Тоҳир Маликов


baholarni shakllantirish asoslari, marketing strategiyasining


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/134
Sana06.11.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1751753
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   134
Bog'liq
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010

baholarni shakllantirish asoslari, marketing strategiyasining 
moliyaviy jihatlari 
 
6.1. Baholarni shakllantirishning obyektiv asoslari 
 
 
“Baho” tushunchasi ostida, odatda yagona sintetik kategoriyaga 
birlashtirilgan turli-tuman iqtisodiy holatlarning yig‘indisi nazarda tuti-
ladi. Mohiyat jihatidan baho qiymatning puldagi ifodasidir. Tarmoq ichi-
dagi raqobat natijasida tovarning individual qiymati uning ijtimoiy qiy-
matiga aylanadiki, uning o‘lchami (miqdori, darajasi) mehnatning ijti-
moiy zaruriy xarajatlari bilan aniqlanadi. Bozor qiymati, ijtimoiy qiy-
matdan farqli o‘laroq, faqatgina tovarni ishlab chiqarish darajasi bilan 
emas, balki uning realizatsiya qilish shartlari bilan ham belgilanadi. 
Bozor sharoitida mehnatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari va ijtimo-
iy foydalilik (naflilik) taqqoslanadi, ijtimoiy ishlab chiqarishning hajmi 
va tarkibiy tuzilmasining ijtimoiy ehtiyojlarga muvofiq kelishi aniqla-
nadi. Faqat ijtimoiy ehtiyoj va ijtimoiy foydalilik doirasidagina xarajat-
lar ijtimoiy zarur, deb e’tirof etilishi mumkin. Shu munosabat bilan qiy-
mat hosil bo‘lishining iqtisodiy chegaralarini shakllantirish ijtimoiy foy-
dalilikning funksiyasiga aylanadi. 
Demak, bahoning asosi sifatida maydonga chiqadigan ijtimoiy 
zaruriy xarajatlar va qiymat murakkab jarayon natijasida vujudga keladi, 
turli-tuman sharoitlar va ta’sirlarga duch keladi. Shunga mos ravishda 
bahoning modeli ham oddiy yoki bir xil bo‘lishi mumkin emas. 
Tovarlar har doim qiymat va iste’mol qiymatining o‘zaro yaxlit-
ligidan iborat. Tovarning iste’mol qiymatini tovarning qandaydir bir 
ehtiyojni qondirish qobiliyati sifatida xarakterlash qabul qilingan. Bozor 
sharoitida ishlab chiqarish sotib oluvchilarning talablarini qondirish 
maqsadida iste’mol va buning natijasida tovar ishlab chiqaruvchi tomo-
nidan foydaning olinishi uchun amalga oshiriladi. Demak, past iste’mol 
qiymatiga ega bo‘lgan tovarlar past qiymatga ega bo‘ladi va aksincha, 
yuqori darajadagi iste’mol qiymati qiymatning ham yuqori darajada bo‘-
lishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham, bahoni aniqlashda faqat te-
gishli ne’matni ishlab chiqarish xarajatlarini inobatga olib qolmasdan, 
balki tovarning sifati orqali namoyon bo‘ladigan uning iste’mol qiyma-
tini, uning foydaliligini ham hisobga olmoq lozim. Bundan baho bozor 


164 
mexanizmining pulda ifodalangan muhim elementidir, degan xulosa 
kelib chiqadi. Baho yordamida mol yetkazib beruvchi va iste’molchi 
foydalanayotgan resurslarning hajmi ifodalanadi, ular bir resurs bilan 
ta’minlanadi, bir vaqtning o‘zida ikkinchi resursni oladi, buning nati-
jasida resurslarning foydaliligi oshadi. Shunday qilib, baho kerakli mah-
sulot yoki xizmatga ega bo‘lish uchun kishi berishi lozim bo‘lgan resurs-
larning miqdoridir. Bahoning ijtimoiy zaruriy mehnat xarajatlariga ya-
qinlashishini ta’minlovchi modeli ana shundan iborat. Yuqorida bayon 
qilingan holatlarga asoslanib vujudga keltirilgan baho o‘ziga tegishli 
bo‘lgan funksiyalarni bozor iqtisodiyotida yaxshi bajaradi.
Eng avvalo, baho yordamida barcha tovarlarning yoki tovar bir-
ligining hajm, dona va og‘irlik birliklaridagi qiymati pul birliklarida o‘l-
chanadi. Pulli ekvivalentning mavjud ekanligi bahoga miqdor va son 
shakllaridagi tovar qiymatini ifodalovchi yoki o‘lchovchi sifatida may-
donga chiqishga imkon beradi. Bir vaqtning o‘zida baho pulda ifoda-
langan turli tovar qimmatliklarining o‘lchovchisi hamdir. Ko‘rilayotgan 
ana shu sifatda baho umumiqtisodiy samaradorlikning eng muhim ko‘r-
satkichlaridan biri sanaladi, xo‘jalik qarorlarini qabul qilish uchun mo‘l-
jal, bashoratlashning muhim instrumenti bo‘lib xizmat qiladi. Yuqori-
dagilarning barchasi bahoning o‘lchov funksiyasidan darak beradi. 
Ma’lum ma’noda, bahoning hisob-nazorat funksiyasi uning o‘l-
chov funksiyasining o‘ziga xos “qo‘shni”si hisoblanadi va qisman uning 
tarkibiga kiradi. Baho, milliy boylikning buyumlashgan va moddiy 
o‘lchamlarini qiymat va demak, moliyaviy o‘lchamlarga aylantirib, qiy-
matning fuqarolarda, ularning oilalarida, XYuSlarda, tarmoqlarda, umu-
man iqtisodiyotda, qishloq, shahar, tuman, viloyat va mamlakat bo‘yicha 
saqlanishi, jamg‘arilishi va harakat etishi ustidan hisob va nazoratni olib 
borishning instrumenti bo‘lib xizmat qiladi. 
Bahoning taqsimlash funksiyasi uning qiymatdan farqlanishi 
imkoniyati bilan xarakterlanadi. Masalan, yengil avtomobillarga bo‘lgan 
bahoning yuqoriligi aholi ma’lum bir qatlamlarining mablag‘larini ijti-
moiy ehtiyojlarni qondirish uchun qayta taqsimlashga imkon beradi. 
Ba’zi bir tovarlarga nisbatan baholarning past darajasi esa (masalan, 
bolalar va keksa yoshdagi qariyalarga mo‘ljallangan tovarlar) ana shun-
day sotib oluvchi (iste’molchi) lar foydasiga mablag‘larning qayta taq-
simlanishiga olib keladi. Bir tomondan, mamlakatda sanoat ishlab chi-
qarish xarakteriga ega bo‘lgan ko‘plab tovarlarga nisbatan baholarning 
erkinlashtirilishi va ikkinchi tomondan, bir necha qishloq xo‘jaligi 


165 
mahsulotlariga nisbatan baholarning davlat tomonidan tartibga solinishi 
qishloq xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan daromadlar bir qismining sanoatning 
ayrim tarmoqlari foydasiga qayta taqsimlanishiga imkon beradi. Shun-
day qilib, demak, ulgurji baholarni oshirish yoki pasaytirish orqali 
tarmoqlar, XYuSlar, mintaqalar, ijtimoiy guruhlar va oilalarning daro-
madlari va foydasini qayta taqsimlash mumkin. 
Aynan bahoning tartibga solish funksiyasi orqali bozor iqti-
sodiyotida ishlab chiqarish va iste’mol, taklif va talab o‘rtasida aloqa
o‘rnatiladi. Shunisi xarakterliki, tartibga soluvchi baho tartibga solish 
jarayonining o‘zida vujudga keladi va uning o‘zi ham, tartibga solinuv-
chi hisoblanadi. Shuning uchun ham bu yerda muvozanatli, ya’ni o‘z-
o‘zidan o‘rnatiluvchi, darajasi talab va taklifning tenglashishiga muvofiq 
keladigan baho yordamida tovar-pul jarayonlarini o‘z-o‘zidan tartibga 
solish funksiyasi xususida gapirish aniqroq bo‘lar edi. 
Oila budjetining o‘zgarishi, aholi daromadlari va xarajatlarini qay-
ta taqsimlash munosabati bilan chakana baholar o‘zgarganda bahoning 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling