Тоҳир Маликов


Baholar xususida ma’lumotlarni olish usuliga muvofiq


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/134
Sana06.11.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1751753
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   134
Bog'liq
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010

Baholar xususida ma’lumotlarni olish usuliga muvofiq baholar 
quyidagicha farqlanadi:

ma’lumotnomaviy baholar; 

preyskurant baholar; 

hisob-kitobli baholar. 
Kataloglar, preyskurantlar, iqtisodiy jurnallar, spravochniklar va 
boshqa maxsus adabiyotlarda e’lon qilinadigan baholar ma’lumotno-
maviy baholar deyiladi. Ular o‘xshash mahsulotlarga baholarni belgi-
lashda yoki baholarning darajasi va nisbatini tahlil qilishda mo‘ljal in-
formatsiya sifatida foydalaniladi. 
Firmalarning preykurantlarida, spravochniklarda va boshqa adabi-
yotlarda e’lon qilingan baholar preykurant baholar deb ataladi. 
Hisob-kitobli baholar individual buyurtmalar bo‘yicha noanda-
zaviy asbob-uskunalarning shartnomalarida, bitimlarida qo‘llaniladigan 
baholardir. Bunday baholar mol yetkazib beruvchi tomonidan har bir 
aniq buyurtma uchun uning texnikaviy va tijoriy shart-sharoitlarini hi-
sobga olgan holda hisob-kitob qilinadi va asoslanadi. 
Bozor turiga bog‘liq ravishda baholarning quyidagi turlari mav-
jud: 

auksion baholar; 

birjaviy kotirovkalar; 

savdolar baholari. 
Sotib oluvchi tomonidan oldindan ko‘rilgan tovarlar partiyasi (loti) 
ga maksimal taklif qilingan daraja bo‘yicha ommaviy sotish bahosiga 
auksion baholar deyiladi. Bunday baholar talab va taklif o‘rtasidagi 
nisbatning o‘zgarishi natijasida o‘rnatiladi (belgilanadi). 
Birja orqali realizatsiya qilinadigan standartlashtirilgan bir toifa-
dagi tovarlarning (shu jumladan, qimmatli qog‘ozlarning ham) bahosi 
birjaviy kotirovkalar deb ataladi. 


169 
Savdolar baholari ixtisoslashtirilgan savdo alohida shakllarining 
bahosidan iborat. Savdoning bu shakli maxsus hujjat (tender)da oldin-
dan e’lon qilingan shartlarga ko‘ra tovarlarni yetkazishga buyurtmalar 
berish yoki ma’lum bir ishlarni amalga oshirish uchun pudratlarni olish-
ga asoslangan bo‘ladi. 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling