Тоҳир Маликов
tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010
tarkibiy tuzilmasi va samaradorligi
Umumlashtirilgan ko‘rinishda asosiy kapital qanday qiymatning bir qismi hisoblanadi? XYuSning buxgalteriya balansida asosiy kapital qanday sifatda aks ettiriladi? Asosiy kapitalning asosini nimalar tashkil etadi? Mehnat va mahsulotni yaratish jarayonida asosiy kapital nimaning qismi sifatida maydonga chiqadi? 101 Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi unga tegishli bo‘lgan qiymat- ning qanday uch funksional shakllarida harakat qilishini anglatadi? Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapitaldan farqli o‘laroq asosiy kapital qanday o‘ziga xos xususiyatlarga ega? Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni buyumlashgan shakli sifatida nimalar maydonga chiqadi? Iqtisodiy mo‘ljallanganligiga ko‘ra asosiy fondlar nimalarga bo‘li- nadi? Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb nimaga aytiladi? Noishlab chiqarish asosiy fondlarining tarkibiga XYuSning qanday mulklari kiradi? Ular bo‘yicha amortizatsiya hisoblanadimi? Asosiy ishlab chiqarish fondlarining tarkibiy tuzilmasi nimalar jiha- tidan bo‘lishi mumkin? Asosiy fondlarning tarkibiga nimalar kiradi va ularning aktiv va passiv qismlari nimalardan iborat? Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligini tahlil qilishda nimalarni hisobga olish maqsadga muvofiq? Hozirgi paytda amaliyotda amortizatsiya ajratmalarini hisoblashning qanday asosiy metodlaridan foydalaniladi va ularning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari nimalardan iborat? Chiziqli metod qo‘llanilganda bir oy uchun hisoblangan amortizatsi- yaning summasi qanday aniqlanadi? Nochiziqli metod asosida amortizatsiya me’yorini hisoblash qanday amalga oshiriladi? Asosiy kapitalning doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan o‘z moliyaviy resurslarining tarkibiga, amortizatsiya fondidan tashqari, yana qanday daromadlar va turli tushumlar ham kirishi mumkin? Asosiy fondlarni shakllantirish uchun jalb qilinadigan pul mablag‘- larining manbalarini qanday guruhlarga bo‘lish mumkin va har bir guruhning tarkibiga nimalar kiradi? Asosiy kapitalning doiraviy aylanishi jarayonida ishtirok etadigan moliyaviy resurslardan foydalanishning samaradorligi qanday aniqlanadi? Asosiy kapitaldan samarali foydalanishni baholashda XYuS moliya- xo‘jalik faoliyatining natijaliligini ochib beruvchi qanday umumiy moliya- viy-iqtisodiy ko‘rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq? Ishlab chiqarishning umumiy rentabelligi ko‘rsatkichi qanday aniqlanadi? Fond qaytimi va fond sig‘imi ko‘rsatkichlarini hisoblash tartiblari qanday? Smenalik koeffitsiyenti qanday aniqlanadi? 102 Asosiy ishlab chiqarish fondlarining eskirish koeffitsiyenti nimani xarakterlaydi va u qanday aniqlanadi? Asosiy ishlab chiqarish fondlarining yangilanish koeffitsiyenti nima- ni ifodalaydi va u qanday hisoblanadi? Asosiy ishlab chiqarish fondlarining chiqish koeffitsiyenti nimani ifodalaydi va u qanday aniqlanadi? Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligi nimalarni oldin- dan aniqlab beradi? Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling