Тоҳир Маликов


riflar orqali ifodalanadi. O‘rnatilishiga qarab


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/134
Sana06.11.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1751753
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   134
Bog'liq
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010

riflar orqali ifodalanadi.
O‘rnatilishiga qarab baholarning quyidagi turlari mavjud: 

qat’iy baholar; 

joriy baholar; 

o‘zgaruvchan baholar; 

almashtiriluvchi (“sakrovchi”) baholar. 
Shartnomada qayd etiladigan va shu shartnomaga muvofiq 
ravishda mahsulotni yetkazib berishning barcha muddatlari davomida 
o‘zgarmaydigan baholar qat’iy baholar deyiladi. 
Joriy baho deyilganda shu davrda mahsulotni yetkazib berish 
amalga oshirilgan baho tushuniladi. Bunday baholar bir shartnoma 
doirasida o‘zgarishi mumkin va ular bozorning holatini o‘zida aks etti-
radi. 
O‘zgaruvchan baholar shartnomada ma’lum bir shart asosida, 
masalan, shartnomani ijro etish paytida bozor bahosi o‘zgaradigan bo‘l-
sa (ko‘tarilsa yoki pasaysa), o‘zgartirilishi (qayta ko‘rib chiqilishi) 
mumkin deb qayd etilgan baholardan iborat. 
Almashtiriluvchi (“sakrovchi”) baholar tayyorlanish muddati
uzoq vaqtni talab etuvchi buyumlarga nisbatan o‘rnatiladi. Bunday ba-
holar shartnoma ijro etish muddatining tugashiga qarab hisoblanadi. 
Bunda birlamchi shartnoma bahosi mahsulot tayyorlangan muddat davo-
mida ishlab chiqarish xarajatlarining o‘zgarishiga qarab o‘zgartiriladi. 
Vaqt omiliga ko‘ra baholarning quyidagi turlari bo‘lishi mumkin: 

doimiy baholar; 

mavsumiy baholar; 

bosqichli baholar. 


168 
Amal qilish muddati oldindan kelishilmagan baholarga doimiy ba-
holar deyiladi. 
Mavsumiy xarakterga ega bo‘lgan tovarlarga nisbatan o‘rnatilgan 
baholar mavsumiy baholar deb ataladi. Bunday baholar sotishning bir-
lamchi bahosiga nisbatan ustama yoki chegirmani qo‘llash yo‘li bilan 
aniqlanadi va ma’lum davr (mavsum) mobaynida amal qiladi. 
Dastlabki aniqlangan shkalaga muvofiq ravishda oldindan belgi-
langan holatlarda bosqichma-bosqich pasaytiriladigan tarzda aniqlana-
digan mahsulotlarning bahosi bosqichli baholarda belgilanadi.

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling