Тоҳир Маликов
Rentabellik va uni oshirish yo‘llari
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010
5.3. Rentabellik va uni oshirish yo‘llari
XYuSning foydalilik darajasini aniqlash uchun rentabellik ko‘rsat- kichlaridan foydalaniladi. Ular olingan foyda summasining sarf qilingan mablag‘larga yoki realizatsiya qilingan mahsulotning hajmiga nisbati bi- lan aniqlanadi. Moliyaviy tahlil jarayonida rentabellikning quyidagi ko‘rsatkichla- ridan tez-tez foydalaniladi: sotuv (sotish) rentabelligi; o‘zlik kapitalning rentabelligi; aylanma aktivlarning rentabelligi; aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi; investitsiyalarning rentabelligi. Sotuv (sotish) rentabelligi XYuS sotuvi (sotishi)ning hajmida sof foydaning salmog‘ini ko‘rsatadi va uni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin: K рс = (SF к : SH) x 100% Bu yerda: K рс – sotuv (sotish) rentabelligi; SF к – XYuSning sof foydasi; SH – XYuSning sotuv (sotish) hajmi. O‘z kapitalining rentabelligi XYuSning egalari tomonidan investi- tsiya qilingan kapitaldan foydalanish samaradorligini aniqlashga imkon beradi. Odatda bu ko‘rsatkich mablag‘larning boshqa XYuSlarga, qim- matli qog‘ozlarga va depozitlarga qo‘yilishi imkoniyati bilan taqqosla- nadi. Bu ko‘rsatkich kompaniyaning egalari tomonidan XYuSga joy- lashtirilgan har bir birlik sof foydaning qancha pul birligi “ishlaganli- gini” ko‘rsatadi va formula yordamida quyidagicha hisoblanadi: K рук = (SF к : O‘K к ) x 100% Bu yerda: K рук – XYuS o‘z kapitalining rentabelligi; SF к – XYuSning sof foydasi; O‘K к – XYuSning o‘zlik kapitali. Aylanma aktivlarning rentabelligi aylanma mablag‘lardan foydala- nish samaradorligini ochib beradi va uni quyidagicha aniqlash mumkin: K рам = SF к : JA к 139 Bu yerda: K рам – XYuS aylanma aktivlarining rentabelligi; SF к – XYuSning sof foydasi; JA к – XYuSning joriy (yillik o‘rtacha) aktivlari. Aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi ko‘rsatkichi kompaniyaning asosiy kapitaliga nisbatan XYuSning yetarli foyda hajmini ta’minlash qobiliyatini aks ettiradi. Uni formula yordamida qu- yidagicha ifodalasa bo‘ladi: K рата = (SF к : UMA к ) x 100% Bu yerda: K рата – XYuS aylanmadan tashqari aktivlarining rentabelligi; SF к – XYuS ning sof foydasi; UMA к – XYuS ning uzoq muddatli (yillik o‘rtacha) aktivlari. Investitsiyalarning rentabelligi koeffitsiyenti XYuS raqobatbar- doshligi va innovatsionligining eng muhim indikatorlaridan biri hisob- lanadi. Uni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin: K pu = SF к : (O‘K + UMM) x 100% Bu yerda: K pu – XYuS investitsiyalarining rentabelligi; SF k – XYuSning sof foydasi; O‘K – XYuSning o‘z kapitali; UMM – XYuSning uzoq muddatli majburiyatlari. Rentabellikni oshirish yo‘nalishlari omillarning quyidagi guruhlari bilan bog‘liq: foyda summasini ko‘paytirish; xarajatlarning darajasini va foydani olish uchun resurslarni kamaytirish. Bu yo‘nalishlar har bir XYuSda konkretlashtirilishi va rentable- likni oshirishning rezervlarini qidirib topish va ulardan foydalanish asosida amalga oshirilishi mumkin. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling