244
tashqi.
Natijasining muhimligiga ko‘ra moliyaviy barqarorlikka o‘z ta’-
sirini ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhdan tashkil topadi:
asosiy omillar;
ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan omillar.
Tarkibiy tuzilmasi bo‘yicha XYuSlarning moliyaviy barqa-
rorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar quyidagi ikki guruhdagi omillardan
tarkib topadi:
oddiy;
murakkab.
Harakat etish davriga muvofiq moliyaviy barqarorlikka o‘z
ta’sirini ko‘rsatuvchi omillarni quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
doimiy;
vaqtinchalik.
Yuqoridagilarning orasida eng muhimi omillarning tashqi va ichki
guruhi
hisoblanib, u omillarning namoyon bo‘lishiga, miqdoriy va sifat
mazmuniga u yoki bu darajada XYuSning bevosita ta’sir ko‘rsatish
imkoniyatini aniq aniqlab beradi.
XYuSlarning moliyaviy barqarorligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatuvchi
asosiy ichki omillarga quyidagilar kiradi:
moliyaviy resurslarning
tarkibi va tarkibiy tuzilmasi, ularni
boshqarishning taktikasi va strategiyasi;
XYuS mol-mulkining tarkibi va tarkibiy tuzilmasi;
ishlab chiqarish chiqimlarining tarkibi va tarkibiy tuzilmasi,
ularni qisqartirish imkoniyatlari;
ishlab chiqariladigan mahsulotning to‘lovga
layoqatli bozor
talabiga muvofiqligi;
XYuSning qaysi tarmoqqa mansubligi va boshqalar.
Bu omillarning ta’sirini baholash menejerlarning kasbiy ma-
horatiga,
ularning kompetentligiga, ichki va tashqi muhitdagi o‘zga-
rishlar va o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olish qobiliyatiga ko‘p jihatdan
bog‘liq.
Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi
tashqi omillarga quyidagi-
larni kiritish mumkin:
xo‘jalik yuritishning iqtisodiy sharoitlari ta’siri;
davlatning soliq va kredit siyosati;
245
iste’molchilarning to‘lovga layoqatli talabi va daromadlarining
darajasi;
jamiyatda
texnika taraqqiyoti, texnika va texnologiyalarning
umumiy darajasi;
tashqi iqtisodiy aloqalarning darajasi;
XYuS faoliyati ustidan nazorat bo‘yicha qonunchilik aktlari;
va boshqalar.
XYuSning moliyaviy barqarorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarga
bog‘liq ravishda u quyidagilarga bo‘linishi mumkin:
ichki barqarorlik;
tashqi barqarorlik;
umumiy barqarorlik.
Do'stlaringiz bilan baham: