Тоҳир Маликов
Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010
5.4. Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
140 5-bob. Xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish chiqimlari, foydasi va rentabelligi 5.1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xarajatlari: mohiyati, tarkibi, klassifikatsiyalanishi va samaradorligini baholash “Ishlab chiqarish xarajatlari” va “ishlab chiqarish chiqimlari” tushunchalari bir xil ma’noni anglatadimi? Ularning farqli jihatlari nimalardan iborat? Ishlab chiqarish chiqimlarini dastlab necha guruhga bo‘lish mumkin va ular qanday nomlanadi? Aniq yoki haqiqatdagi chiqimlar qanday xarajatlarni o‘z ichiga oladi? Aniq bo‘lmagan, almashgan chiqimlar yoki qo‘ldan boy berilgan, qo‘ldan chiqarilgan imkoniyatlar chiqimlari nimalardan iborat? XYuSning xarajatlariga uning mohiyatini ifodalovchi qanday ta’rif berish mumkin? “Xarajatlar” tushunchasi “tannarx” tushunchasidan qanday farq- lanadi? XYuS faoliyatining shart-sharoitlari va yo‘nalishlariga bog‘liq ravishda xarajatlar qanday guruhlarga bo‘linadi? Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar tarkibiga, odatda, nimalar kiritiladi? Ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar qanday klassifikatsiya qilinishi mumkin? XYuS umumiy xarajatlarining summasidan iborat bo‘lgan ishlab chiqarish tannarxining tarkibiga nimalar kiradi? Odatda, xarajatlarning klassifikatsiyasi ularning qanday belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratilishini o‘z ichiga oladi? Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan xarajatlar qanday guruhlarga klassifikatsiya qilinadi va ularning mazmuni nimalardan iborat? Iqtisodiy elementlariga ko‘ra xarajatlarni qanday guruhlarga bo‘lish mumkin va ularning tarkibiga nimalar kiradi? Kalkulatsiya moddalari bo‘yicha xarajatlar nimalarga bo‘-linishi mumkin? To‘g‘ri xarajatlar va egri xarajatlarning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari nimalardan iborat? 141 Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar qanday xarajatlarga bo‘linadi? Chiqimlarni kamaytirishning qanday asosiy yo‘llari mavjud? Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling