Тоҳир Маликов
Download 1.99 Mb. Pdf ko'rish
|
17.Маликов Т. Молия хўжалик юритувчи субйектлар молияси.-Тошкент2010
(teng) baholar deb ataladi.
170 Yetkazib berish va sotish shartlariga ko‘ra baholarni quyida- gicha farqlash mumkin: netto-baholar; brutto-baholar (fakturaviy baholar); jahon baholari. Oldi-sotdi joyidagi baholarga netto-baholar deyiladi. Oldi-sotdi shartlariga (soliqlarning turi va miqdori, che-girmalar- ning mavjudligi va darajasi, frank turlari va sug‘urta shartlariga) muvo- fiq ravishda aniqlanadigan baholar brutto-baholar deb ataladi. Jahon baholari yirik import va eksport operatsiyalari amalga oshi- riladigan baholardan iborat. Amaliyotda jahon baholari xomashyo tovar- lari bo‘yicha eksportyor mamlakatning darajasi yoki bir va auksionlar bahosi; ishlab chiqarish-texnikaviy maqsadlarga mo‘ljallangan buyumlar bo‘yicha – jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilarning baholariga mu- vofiq; xalq iste’mol tovarlari bo‘yicha – yetakchi yirik kataloglarda e’lon qilingan baholarda aniqlanadi. Amaliyotda ichki firmaviy (transfert) baholar degan tushuncha ham mavjud. Bunday baholar bir firmaning bo‘linmalari yoki bir assotsi- atsiya tarkibida bo‘lgan bir necha firmalar o‘rtasida mahsulotlar realiza- tsiya qilinganda qo‘llaniladi. Baholarning yana bir turi bor. Ularning nomi tabaqalashtirilgan baholar deb yuritiladi. Bunday baholar tabiiy, hududiy va XYuSlarga bog‘liq bo‘lmagan boshqa mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qi- lish xarajatlaridagi farqlar, shuningdek, mahsulotning sifatidagi farqlar- ga (navi, yangiligi va boshqa sifat belgilariga ko‘ra) bog‘liq ravishda bir xil mahsulotlarga o‘rnatiladigan turli ulgurji, sotib olish va chakana baholardan iborat bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chi- qaruvchilar tabaqalashtirilgan baholardan iste’molchilarning turli guruh- lari uchun foydalanadi. Bunda, albatta, ishlab chiqaruvchi sotib oluv- chilarning har bir guruhi uchun maksimal baholarni o‘rnatishga harakat qiladi. Bunday baho sotib oluvchining rezervlashtirilgan bahosi deyi- ladi. Rezervlashtirilgan bahoning sotib oluvchilar daromadlariga bog‘liq ravishda o‘rnatilishi bahoning ideal diversifikatsiyasi deb ataladi. Taba- qalashtirilgan baholar sotib olinayotgan tovarlarning miqdoriga bog‘liq ravishda ham o‘rnatilishi mumkin. Bunga muvofiq ravishda tovarlarning kichik partiyalari va bir martalik buyumlar uchun baholar yuqori, ular yirik partiyada sotib olinganda esa baholarning darajasi ancha pasay- tirilishi mumkin. 171 Baholarning har bir turi ularga tegishli bo‘lgan shakllantirish va foydalanish xususiyatlariga ega. Masalan, XYuSlarning ulgurji baholari sanoat tovarlarining turli guruhlariga tegishli bo‘lgan o‘ziga xos belgilar bilan xarakterlanadi. Energiya tashuvchilarning bahosi, o‘z navbatida, boshqalardan tashqari, resurslarni tejab-tergash siyosatini amalga oshi- rishda muhim iqtisodiy richag hisoblanadi. Aniq baho o‘zida ma’lum bir elementlarni mujassam etadi. Ular- ning ahamiyati absolut ifodalanishda bahoning tarkibi, birlikning qismi yoki foizlarda ifodalangan baho tarkibidagi har bir elementning salmog‘i esa bahoning tarkibiy tuzilmasi deb ataladi. Baholarning namunaviy tarkibiy tuzilmasi quyida keltirilgan: UB к = T + F к Bu yerda: UB к – XYuSning ulgurji bahosi; T – mahsulot tannarxi; F к – XYuSning foydasi. UB т = UB к + C +UT у Bu yerda: UB т – tarmoq ulgurji bahosi; UB к – XYuSning ulgurji bahosi; S – soliqlar (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksizlar, sotuv solig‘i va boshqalar); UT у – ulgurji-ta’minot ustamalari (ta’minot va transport xarajatlari, ta’minot XYuS- sining foydasi). ChB = UB т + S у Bu yerda: ChB – chakana baho; UB т – tarmoq ulgurji bahosi; S у – savdo ustamasi (muomala xarajatlari, savdo XYuSning foydasi). Bahoning minimal chegarasini ishlab chiqarish chiqimlari aniqlab beradi. Ularning puldagi ifodasini mahsulot tannarxi deb atash qabul qilingan. Foyda bahoning majburiy elementi hisoblanadi. XYuS foyda hisobidan dividendlarni to‘laydi, ishlab chiqarishni kengaytiradi va mo- dernizatsiya qiladi, kadrlarni tayyorlashni amalga oshiradi, ijtimoiy so- 172 haga mablag‘larni ajratadi. Foyda bahoning muhim elementi hisoblanib, XYuSning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli uning hajmiga bevosita bog‘liq. Tovarlar vositachilar (ta’minot-ta’minlash, savdo-sotib olish XyuS- lari va tashkilotlari hamda boshqa vositachilik firmalari) orqali reali- zatsiya qilinganda bahoda vositachining ustamasi o‘z aksini topadiki, u vositachilik qilganligi uchun komission yig‘imlarni, vositachining trans- port va boshqa xarajatlarini, uning qo‘shilgan qiymat solig‘i va foydasi- ni o‘zida aks ettiradi. Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling