-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligi: baholash, ko‘rsatkichlari, oshirish yo‘llari 8.1. Moliyaviy barqarorlik va uni ta’minlash omillari Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy barqarorligi quyida- gilar bilan xarakterlanadi: tashqi qarz manbalaridan moliyaviy mustaqillik; moliyaviy resurslardan erkin va samarali foydalanish borasida XYuSning qobiliyati; xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan o‘z mablag‘- lari summalarining XYuSda barqaror mavjudligi. Moliyaviy barqarorlik mazmunining asosida XYuS moliyaviy re- surslarini samarali shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish yo- tadi. Moliyaviy barqarorlikning tahlili tahlil davri mobaynida XYuS o‘zining moliyaviy resurslarini quyidagi vazifalarni yechish uchun qan- chalik to‘g‘ri boshqarganligini aniqlashga imkon beradi: talab mahsulotiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash; mahsulot realizatsiya qilinishining uzluksizligini yo‘lga qo‘yish; innovatsion asosda ishlab chiqarish bazasini kengaytirish va yangilash. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish uchun XYuSning faoliyati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarga ega bo‘lmoq lozim. Bunda moliyaviy resurslar holatining bozor talablariga muvofiq kelishi va XYuS taraqqiyotining ehtiyojlariga javob berishi muhim hisoblanadi. XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga xilma-xil bo‘lgan juda ko‘plab omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ular, odatda, quyidagi belgila- riga ko‘ra klassifikatsiya qilinadi: vujudga kelish joyiga qarab; natijasining muhimligiga ko‘ra; tarkibiy tuzilmasi bo‘yicha; harakat etish davriga muvofiq. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling